Berlin Bayroq



Download 350,5 Kb.
bet3/3
Sana08.08.2021
Hajmi350,5 Kb.
#141888
1   2   3
Bog'liq
Germaniya Federativ Respublikasi

Federal Yerlar


Asosiy maqola: Germaniya yerlari.






Federal Yerlar

Poytaxti

Yuzasi(km²)

Aholisi(2)

1

Baden-Vyurtemberg

Stuttgart

35.751,65

10.717.000

2

Bavariya

Myunhen

70.549,19

12.444.000

3

Berlin

(1)

891,75

3.388.000

4

Brandenburg

Potsdam

29.477,16

2.568.000

5

Bremen

Bremen(1)

404,23

663.000

6

Hamburg

(1)

755,16

1.735.000

7

Hessen

Visbaden

21.114,72

6.098.000

8

Meklenburg-Old Pomeraniya

Schwerin

23.174,17

1.720.000

9

Quyi Saksoniya

Hannover

47.618,24

8.001.000

10

Shimoliy Reyn-Vestfaliya

Dyusseldorf

34.042,52

18.075.000

11

Reynland-Pfalz

Mains

19.847,39

4.061.000

12

Saarland

Saarbrücken

2.568,65

1.056.000

13

Saksoniya

Drezden

18.414,82

4.296.000

14

Saksoniya-Anhalt

Magdeburg

20.445,26

2.494.000

15

Shlesvig-Holshtein

Kiel

15.763,18

2.829.000

16

Turingiya

Erfurt

16.172,14

2.355.000


Hessen




Hessen yoki Gessen Germaniyaning 16 yerlaridan (viloyatga qiyoslasa boʻladi) biri. Bu yerda Wiesbaden, Frankfurt am Main, Darmstadt, Kassel, Offenbach, Wetzlar, Fulda va Gießen (Giessen) kabi taniqli shaharlar bor.

Gessen — Olmoniya yeri. G.ning katta qismi Oʻrta Olmoniya togʻlarida, oz qismi Mayn-Reyn pasttekisligida joylashgan. Mayd. 21,1 ming km2. Aholisi 5 971 816 kishi Bosh shahri —Visbaden.

8—9-a.larda graflik boʻlgan. 13-a. oxiridan Olmoniya knyazligi hududi. 1567 y.da 2 ta: Gessen-Kassel (1866 y.dan Prussiya qoʻshib olgan) va Gessendarmshtadt (1866 y.dan —Buyuk gersoglik, 1918 y. dan —Veymar respublikasi tarkibidagi yer) knyazligiga boʻlingan. 1945 y.da Amerika va Fransiya okkupatsiya zonasida boʻlgan. 1949 y.dan Olmoniya yeri.

Iqlimi moʻʼtadil. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0-2°, iyulniki 18—20°. Keng bargli oʻrmonlar (hududining 40%) oʻsadi. Qoʻngʻir koʻmir qazib chiqariladi. G. Olmoniyada chiqariladigan kaliy tuzlarining 1/3 qismini beradi. Qora metallurgiya va metall buyumlar quyish sanoati rivojlangan. Yirik kimyo sanoati korxonalari (Frankfurtmayn, Xyoxst, Visbaden sh.larida) bor. Umumiy mashinasozlik, ayniksa, stanoksozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoati rivojlangan. Koʻnchilik va rezina, anik, mexanika va optika buyumlari, oyna sanoati va zargarlik korxonalari bor.

G. hududida t.y. va avtomobil yoʻllari zich joylashgan. Reyn va Mayn daryolarida kema qatnaydi. Asosiy transport tuguni — Frankfurtmayn. Turizm G. iqtisodiyotida salmokli oʻrin olgan.[1]



OPEL, MERCK, WELLA, LEICA va shunga oxshash koʻp yirik firmalarning markazi.

Meklenburg-Old Pomeraniya


Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meklenburg-Old Pomeraniya (olm. Mecklenburg-Vorpommern) — Olmoniya yeri. Mamlakatning shim.-sharqiy qismida, Boltiq dengizi so-hilida joylashgan. Maydoni 23,2 mingkm². Maʼmuriy markazi — Shverin shahri Aholisi 1,8 mln. kishi (2000). M.O. P.da aholi nisbatan siyrak. Tabiiy landshafti saqgsanib qolgan. Relyefi sertepa, yaylov va oʻrmonlar bor. Eng katta daryosi — Elba. Koʻl koʻp bulgani uchun "Ming kullar yeri" deb ataladi. Eng yirigi — Myurits koʻli (maydoni 117 km2). M.-O. P.da 250 dan ortiq tabiiy va landshaft qoʻriqxonalari tashkil etilgan, 3 milliy bogʻ bor. Old Pomeraniya uzok, vaqt Shvetsiya hukmronligi ostida boʻlgan, keyinroq Prussiya tarkibiga oʻtgan. Meklenburg Olmoniya imperiyasi tarkibidagi mustaqil hudud edi. M.-O. P. yeri 2-jahon urushidan soʻng sobiq Olmoniya Demokratik Respublikasi tarkibida tashkil etilgan, biroq tez orada 3 okrugga ajratib yuborildi. 1990 yilda yana GFR tarkibidagi yer qilib tiklandi.

M.-O. P. xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi yetakchi tarmoq. Dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Dengiz va dare suvlaridan baliq ovlanadi. Sohilboʻyida sharqiy r-nlarning kema verfi va kemasozlik korxonalari joylashgan. Turizm rivojlangan. Yil davomida 10 mln.dan ortiq sayyoh kelib-ketadi. Yirik shaharlari — Rostok, Shverin.[1]


Saarland




Saar Olmoniya yerlaridan biridir. Poytaxti - Saarbrücken. Maydoni - 2 568,7 km2. 1 030 324 nafar aholi istiqomat qiladi (2008).

Saar — Olmoniya yeri. Mamlakatning gʻarbiy qismida, Saar va Mozel daryolari havzasida. Fransiya va Lyuksemburg bilan chegaradosh. Maydoni 2570 km². Aholisi 1,06 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Saarbryukken sh. S. — mamlakatning sanoati rivojlangan yerlaridan. Iqtisodiy faol aholining yarmidan ortigʻi sanoatda band. Yetakchi sanoat tarmogʻi — ogʻir sanoat (xususan, toshkoʻmir, k,. Caap-Lotaringiya kumir havzasi) va metallurgiya. Shuningdek, umumiy mashinasozlik, elektrotexnika, poʻlat va nikel konstruksiyalar i.ch., toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati korxonalari ham mavjud. Qora metallurgiya sanoatining asosiy markazlari: Felklingen, Nyoynkirxen, Saarbryukken sh.lari. Kimyo va neftni qayta ishlash sanoatlari ham rivojlangan. Avtomobil, vagonsozlik, oynasozlik, shisha, keramika korxonalari bor. Isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida donli, sabzavot va yem-xashak ekinlari ekiladi. Tokzorlar barpo qilingan. Chorvachilikda kramol, choʻchqa boqiladi.

Oʻtgan asrlarda S. hududida faflik boʻlgan. 1815 yildan S. Prussiya (1871 yildan Olmoniya imperiyasi) tarkibida. 1919 yilda Millatlar Ligasi komissiyasi boshqaruvi ostiga oʻtgan. 1935 yildan yana Olmoniyaga qoʻshilgan. 2-jahon urushidan keyin S. Fransiyaning Olmoniyadagi okkupatsiya zonasi edi. 1956 yildagi Fransiya va Olmoniya oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, 1957 y. 1 yanv.dan yana Germaniya tarkibida.[1]


Saarland




Saar Olmoniya yerlaridan biridir. Poytaxti - Saarbrücken. Maydoni - 2 568,7 km2. 1 030 324 nafar aholi istiqomat qiladi (2008).

Saar — Olmoniya yeri. Mamlakatning gʻarbiy qismida, Saar va Mozel daryolari havzasida. Fransiya va Lyuksemburg bilan chegaradosh. Maydoni 2570 km². Aholisi 1,06 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Saarbryukken sh. S. — mamlakatning sanoati rivojlangan yerlaridan. Iqtisodiy faol aholining yarmidan ortigʻi sanoatda band. Yetakchi sanoat tarmogʻi — ogʻir sanoat (xususan, toshkoʻmir, k,. Caap-Lotaringiya kumir havzasi) va metallurgiya. Shuningdek, umumiy mashinasozlik, elektrotexnika, poʻlat va nikel konstruksiyalar i.ch., toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati korxonalari ham mavjud. Qora metallurgiya sanoatining asosiy markazlari: Felklingen, Nyoynkirxen, Saarbryukken sh.lari. Kimyo va neftni qayta ishlash sanoatlari ham rivojlangan. Avtomobil, vagonsozlik, oynasozlik, shisha, keramika korxonalari bor. Isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida donli, sabzavot va yem-xashak ekinlari ekiladi. Tokzorlar barpo qilingan. Chorvachilikda kramol, choʻchqa boqiladi.

Oʻtgan asrlarda S. hududida faflik boʻlgan. 1815 yildan S. Prussiya (1871 yildan Olmoniya imperiyasi) tarkibida. 1919 yilda Millatlar Ligasi komissiyasi boshqaruvi ostiga oʻtgan. 1935 yildan yana Olmoniyaga qoʻshilgan. 2-jahon urushidan keyin S. Fransiyaning Olmoniyadagi okkupatsiya zonasi edi. 1956 yildagi Fransiya va Olmoniya oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, 1957 y. 1 yanv.dan yana Germaniya tarkibida.[1]


Saksoniya


Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud, qarang: Saksoniya (maʼnolari).

Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud, qarang: Saksoniya (maʼnolari).

Saksoniya — Olmoniya yeri (federativ birlik). Mamlakatning jan.sharqiy qismida, Chexiya bilan chegaradosh. S hududidan Elba daryosi oqib oʻtadi. Maydoni 18,4 ming km². Aholisi 4,38 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Drezden sh.

S. GFR yeri sifatida yangi tashkil qilingan boʻlsada, uzoq tarixga ega. Qadimda u tarixiy viloyat boʻlgan. 10-a.da tuzilgan Meysen markazi S.ning negizi boʻlgan. 1806 yildan qirollik. 1918 yilda S.da qirollik agʻdarilib, respublika eʼlon qilindi. 2-jahon urushiga qadar S hududida joylashgan Drezden, Leypsig va Xemnits sh.lari mamlakatning industriya markazlari boʻlgan. 1952 yilda hudud GDR tarkibidagi bir necha okrugga boʻlingan. 1990 yilda ushbu okruglar yer sifatida birlashib GFR tarkibiga kirdi. S. — Olmoniyaning aholi eng zich joylashgan va sanoati rivojlangan yerlaridan. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (xususan, avtomobilsozlik, radioelektronika va elektrotexnika sanoatlari), toʻqimachilik sanoati uchun mashina va stanoklar, sovitkich va fotoapparatlar ishlab chiqariladi. Kimyo, poligrafiya, toʻqimachilik, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Drezden sh. turizm markazlaridan (yiliga 5 mln. sayyoh kelibketadi). Leypsigda qadimdan noshirlik ishi rivojlangan. Bu yerda har yili xalqaro kitoblar yarmarkasi utkazil adi.


Turingiya




Turingiya (nem. Thüringen) Olmoniya yerlaridan biridir. Poytaxti - Erfurt. Maydoni - 16 251 km2. 2 378 000 nafar aholi istiqomat qiladi.

Tyuringiya, Tyuringiya Respublikasi — Olmoniya yeri. Mamlakatnig markaziy qismida, Tyuringiya soyligi atrofida, Tyuringiya Oʻrmonlarida joylashgan. T. 5 ta federal yer bilan chegaradosh. Maydoni 16,2 ming km². Axoliyey 2,4 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Erfurt sh.

T. — Olmoniya hududidagi tyuringlarning qad. viloyati. 1130 yildan landgraflik, 16-a. oʻrtalaridan Saksoniya qirolligi va bir qancha knyazliklar tarkibida boʻlib keldi. 1918 yilda knyazliklar barham topib. T. yeri tashkil etildi. 1945 y. fashistlar Olmoniyasi parchalanib, T. Sovet Ittifoqi okkupatsiya zonasiga oʻtdi. 1949 yildan Olmoniya Demokratik Respublikasi tarkibida 3 okrugga ajratildi. 1990 yilda Olmoniya birlashgach, okruglari ham birlashtirilib, T. Respublikasi tashkil etildi.



T. ni muhim transport yoʻllari kesib oʻtganligi sababli, savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi uchun sharoit kulay boʻlgan. T. qadimdan hunarmandchilikning , ayniqsa, ov va sport qurollari ishlab chiqarish. markazi edi. Konchilik, elektrotexnika, keramika, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, tikuvchilik, kimyo sanoatlari rivojlangan. Chinni va shisha buyumlar, oʻyinchokdar ishlab chiqariladi. Stanoksozlik, optikamexanika, avtomobilsozlik korxonalari mavjud. T.da 3 unt, bir nechta maxsus oliy oʻquv yurti, 50 dan ortiq i.t. instituta va texnik markazlar bor. Q.xda donli ekinlar, raps, kartoshka, qand lavlagi ekiladi. T. — I.V.Gyo’te, I. Bax va boshqa mashhur shaxslar vatani.
Download 350,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish