Tayyor mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari
― Un namligi – 15 % dan ko‘p emas;
― Hidi – unga xos hid;
― Ta’mi – unga xos ta’m, begona ta’mning bo‘lmasligi;
― G‘ichirlamasligi kerak;
― Metallomagnit aralashmalar 1 kg da 3 mg gacha yo‘l qo‘yish mumkin;
― Zararkunandalar bilan zararlanishga yo‘l qo‘yilmaydi;
― Oliy navli un kuldorligi – 0,55 %;
― I navli un Un analizi – analiz uchun turli navdagi unlardan namuna olinib, rangi, hidi, ta’mi, g‘irchillashi, zararkunandalar bilan zararlanganligi, metallomagnit aralashmalar, namligi, kleykovina, kuldorligi, nonvoylik xususiyatlari aniqlanadi.
Donning unbopligiga va novvoychilik xususiyatlariga ob’ektiv baho laboratoriya usulida namunaviy tortish va non yopish orqali beriladi.
Tegirmon un tortishning boshqa turiga o‘tganda, qayta jihozlanganda yoki mahsulot miqdorini oshirish yohud sifatini yaxshilash zaruriyati tug‘ilganda tortish jarayonining yoki uning alohida bosqichlarini miqdoriy-sifat balanslari tuziladi, natijalarga ko‘ra texnologik sxemaga yoki jarayonni olib borish parametrlariga o‘zgartirish kiritiladi.
ICHTL xodimlari tomonidan to‘satdan nazorat kilish, mahsulot chiqishi yoki sifati pasayganda, ist’emolchilarga yuborilayotgan mahsulot sifati yoki miqdori bo‘yicha jarima sanksiyalar tushganda korxona rahbariyati qaroriga asosan o‘tkaziladi.
Ish joyida nazorat asosan ishlab chiqarishda ishlovchilar tomonidan olib boriladi va o‘z ichiga jarayon, mashina va jihozlar ish samarasini vizual yoki miqdoriy tahlilini oladi. Ushbu nazorat turiga quyidagilar kiradi: donni namlashda rotametrlarni nazorat qilish va sozlash, don tozalash mashinalaridan ajralib chikayotgan chiqindilar tarkibida to‘la qiymatli don mavjudligini vizual tekshirish, mashinalar yuklanishini tekshirish, valli dastgohlardan chiqish va ularni yuklash miqdori, elash mashinalaridan chiqish, yormalash jarayonida oraliq mahsulotlar sifatini nazorat qilish, sovurish-elash mashinalar mahsulotini tekshirish va boshqalar.
Maydalash rejimi vallardan oldin va so‘ng olingan 100 gramm mahsulotni laboratoriya elagida 5 daqiqa davomida elash yo‘li bilan tekshiriladi.
Qoldiqlar (chiqish (sxod) mahsulotlarida, yorma va dunstlarda) ishlab chiqarish elash mashinalaridan olingan 100 gramm mahsulotni laboratoriya elagida 3 daqiqa davomida elash yo‘li bilan tekshiriladi.
Korxonalarda avtomatik nazorat joriy etilmoqda. Bunday nazorat uzluksiz yoki davriy bo‘lishi mumkin. Avtomatik nazorat donni dozalashda, 1 ta yormalash tizimiga tushadigan don miqdorini aniqlashda, un oqligini aniqlashda, mahsulot chiqishini tezkor hisobga olishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |