(99893)1729966, 2800200
Shahar kodi: вн.(371) межд.(71)
Yuridik nomi: BESHEFAR BIZNES MChJ
Brend nomi: BESHEFAR BIZNES MChJ
Manzil: O'zbekiston, Toshkent, YASHNOBOD (avvalgi XAMZA) TUMANI, ko'chasi OXANGRABO, 29
BESHEFAR BIZNES MChJga murojaat qilganizda, iltimos, ushbu tashkilot haqida ma’lumotni Yellow Pages Uzbekistan, O’zbekiston Sariq Sahifalari ma’lumotnomasidan olganingizni ayting.
O'zbekistonda Markaziy Osiyoning eng katta tegirmoni ishga tushirildi
10 may kuni Beshefar kompaniyasi Markaziy Osiyodagi eng katta tegirmon faoliyatiga start berdi. Sergeli sanoat zonasida ishlab chiqarish qiymati 650 tonnani tashkil qiluvchi tegirmon ishga tushirildi.
Ta`kidlash joizki, bu Beshefar kompaniyasining O'zbekistondagi ikkinchi loyihasi hisoblanadi. Birinchi loyiha 2013 yilda tuzilgan bo'lib, unga ko'ra Yashnobod tumanida 300 tonnalik un ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod barpo etilgan. Iste`molchilar talabi oshgan sari yangi zavod qurilishiga ehtiyoj sezilgan va ishlab chiqarish quvvatini kengaytirishga qaror qilingan.
Yangi zavodning quvvati juda katta, ya`ni ushbu tegirmon 650 tonna un ishlab chiqarishga mo'ljallangan. Tegirmon eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Tegirmonni ishga tushirishda uning energotejamkorligi ham inobatga olingan. Ushbu texnologiyalar Turkiyadan keltirilgan bo'lib, ular un ishlab chiqarishdagi eng ilg'or texnologiya hisoblanadi.
Tegirmon hovlisida to'rt bayroq (O'zbekiston, Turkiya, Qozog'iston va Beshefar kompaniyasi logosi tushirilgan bayroq) hilpirab turganini ko'rishingiz mumkin. Kompaniya xodimlaridan birining izoh berishicha, asosiy bug'doy Qozog'istondan keltirilgani bois shu mamlakat bayrog'i
osilgan. Turkiya bayrog'i hilpirashiga sabab esa bu yerdagi texnologiyalarning barchasi ayni shu mamlakatdan keltirilganidir. Ma`lumotlarga ko'ra, O'zbekiston un ishlab chiqarish bo'yicha Markaziy Osiyoda yetakchilikni ko'zlamoqda.
Beshefar kompaniyasi muassislari aka-uka Mahmadaminovlar Turkiyaning yetakchi tegirmon ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, sutkasiga 650 tonna un mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan liniyani olib kelishdi. Binolar qurilishi, uskunalar montaji va ishlab chiqarish uchun lozim bo'lgan boshqa ishlar 2018 yilning birinchi choragida butkul ishga tayyor holatga keltirildi.
Beshefar kompaniyasi o'zining kelgusidagi rejalarida to'liq eksportga yo'naltirilgan un mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha loyiha ustida xorijlik hamkorlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Mazkur loyihani amalga oshirish barobarida qo'shimcha ravishda 200 kishi yangi ish o'rni bilan ta`minlanadi.
Ta`kidlash joizki, Beshefar kompaniyasi nomi uch aka-uka - Begzod, Sherzod, Farhod ismlarining ilk harflaridan hosil bo'lgan.
"Jigarlarim - Sherzod, Farhod va korxonamizning mehnatsevar xodimlariga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ishonchim komilki, sizlardek iqtidorli xodimlar bilan yangidan-yangi cho'qqilarni zabt etamiz, Xudo xohlasa. Tadbirkorlar yo'lida juda katta-katta imkoniyatlar yaratib berayotgan muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovichga ulkan muvaffaqiyatlar, qilayotgan sa`y-harakatlarida omadlar tilayman. Barchangizga rahmat!", - deydi Beshefar kompaniyasi muassisi Begzod Mahmadaminov.
Do'stlaringiz bilan baham: |