Berlin
Berlin
|
|
|
Mamlakat
|
Germaniya
|
Hukumat
|
- mer
|
Michael Müller
|
Aholi (31.03.2010)
|
- Jami
|
3 440 441
|
Birodar shaharlar
|
Los Anjeles, Madrid, Istanbul, Varshava, Moskva, Bryussel, Jakarta, Toshkent, Mexiko shahri, Pekin, Tokio, Buenos Ayres, Praga, Windhoek, London, Budapesht, Parij, Brussel
|
vebsayt: http://www.berlin.de
|
Berlin — Olmoniya poytaxti. Federal maʼmuriy birlik — Yerga tenglashtirilgan. Shpre daryosi Xafeldaryosiga quyiladigan yerda. Shim. va Boltik dengizlariga chiqiladigan kanal lar boʻyida. Maydoni qariyb 890 km. Shaharning gʻarbi va sharqida koʻl koʻp. Iqlimi moʻʼtadil, sernam; oʻrtacha yillik tra 8,4°, yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 0—0,6°, iyulniki 18°. Bir yilda urtacha 587 mm yogʻin yogʻadi.
Berlin poytaxt boʻlgach, aholisining soni chetdan koʻchib kelganlar hisobiga tez oʻsdi, shahar chegarasi ham kengaydi. Berlin aholisi soni quyidagicha oʻzgarib bordi: 1939 yilda 4,3 mln., 1945 yilda 2,8 mln., 1995 yilda 3,4 mln.
Berlin haqidagi dastlabki tarixiy maʼlumot 1244 i.ga tegishli. U ikki aholi punktining birlashuvidan tashkil topgan. 1486 yildan Brandenburg gersogligi poytaxti bulgan. 17-asrda Fransiya va Bohemiyadan kelgan qrchoklar hisobiga uning aholisn tez oʻsdi. 19-asr esa Berlinning iqtisodiy rivojida muhim davr hisoblanadi. Ayni shu vaqtda (1871) u kayzer imperiyasining poytaxti va Yevropaning yirik markazlaridan biri sifatida shakllandi. Sanoat boʻyicha esa Yevropada unga teng shahar yoʻq edn. Shaharda bir qancha xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkazilgan. 1945 yilgacha Berlin Olmoniyaning eng yirik fan. madaniyat va siyosiy markazi. 1933—45 yillarda Berlin gitlerchilar "uchinchi reyxi"ning poytaxti. Berlin 2-jahon urushi yakunida sovet qoʻshinlari tomooʻidan oʻrab olinib, qattiq bombardimon qilindi va toʻplardan oʻqqa tutilgach. 1945 yil 2 mayda toʻliq egallandi. Urushdan keyin ittifoqchilar Berlinni 4 okkupatsiya sektoriga: Sovet, AQSH, Angliya va Fransiya sektorlariga boʻlishdi. Keyinchalik ittifoqchilar oʻrtasidagi yuz bergan kelishmovchiliklar sababli Olmoniya kabi Berlin ham 2 qismga — Sharqiy va Gʻarbiy Berlinga boʻlindi va GDR aholisini ommaviy ravishda Gʻarbga oʻtishini toʻxtatish maqsadida 1961 yilda "Berlin devori" (Sharqiy Olmoniya va Gʻarbiy Berlin oʻrtasida umumiy uz. 162 km, jumladan shahar doirasida 45 km boʻlgan toʻsiq ikshootlar tizimi) qurildi. 70- yillar boshida vaziyat bir muncha yumshadi. 1989 yil 9 noyabrdagi siyosiy uzgarishlar tufayli Berlin devori olib tashlandi (q. Berlin devorining suyaatilishi), soʻngra GFR (Gʻarbiy Olmoniya) va GDR (Sharqiy Olmoniya) qoʻshilishi haqida maxsus shartnoma imzolandi va u 1990 yil 3 okt. dan kuchga kirdi va birlashgan Olmoniyaning federal poytaxti statuyey Bonn shahridan Berlinga oʻtdi.
Berlinning siyosiy mavqei oshishi bilan uning iqtisodi ham tez rivojlandi. Kimyofarmatsevtika, poligrafiya, optika, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashinasozlik (elektrotexnika, elektr priborlari ishlab chiqarish, umumiy va transport mashinasozligi) sanoati korxonalari mavjud.
Berlin faqat Olmoniyaning iqtisodiy markazi boʻlibgina qolmay, balki Yevropaning yirik sanoat markazlaridan biridir. Berlinda yirik bank va kredit muassasalari joylashgan. Berlin mamlakatning eng yirik transport yoʻllari tuguii, bir necha vokzal va aeroportlar bor.
Berlin radialaylana reja asosida qurilgan va oʻz qiyofasini hozirgacha saqlagan. Shaharda oʻrta asr yodgorliklaridan gotika uslubiga xos Mariyenkirxe va Klosterkirxe cherkovlari (13—14-asrlar), barokko uslubidagi Nemis tarixi muzeyi (1695—1706), Brandenburg darvozasi (1788—91), klassitsizm uslubidagi opera teatri, drama teatri (1819—21) va Berlin saqlanib qolgan. Shaharda koʻplab zamonaviy savdo-sotiq binolari, saroy, uy-joylar va Berlin binolar barpo etilgan. Metropoliten qurilgan. FA, A. Gumboldt nomidagi unt (1809) va maxsus oʻquv yurtlari mavjud. Madaniymaishiy muassasalar: teatrlar. muzeylar, (ularda badiiy osori atiqalartoʻplangan), kutubxonalar, milliy galereya kabi yirik binolar juda koʻp. Hayvonot bogʻlari bor. 11-Olimpiada oʻyinlari (1936) boʻlib oʻtgan.[1]
Do'stlaringiz bilan baham: |