1) grammanfiy mikroorganizmlarga faol ta’sir ko‘rsatadigan antibiotiklar.
Bu guruhga penitsillin va makrolid (eritromitsin, oleandomitsin
va boshqalar) antibiotiklari kiradi;
2) grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan
faol ta’sir ko‘rsatuvchi antibiotiklar guruhini aminoglikozidlar tashkil
qiladi;
3) keng doira antimikrob ta’sirga ega antibiotiklar guruhga levomitsetin,
tetrasiklin va ba’zi boshqa antibiotiklar kiradi;
4) turli kasallik qo'zg'atuvchi zamburug'larga qarshi ta’sir ko'rsatuvchi antibiotiklar. Bu guruhni levorin va nistatinlarga o'xshash polien antibiotiklari tashkil qiladi.
Antibiotiklar kimyoviy tuzilishi va antimikrob ta’siriga ko'ra yana quyidagicha tasniflanadi.
1) betalaktamidlar. Bu guruh o'z ichiga tabiiy va yarimsintetik
penitsillin va sefalosporinlami oladi;
2) aminoglikozid antibiotiklar. Bu guruhni streptomitsin, kanamitsin, gentamitsin, neomitsin, tobramitsin va boshqalar tashkil qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |