Без названия


Mehnatni me’yorlashtirish asoslari



Download 84,5 Kb.
bet7/10
Sana05.04.2022
Hajmi84,5 Kb.
#530133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 мавзу ишлаб чикариш корхона жамоани шакллантириш fa84529c6e7

4. Mehnatni me’yorlashtirish asoslari
Mehnatni me’yorlashtirish - vaqt birligida ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan maksimal mahsulot (ish, xizmat) hajmini, ishchilar va uskunalar miqdorining nisbatini yoki faoliyatning har qanday sohasida aniq operatsiyani bajarish uchun maksimal darajada mumkin bo'lgan vaqtni aniqlash, shumngdek, me’yorlarga amal qilishni tasdiqlash, nazorat qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha jarayondir.
Mehnatni me’yorlashtirish bo‘yicha ishlaming mazmuni quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish, ulami qismlarga ajratish, mehnatni tashkil qilish va texnologiyaning maqbul variantini tanlash, uskunalaming ishlasli tartibini, mehnatning usullari va uslublarini, ish joylarining xizmat ko‘rsatishi tizimini, mehnat va dam olish tartibini loyihalashtirish, texnologik va mehnat jarayonining xususiyatlariga muvofiq me’yorlami hisob- kitob qilish, ulami joriy qilish va tashkiliy-texnik shart-sharoitlami o‘zgartirish bo‘yicha navbatdagi tuzatishlar kiritish. Mehnatni me’yorlashtirish ishlab chiqarishni texnologik va tashkiliy tayyorgarligi hamda ulami operativ boshqarishning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Mehnatni me’yorlashtirish bo‘yicha ishlar mehnatni tashkil qilish va texnologiyalami loyihalashtirish bilan shunchalik chambarchas bog‘langanki, ko'pgina hollarda ulami chegaralash qiyin.
Mehnatni me’yorlarlashtirish xodimlaming ish bilan band bo‘lish darajasini belgilaydi, ish vaqtidan samarali foydalanish darajasiga, mehnat intizomi holatiga ta’sir ko‘rsatadi, ishning ratsional sur’ati va maromini belgilashga yordam beradi. Mehnat me’yorlari xodimlar sonini, ulaming mehnatiga to‘lanadigan ish haqi miqdorini belgilashga asos bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlanganlaming hammasi mehnatni tashkil etishning barcha yo‘nalishlari bo'yicha ko‘riladigan tadbirlami ishlab chiqish va joriy qilishda mehnatni me’yorlashning yetakchi o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Bu ishni faqat me’yorlarini ishlab chiqish usullarini yaxshilashdan, ulaming asoslilik darajasini oshirishdan, me’yorlashtiriladigan ish sohalarini kengaytirishdangina iborat qilib qo‘yish noto‘g‘ri. Mehnatni me’yorlashni takomillashtirish sanoat korxonalari xodimlarining mehnatini tashkil etishni yaxshilash vositasi bo‘lmog‘i lozim. Mehnat me’yorlari mehnatni tashkil etishning muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib, uni takomillashtuishning ikki muhim vazifasini belgilab beradi. Bu vazifaning
bmnchisi me’yorlashni tatbiq qilish sohasini barcha choralar bilan kengaytirib, unga barcha ishchi, muhandis-texnik xodimlar va xizmatchilar mehnatmi kiritishni ko‘zda tutadi. Bu vazifaning ikkinchisi esa, me’yorlashning ilmiy va amaliy darajasini yuksaltirishni ko‘zda tutadiki, unda me’yorlaming mehnatni tashkil etishni keng joriy qilish ishiga katta yordam ko'rsatishi nazarda tutiladi.
Mehnatni me’yorlashni takomillashtirish, uning ilmiy-amaliy darajasini yuksaltirish va tatbiq qilish sohasini kengaytirish g‘oyat katta ahamiyatga ega, chunki hali ayrim korxonalarda tajriba-statistik me’yorlar salmog‘i katta bo‘lib, bu me’yorlar chuqur tahlil asosida ishlab chiqilgan emas. Xolbnki, ishlovchilar soni va tizimini to‘g‘ri belgilash, ulami to‘g‘ri joy-joyiga qo‘yish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning eng muvofiq shakllarini tanlash ilmiy jihatdan asoslangan
me’yorlashtirishga bog‘liqdir.
Mehnat sarfining har jihatdan asoslangan me’yorlaridan foydalanish korxonada ish kuchlarini to‘g‘ri joy-joyiga qo‘yish bilan bog‘liq bir qancha masalalami hal etishda katta ahamiyat kasb etadi. Bunday masalalar jumlasiga, quyidagilar kiradi:
•ish hajmini e’tiborga olib, xodimlami yakka tartibda ish joylariga qo‘yish va ish uchastkalarini belgilash. Bunda har bir ishchi butun ish kunida ish bilan ta’min etiladi;
•kasblar o‘rindoshligi masalasi. Buni hal etish uchun dastlab o‘rindoshlik bilan qilinadigan ishlar mehnat sarfini asosli me’yorlaridan foydalanish, ish kunining har xil paytlarida xodimlaming asosiy ish bilan band bo‘lish darajasini o‘rganish asosida belgilab chiqish talab etiladi;
»ko‘p stanokda ishlash masalasi. Buni hal etish uchun mehnat operatsiyalarini bajarishda qo‘l va mashina bilan qilinadigan ishlarga sarf bo‘ladigan vaqt nisbatlarini ham, ish kuni davomida ishchinmg ish bilan band bo‘lish, uskunalaming esa ishlab turish darajasini ham xronometrik va ish kunini boshdan- oyoq tinmay kuzatib borish yo‘Ii bilan sinchiklab o‘rganish talab qilinadi;
•ishlab chiqarish brigadalarini tuzish masalasi. Buning uchun dastlab brigadaga yuklanadigan ishning miqdor va sifat tizimi o‘rganiladi, kasb va malaka jihatidan qancha ishchi talab qilinishi belgilanadi, so‘ngra brigada a’zolariga ishning to‘g‘ri taqsim qilinganligi, ish kuni davomida uskunalardan to‘la va to‘g‘ri foydalanishi tekshiriladi. Bu masalalaming hammasi mehnat sarfining asosli me’yorlari hamda ish kunini boshdan-oyoq kuzatib borish va xronometraj usuli yordamida muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin.
Yuqorida ta ’kidlanganlardan kelib chiqib, mehnatni me’yorlash mehnatni tashkil etishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosa chiqarish mumkin.


Download 84,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish