Bevosita prukash tizimi, yonilgini 15% tejashga, yonib bo‘lgan


 Dvigatellami gaz yonilgisiga o‘tkazishning afzalligi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana20.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#830265
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
OKWinWCsIV3gqBvuz8nT5CWOIIjgsUxfUIsCvGIj

9.6. Dvigatellami gaz yonilgisiga o‘tkazishning afzalligi
Hozirgi zamon kelib, hayotga tatbiq etilayotgan izchil 
islohotlar jarayonida ekologik muammolaming oldini olish, atrof- 
muhitga salbiy ta’simi kamaytirish, tabiat va inson o‘rtasidagi 
muvozanatni saqlash, ishlab chiqarish 
jarayonlaridan 
zararli 
chiqindilami chiqarmaydigan tejamkor mexanizmlami joriy etish, 
masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuni ta’kidlash kerakki, keyingi yillarda atmosfera havosiga 
ifloslantiruvchi moddalar chiqaruvchi manbalaming asosiy qismi 
avtotransport va traktorlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Avtomobil­
lardan chiqayotgan zararli tutunlar tarkibida 200 dan ortiq zararli 
birikmalar (o‘ta zararli boigan benzokrin, qo‘rg‘oshin va boshqalar) 
mavjud.
Ayniqsa, benzin bilan harakatlanadigan avtotransportlarda 1 
tonna etillangan benzin yoqilganda havoga 788,3 kg suyultirilgan
276


neft gazida 585,0 kg, siqilgan tabiiy gaz yoqilganda 274,0 kg dizel 
yonilg‘isida 208,5 kg zararli modda chiqadi. Shu bois bunday zararli 
moddalar miqdorini kamaytirish chora-tadbirlari tinmay qidiril- 
moqda.
Atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirishga yo‘nalti- 
rilgan, shuningdek iqtisodiy masalalami ijobiy hal qiladigan tadbir- 
lardan biri, avtomobil dvigatellarini gaz yonilg‘isiga o‘tkazishdir.
Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda avtotransport vositalarini 
siqilgan tabiiy gaz va suyultirilgan neft gaziga o‘tkazish muvaf- 
faqiyatli amalga oshirilmoqda. Ayni paytda, mamlakatimizda yuri- 
dik va jismoniy shaxslaming avtotransport vositalarini 35% dan 
ко‘pi (bu raqam oy sayin emas, kun sayin ortib bormoqda) metan 
gaziga o‘tkazilayotgani, bu masalaning ijobiy yechilib borilayot- 
ganini ko‘rsatadi.
Buning isboti sifatida quyidagi raqamlami keltirish mumkin: 
bugungi kunda 11 AI-80 benzin 2800 so‘m bo‘Isa, gazning bahosi 
1450 so‘mligini (jismoniy shaxslar uchun) hisobga olsak, avtomo­
billami gazlashtirish nechog‘liq iqtisodiy samara berishini aniqlash 
qiyin emas. Masalan: “Neksiya” avtomobili 
100 km ga 9 litr 
benzin sarflasa, gazga o‘tkazilgandan so‘ng 9,9 litr sarflaydi. Agar 
avtomobil kuniga 150 km yo‘l bosib o‘tsa, bir yilda 4.915075 
so‘m tejab qolinadi. “Damas” avtomobilida esa 2,515500 so‘m 
iqtisod qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar transport vositalarini gaz yonil- 
g‘isiga o‘tkazish nachog‘liq dolzarb va foydali ekanligidan dalolat 
beradi.
Dvigatellami benzin va gaz yonilg‘isida ishlagandagi ishchi 
sikllarining amalga oshishi, umuman, bir xil bo‘lishiga qaramay gaz 
yonilg‘isini amaliyotda ishlatilganda o‘ziga xos foydali tomonlari 
bor:
1. Gaz-havo aralashmasini benzin-havo aralashmasiga qara­
ganda detonatsiyali yonishga turg‘unligi yuqori. Bu esa siqish dara­
jasini orttirishga imkon yaratadi. Natijada gaz yonilgisiga ishlayot- 
gan dvigatelning quw at va tejamkorlik ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.
2. Gaz yonilg‘isining fizik-kimyoviy xususiyatlari gaz-havo 
aralashmasining sifatini keng chegarada o‘zgartirishga (a=0,8 
gacha) yo‘l qo‘yiladi. Benzin-havo aralashmasida a=0,9 gacha
277


o‘zgaradi. Bu esa dvigatelni o‘ta kambag'al va tejamli aralashmada 
ishlashini ham ta’minlaydi.
3. 
Gaz-havo 
aralashmasi 
benzin-havo 
aralashmasiga 
qaraganda, kiritish quvuridagi tez oqishida uning yuzalariga 
kondensatlashib qolmaydi. Demak, gaz-havo aralashmasini kiritish 
trubasidagi oqish tezligini kamaytirish mumkin. Bu esa kiritish 
quvurlaridagi suyuqlik yo'qotishlami (гидравлические потери) 
kamaytiradi. 
Natijada 
silindming 
to‘ldirish 
koeffitsientini 
ko'paytiradi. Bu dvigatel quwatini oshirishga olib keladi.
4. Gaz-havo aralashmasini tayyorlanishi ham osonroq. Chunki 
dvigatelning aralashma hosil qiluvchi qurilmasiga gaz tayyor holda 
kiritiladi va u havo bilan tez aralashib silindning ichida bir xil 
tarqaladi. Benzin-havo aralashma hosil qilishda esa, benzin aw al 
to‘zitiladi va 
par holatiga 
keltiriladi, so‘ng havo bilan 
aralashtiriladi. Gaz havo aralashmasi esa nisbatan to'la yongani 
tufayli, yonilg'i kondensatsiya bo'lmaydi va moyni kuydirmaydi. 
Natijada dvigatelning yeyilishi kamayadi, moyning uzoq ishlash 
muddati ko'payadi.
Gazlami sanab o'tilgan xususiyatlari va narxining nisbatan 
pastligi, gaz resurslari bemalol boigan davlatlar avtomobil 
transportlarida keng qoilanilmoqda. Ayniqsa, uzoq masofaga 
yumvchi avtomobil va shahar avtobuslarida gaz yonilg' isini 
qo'llash yaxshi samara beradi.
Avtomobillami gaz yonilg'isiga o'tkazish zaharli moddalar, 
ya’ni uglerod oksidi CO va uglevodorod birikmasini CmHm o'rtacha 
ikki marotabaga kamayishiga olib keladi.
Shuning uchun benzinli dvigatellami (ma’lum o'zgartirishlar 
bilan dizel dvigatellarini ham) gaz yonilg'isiga o'tkazish katta 
qiyinchilik tug'dirmaydi. Faqat gaz ballonlari va kichik qurilmalami 
(benzinli ta’minlash tizimini buzmagan holda) o'matish kifoya 
qiladi.
Shu bilan birga benzinga ishlovchi dvigatellami gaz yonilg'i­
siga o'tkazilganda, dvigatel ko'rsatkichlarining 
pasayishi ro'y 
beradi, 9.3-jadval. Lekin yuqorida sanab o'tilgan omillami hisobga 
olib va dvigatellami standart karbyuratorlarining konstruksiyalarini 
ozgina o'zgartirish bilan bu ko'rsatkichlami ko'tarish mumkin.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish