Bettalakmid guruh preparatlar taxlili. Penitsillinlar. Reja: I. Kirish. Penitsillinlar yaratilish tahlili va ular haqida umumiy ma’lumot. II. Adabiyodlar sharhi. II penitsillinlar sharxi
Bettalakmid guruh preparatlar taxlili. Penitsillinlar. Reja:
I.Kirish.Penitsillinlar yaratilish tahlili va ular haqida umumiy ma’lumot.
II.Adabiyodlar sharhi.
II.1. Penitsillinlar sharxi.
2.Guruh uchun umumiy sifat nazorati
III.Asosiy qism.
1.Benzilpenitsillin novakain tuzi, benzotin benzilpenitsillin, fenoksi metilpenitsillinning tuzilishi va taxlili.
2.Benzilpenitsillinning kaliy(natriy), novakain va fenoksimetil penitsillin haqida ma’lumot va ularning tahlili.
3.Yarimsintetik penitsillinlarning tahlili va o’ziga xos reaksiyalari.
IV. Xulosa.
V. Foydalanilgan adabiyotlar.
VI. Mundarija.
I. Birinchi bo'lib antibiotik modda sifatida penitsillin kashf etilishihamda uning kuchli va keng doiradagi antimikrob ta’sirga ega ekanligininganiqlanilishi, tibbiyotda yuqumli kasalliklami davolashdayangi davr boshlanishiga asos soldi. Hozirgi zamon tibbiyotini penitsillin, sefaleksin, tetrasiklin, streptomitsin va boshqa aminoglikozidlar, aromatik guruh, antibiotiklar hamda ulaming ko'p sonli yarimsintetik yo'l bilan olingan hosilalarisiz tasawur qilib bo'lmaydi. Antibiotiklar faqatgina tibbiyot ehtiyojlari uchun qo‘llanib qolmay, balki ulardan qishloq xo'jaligida, veterinariyada va oziq-ovqat sanoatida ham keng foydalaniladi. 1942-yilda amerikalik Z.A.Vaksman mikroorganizmlar hosil qiladigan antimikrob ta’sirga ega barcha moddalami ayrim sinfga ajratish maqsadida «antibiotik» degan atamani kiritdi. Olimlar Z.V. Yermoleva (1946-yil), keyinchalik M.M.Shemyakin, A.S.Xoxlov (1961) va boshqalaming ta’rifiga ko'ra mikroorganizmlami (bakteriya, virus, mog‘or va boshqalar) tanlab o'ldirish (kirish) yoki ulaming o ‘sishini to'xtatish xossasiga ega boMgan turli organizmlaming (mikroorganizm, o'simlik hayvon) moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'ladigan mahsulotlari antibiotiklar deb nomlanadi. Antibiotiklar kimyoterapevtik, ya’ni kasallik paydo qiluvchi mikroorganizmlarga nisbatan, tanlab ta’sir qiluvchi preparatlar guruhiga kiradi. Mikroorganizmlaming yashash va ko'payish jarayonida ro'y beradigan o'zaro kurash va qarama-qarshiliklar, ya’ni ular orasidagi antagonizm qadimdan ma’lum bo'lib kelgan. Birinchi marta Lui Paster, chirituvchi bakteriyalar ma’lum sharoitda kuydirgi kasalligini paydo qiluvchi tayoqchalaming ko'payishini to'xtatganligini, hatto ulami o'ldirganligini kuzatadi. Mashhur mikrobiolog olim 1.1. Mechnikov birinchi bo'lib, qatiq tarkibidagi sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalar yordamida ichakdagi chirituvchi patogen mikroorganizmlarga qarshi kurashni tavsiya etish bilan bir qatorda, mikroorganizmlar o'rtasidagi antagonizmdan foydalanib, odam organizmida turli kasaliiklar qo'zg'atuvchi mikroblarga qarshi kurashish mumkinligini aniqladi. Bunday antimikrob ta’sirga ega antibiotiklardan ba’zilari olimlarga ilgaridan ma’lum bo'lgan. Masalan, 1871-yilda V.A.Manassein va 1872-yilda A.G. Polotebnev ko'k mog'oming (Penicillium glaucum) shifobaxsh ta’sirini aniqlagan. V.A. Manassein mog'oming ba’zi xossalarini o'rgandi va o'stirilgan suyuqlikda boshqa bakteriyalaming o'smay qolishini kuzatdi. A.G. Polotebnov esa tajribada ko'k mog'omi yiringli yaralar va chipqonlaming tez tuzalishiga yordam berishini aniqladi. 1928-yilda ingliz mikrobiologi Aleksandr Fleming stafilokokk bakteriyasi o'stirilayotgan Petri idishchasiga tasodifan tushib qolgan ko'k mog'or koloniyasi atrofida shu mikroorganizmlaming o'sishi to'xtaganligini kuzatadi. Bu hodisa olimda ko'k mog'or, stafilokokka qarshi qandaydir noma’lum modda hosil qiladi, degan fikr tug'diradi. U ko'k mog'oming antimikrob ta’sirini mukammal o'rganib chiqadi va keyinchalik mog'or o'z hayot faoliyatida hosil qiladigan moddaga penitsillin deb nom beradi. A. Fleming kashf qilgan antibiotikni 1941 -yilga kelib, ingliz olimlariolimlari Flor va Cheynlar birinchi marta Penicillium notatum mog'ori o'stirilgan suyuqlikdan so f kristall holida ajratib olishadi. Penitsillin ustida 1942-yilda akademik Z.V. Yermoleva rahbarligida bir guruh olimlar mukammal ilmiy-tekshirish ishlarini