Tazod
Tazod narsa hodisani zidlash orqali hosil qilinadi.
Misol: Manga sensiz tirilgandin o’lim yuz qatla ortiqdur, Bu so’zda, haq bilur, ko’nglum tilim birla muvofiqtur.
Bu kun vaslingni tark ayla, tilar jannat zohidlar, Berurlar nasyag’a naqdni, u ne nodon xaloyiqtur? (Atoyi)
Mengizlari gul-gul, mijalari xor, Qaboqlari keng-keng, og’izlari tor. (Alisher Navoiy)
Talmeh
Talmeh arabcha so’z bo’lib, ma’nosi <<chaqmoq chaqishi>>, <<bir nazar tashlash >> demakdir. Badiiy san’at sifatida u tarixiy va afsonaviy voqea, masal, shaxs, mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir.
Misol: Sulaymon saltanatlik podshosen Masih anfoslik, Yusufliqosen. (Xorazmiy)
Solub borma meni, ey Yusufi husn, Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda. (Atoyi)
Tajohil ul-orif
Bu san’at mohiyatini bilib bilmaslikka olish tashkil etadi
Misol: Mengiz yo ravzai rizvonmudur bu? Og’iz yo g’unchai xandonmidur bu? (Atoyi)
Xo’blarda seningtek bir mahbub qani nozuk? Boshdin oyoqi zebo, bel-u badani nozuk. (Lutfiy)
Husni ta’lil
Husni ta’lil fikrni asoslash san’atidir. Ammo bu asoslash real bo’lmasdan faqat shoirona asoslash bo’ladi
Misol: Quyosh oydek yuzungning xijlatidin Qochib to’rtinchi ko’k uzra chiqibdur. (Lutfiy)
Nozuklik ichra belicha yo’q tori gesuyi, O’z haddini bilib belidin o’lturur quyi. (Lutfiy)
Qutlug’ oyog’ing yerga tegibdur, oning uchun, El yerga qo’yub bosh qilur barcha ibodat.
Shoir elning yerga bosh qo’yib ibodat qilishini yorning <> bilan asoslamoqda.
Labingdin chun suchuklik qand o’g’urlar, Solurlar el ani suvg’a yalang’och
Tajnis
Tajnis <> ham deyishadi. <> ning ma’nosi <>dir. Jinos esa <> degan ma’noni bildiradi. Atama sifatida u bir-biriga yaqin bo’lgan so’zlarni turli ma’noda qo’llahni anglatadi.
Misol: Bo’yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilgan kishilarga vafo qil. (Xorazmiy)
Ey bag’ritosh, ko’nglum evin aylama xarob, Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda
Yuz ochg’il, ko’z seni to’yguncha ko’rsin, Necha bo’lg’ay bu ko’zim muntazir och. (Lutfiy)
Mumtoz adabiyotimizda tajnisga tayanadigan maxsus janr ham shakllangan. U tuyuqdir. Tuyuqning to’rt misradan uchtasida tajnis qo’llanadi:
Ko’z yoshim tuproq ila gar qotila Kelmagayman javridin, haqqo, tila. G’amzasi o’ltirdi-yu, ul bexabar, Men agar o’lsam, ne g’am ul qotila. (Lutfiy)
Ta’did
Ta’did shoir o’zining badiiy niyatini alohida ta’kidlash uchun foydalaniladigan san’at. Ta’didning muhim xususiyatidan biri shuki, u fikriy rivojni, ketma-ketlikni tadrijiylikni anglatadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |