Bibliografiya lat p65


MARC formatlarning turlari, milliy formatlar



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#88495
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   149
Bog'liq
bibliografiya (31)

MARC formatlarning turlari, milliy formatlar
1970- yillardan Rossiyada MARC formatlar yaratish
bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari 3 bosqichda boshlandi. 1- bosqichda
bibliografik yozuvlarning yagona formatini yaratish avtomat-
lashtirilgan kutubxona-axborot tizimlarining texnologik asosi
sifatidagi imkoniyatlari o‘rganilgan. 2- bosqichda tadqiqot
natijalari Davlat ilmiy-ommabop texnika kutubxonasi va boshqa
kutubxonalarda tajriba tariqasida sinab ko‘rilgan. 3- bosqichda
kutubxona mutaxassislari kommunikativ format uchun davlat
standartlari va MDH doirasida xalqaro formatlar ishlab chiqishga
jalb qilingan. 1970 — 1972- yillarda Davlat ilmiy-ommabop
texnika kutubxonasida tuzilgan 30 dan ortiq kutubxona va in-
formatsion tashkilotlar mutaxassislarni birlashtirgan ishchi
guruhi tomonidan „Magnit lentasida bibliografik yozuvlarning
kommunikativ formati“ va formatni to‘ldirishga mo‘ljallangan
„Bibliografik yozuvlarning mashina oldi formati“ tuzilishi uchun
Davlat standartlari loyihalari tayyorlandi. Kommunikativ
formatdagi yozuv tuzilishi tasviri 2709 xalqaro standartga mos
edi. Mashina oldi formatini to‘ldirish ma’lumotlar elementlarini


197
aniqlash va ularni uch belgili kodlashtirish darajasiga keltirildi.
Kommunikativ format to‘ldiruvchisini ishlab chiqishda chet el
tajribalari, xususan, MARC formatlar oilasiga kiruvchi
USMARC formati o‘rganildi. 1990- yildan boshlab Rossiya
bozorida avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimlari AIBS
„ MARC-NPO Informsistema va Moskva Davlat universitetining
mahsuloti „Biblioteka“ning paydo bo‘lishi bilan USMARC
formati Rossiyada tatbiq qilina boshlandi. Formatlarni o‘rganish
va tatbiq qilish ilgari ham bo‘lgan, ammo ularni real tatbiq qilish
yuqorida keltirilgan avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot
tizimlarining yaratilishi bilan bog‘liq. Ishlab chiqilayotgan
formatlar Xalqaro standartlar va Rossiyadagi standartlar hamda
qoidalarga mos kelishi zarur. Bunday talablarning bajarilishiga
USMARC va UNIMARC formatlari javob beradi. Òahlillar
natijasida  UNIMARC formati Rossiya milliy formatini yaratish
uchun asos qilib olindi. Uch bosqichda Rossiya milliy formati
ustida ish olib borildi. 1- bosqichda avtomatlashtirilgan kutub-
xona-axborot tizimining texnologik asosi sifatida bibliografik
yozuvlarning yagona formatini tashkil etish imkoniyatlari o‘rga-
nildi. 2- bosqichda Rossiya Davlat xalq ilmiy-texnika kutubxonasi
va boshqa kutubxonalar uchun o‘tkazilgan tadqiqot ishlarining
natijasi va uning qo‘llanishi darajasi o‘rganildi. 3- bosqich kom-
munikativ formatning davlat standartlarini ishlab chiqish va
belgilangan dastur doirasida xalqaro formatni ishlab chiqishda
ishtirok etishdan iborat bo‘ldi. Kommunikativ format yozuvlari
va ularning tuzilishi ISO 2709 sonli Xalqaro standartga mos
keltirildi.
1990- yil boshlarida UNIMARC va USMARC xalqaro
formatlarini amaliyotga kiritish jadallashdi. Shu munosabat bilan
Rossiya kutubxonalarining kutubxonachilik kooperatsiyasi va
bibliografik axborot almashuvning xalqaro tizimiga kirib borishini
tezlatish maqsadida UNIMARC bo‘yicha asosiy materiallarni rus
tiliga o‘girish sohasida ish olib borildi. 1995- yil oktabrida Rossiya
milliy formatini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va u
RUSMARC deb nomlandi, bu format 1994- yilgi UNIMARC
asosida tahrir qilindi. Bu format IFLAning xalqaro qo‘mitasi
tomonidan milliy format sifatida rasman tan olingan va ro‘yxatga
olingan. Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining 1998- yil
27.01 45- sonli buyrug‘i bilan kutubxonalarda axborot almashinuvi
uchun majburiy qo‘llanuvchi format sifatida kiritildi. 2000- yil


198
29- fevraldagi 139- sonli buyruqda bu formatni Rossiya Fe-
deratsiyasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi kutubxonalar uchun
avtomatlashgan kutubxona-axborot tizimini ishlab chiqish va
amaliyotda qo‘llash uchun majburiy deb ko‘rsatildi. Rossiya Milliy
kutubxonasi ana shu format asosida kataloglashtirish ishlarini
olib boradi. „Libnet“ nomi bilan yuritiluvchi milliy axborot-
bibliografiya Markazi RF Madaniyat vazirligining qo‘llab quv-
vatlashi bilan ikkala milliy kutubxona tomonidan ta’sis etilgan va
u mamlakatda davr talabi darajasida korporativ kataloglashti-
rishni olib boradi. Markazning ishi ham RUSMARC formatida
olib boriladi. Rossiyaning turli hududlarida RUSMARCni qo‘llovchi,
axborot almashuv formati hamda kataloglashtirish formati sifatida
boshqa formatlar ham yaratildi. Bular ORAC-GLOBAL (DIÒ-M,
Moskva), RUSLAN (SpbGU, Sankt-Peterburg) va boshqalar.
Bundan tashqari, jahonning ko‘pgina yirik va rivojlangan mam-
lakatlari ham o‘zlarining formatlarini yaratishga harakat qildilar
va yaratdilar. Shulardan biri Kanada davlatidir. Kanadada xalqaro
formatlarni o‘rganish maqsadida tashkil topgan ishchi guruhi
o‘zlaridan avval tuzilgan bir qancha formatlarni o‘rganib, tahlil
qilib, USMARC asosida unga qo‘shimcha maydon va maydonosti
chiziqlarini kiritgan holda CANMARCni yaratdilar. Kanada 2 ta
davlat tiliga (ingliz va fransuz) ega bo‘lganligi sababli formatda
yo‘naltirish berish uchun qo‘shimcha belgilar (metka)lar,
markerda yozuv statusini beruvchi to‘liq yoki qisqa kodlar kiritildi.
Bu format 1979- yili nashr etildi. Avstraliyaning milliy
kutubxonasi 1973- yil o‘zining AUSMARCni yaratdi. Uning 2-
nashri 1975- yili chiqdi. Avstraliya formati UKMARCga asos-
langan, ammo o‘zining milliy xususiyatiga ko‘ra o‘zgarishlar
kiritgan. 1988- yili ular USMARC asosida avtoritet ma’lumotlar
uchun format ishlab chiqdilar. Hozirgi paytda bunday formatlarning
soni 50 dan oshib ketdi va ular har biri o‘z milliy xususiyatiga
ega bo‘lish bilan birga xalqaro axborot almashuv tizimiga
bo‘ysunadi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish