195
mashinada o‘qishga asoslangan standartlardir. Kutubxonalar ax-
borot tizimida
MARC formatlar kutubxonada mavjud an’anaviy
kataloglardagi bibliografik yozuvlarni, ayniqsa, ana shu kataloglar
kartochkasiga sig‘may qolgan kengroq ma’lumotlarni
mashinada
o‘qiy olish imkonini beradi. Yana bir xususiyati shundaki, bunday
formatlar vositasida ko‘plab mamlakatlar orasida bibliografik
ma’lumotlarni almashish, bir mamlakat ichida va xalqaro miqyosda
axborot almashuv tizimini va yig‘ma kataloglarni yaratish imkonini
beradi. Eng asosiysi, xalqaro
MARC formatlar
kommunikativ
aloqa vositasi hamdir. Uni qo‘llashning maqsadi va vazifalari ana
shu xususiyatlaridan kelib chiqadi. Demak, u mashinada o‘qiladigan
katalog bo‘lib,
Machine-Readable Catalogue yoki
Cataloging-
MARC deb yuritiladi. Uning asosiy maqsadi kutubxona fondida
mavjud adabiyotlar haqidagi bibliografik ma’lumotlarni kompyu-
terdagi maxsus dastur asosida mashinada o‘qishga asoslangan
shaklini yaratishdan iborat. 1960- yildan boshlab mashinada
o‘qiladigan yozuvlarni yaratish imkonini beruvchi kompyuterlarga
ega bo‘lgan AQSHning Kongress kutubxonasi bibliografik ma’lu-
motlarning mashinada o‘qiladigan shaklini yaratish g‘oyasini ilgari
suradi. Bevosita kataloglardagi kartochka
yozuvlarini kompyuterga
ko‘chirish iloji yo‘q edi. Buning uchun kompyuterda shu ma’-
lumotlarni kiritishning maxsus tizimi yaritilish zarur bo‘lib
qoldi. Bunday murakkab vazifani hal etish uchun Kongress
kutubxonasi 1965 — 66- yillarda loyiha ishlab chiqadi va uni
MARC 1 deb ataydi. Uning maqsadi bibliografik tavsifni mashinada
o‘qiladigan shaklga keltirish. Loyihaning ishtirokchilari AQSH,
Kanadaning 16 ta yirik kutubxonalari va Britaniya muzeyi
kutubxonasi edi. Tadqiqot va tajriba ishlari Buyuk Britaniyada
amalga oshirildi. Bu ish bilan parallel holda Britaniya milliy
bibliografiyasi Kengashi
BNB MARC nomi bilan loyiha yaratdilar.
Uning vazifasi mashinada o‘qiladigan ma’lumotlarni
Britaniya
milliy bibliografiyasi nashrlarini tayyorlash va nashr etish
jarayonida qo‘llashdan iborat edi. Bir vaqtning o‘zida yaratilgan
bu ikki loyiha bundan keyin
MARC II formatini yaratishda
Amerika va Angliya hamkorligining poydevori bo‘lib qoldi. Bu
format
MARC formatidan kommunikativ aloqa vositasi sifatida
foydalanishga qaratildi.
MARC II formatiga yuklatilgan mas’uliyat
ko‘p yillar davomida o‘zida qoldirildi va u hujjatlarning hamma
turlari haqidagi bibliografik ma’lumotlarni berishga, turli xil
kutubxona-axborot
vazifalarini bajarishga, kataloglashtirishga va
196
undan turli avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalanish imkonini
yaratishga qaratilgan. Mashinada o‘qiladigan kataloglarni yaratish
bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikka qaramay,
MARC
formatlarning ko‘plab variantlari paydo bo‘ldi. Buyuk Britaniyada
UKMARC, AQSHda
USMARC, fransuz tilida so‘zlashuvchilar —
Fransiya, Belgiya va Shvetsiyaning fransuz tilida gaplashuvchi
qismi uchun
INTERMARC yaratildi. 1970- yillarga kelib,
MARC
formatlarning soni 70 dan oshdi. Ular orasida Kanadada
CANMARC, Finlandiyada
FINMARC,
OCLC — Onlayn kom-
pyuter kutubxonachilik markazi va boshqalar yaratildi. Ular
uchun
USMARC asosiy negiz — baza bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy
formatlarning ko‘plab yaratilganiga sabab milliy qoidalar va
tafovutlardir. Natijada turli xil formatlarda va turli xil tizimda
axborot almashayotgan ish murakkablashdi. Formatlar o‘rtasidagi
nomuvofiqlikni yo‘qotish uchun IFLA darajasida xalqaro vositachi
format yaratishga qaror qilindi, bu format
UNIMARC nomi
bilan 1977- yilda maxsus ishchi guruhi tomonidan yaratildi va u
„ universal MARC“ deb ham yuritiladi. Ishchi guruhi tarkibiga
AQSH Kongressi Kutubxonasi vakillari va boshqa davlatlardan
mutaxassislar kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: