Hozirda antibiotiklami mikroorganizmlarga nisbatan ta’sir qilishi
asosida guruhlarga bo'lishga ham e’tibor berib kelinmoqda.
II. Penitsillinlar
Bu guruhga tibbiyotda ko‘p qo'llanadigan kuchli va keng doira antimikrob ta’sirga ega tabiiy penitsillinlardan benzilpenitsillinning kaliy, natriy va novokainli tuzlari hamda uning N,N – dibenziletilendiamin bilan bo'lgan qo'sh molekular birikmasi - bitsillin-1, shuningdek, fenoksimetilpenitsillin, yarimsintetik yo'l bilan olingan metatsillin natriy, oksatsillin-natriy, dikloksatsilin-natriy, ampitsillin, karbenitsillin-natriy va boshqalar kiradi. Penitsillin hosil qiluvchi mog'orlaming turlari ko'p bo'lsada, ammo sanoatda asosan yuqori unumli Penicillium chrysogenum va Penicillium notatum mog'orlaridan foydalaniladi. Odatda, penitsillin olishda Penicillium chrysogenum ishlatiladi. Ushbu mog'or o'z hayot faoliyatida kimyoviy tuzilishi bir-biriga yaqin bo'lgan penitsillinning bir qancha turlarini hosil qiladi. Ular o'zaro penitsillin tuzilishining C6 holatdagi aminoguruhga birikkan, turli organik kislota qoldiqlari bilan farqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |