Berishning pedagogik asoslari



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana14.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#799461
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Bola hayotida kun tartibi va uning ahamiyati

Tartibli laxzalar 
Vaqt 
Uyqudan turish, ertalabki badantarbiya, yuvinish 
8:00-8:45 
Nonushta 
8:45-9:15 
Sayr 
9:15-10:00 
Mashgʻulot 
10:00-11:00 
Sayr, oʻyin va koʻngil ochish toza havoda 
11:00-12:45 
Tushlik va kundalik uyquga tayyorgarlik 
12:45-13:00 
Kunduzgi uyqu 
13:00-15:00 
Mashgʻulot 
15:00-16:30 
Sayr va toza havodagi oʻyin 
16:30-18:00 
Tinch oʻyin 
18:00-20:00 
Kechki uyquga tayyorgarlik, yuvinish, tishini tozalash 
20:00-20:30 
Uyqu 
20:30-8:00 
Burchak hosil qilgan holda bukilib, oyoq tagi polga yoki oyoq qoʻyshchga 
tiralib turadi. Bolani yoza boshlashdan oldin qoʻlini tirsagidan stol chetiga erkin 
qoʻyib ketin yelkasini stolga chetidan taxminan 450 burchak hosil boʻladigan qilib 
echib oʻtirishga odatlantirish zarur.
Bunda oʻng qoʻl daftar ustida turadi, chap qoʻl esa daftarni uchidan salgina 
ushlab turadi. Koʻzdan kito yoki daftargacha boʻlgan oraliq 30 -35 smga teng 
boʻlishi kerak. Daftarning pastki chap burchagi oʻquvchining koʻkrak oʻrtasi 
qarshisiga toʻgʻri keladigan qilib qoʻyilishi kerak.


21 
Uy vazifalarini bajarayotganda ham ish bilan dam olishni almashtirib 
turish: har bir vazifani bajarib boʻlgan 10 -15 minut tanaffus qilish zarur.
Ota –onalarning bolaga, uning oʻqishiga doim e’tibor berishlari, oʻquv 
mabduriyatlarini bajarishi bilan qiziqishlari, maktab va oʻqituvchining oʻquvchiga 
qoʻyiladigan talab va qoidalariga maslahat va topshiriqlariga jiddiy munosabatda 
boʻlishlari bolani muvaffaqiyatli oʻqitish va tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb 
etadi.
2.2. Bola asab tizimining alohida xususiyatlari 
Ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalarning toʻlaqonli jismoniy 
tarbiyasini amalga oshirishda bola markaziy asab tizimi rivojlanishining yoshga 
oid qonuniyatlarini oʻrganish alohida ahamiyatga ega. Bu pedagogik ta’sir etish 
shakllarni tanlashga va ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga yordam beradi. 
Olimlarni aniqlashicha, bola oʻzining tugʻma qobiliyati va asab tizimi 
xususiyatlari bilan dunyoga keladi. Biroq, ular bola psixik rivojlanishining organik 
zamini boʻlib, bu rivoshlanishning xarakter va darajasini belgilamaydi. 
Shuningdek, har bir bola oʻzining asab-ruhiy rivojlanishi uchun ishonchli asosni 
tashkil etuvchi katta potensial psixofiziologik imkoniyatlarga ega boʻlishi 
isbotlangan. Shunday qilib, bir tomondan organik zaminni va ikkinchi tomondan 
potensial imkoniyatlarni hisobga olgan holda, eng qulay pedagogik sharoit 
yaratish, maqsadga yoʻnaltirilgan tarbiya va ta’lim sharoitida bola organizmi va 
psixikasga bevosita ta’sir etish imkonini beradigan jismoniy tarbiya jarayonini 
toʻgʻri tashkil etish lozim. Bolaning tugʻma asab tizimi xususiyatlari va uning 
shakllanishidagi tashqi ta’sirning yetakchi rolini hisobga olgan holda toʻgʻri tartib 
(yaxshi uyqu, mashgʻulotlar hajmini aniq belgilash, faol harakat faoliyati, ochiq 
havoda boʻlishga belgilangan vaqt) va uning ogʻishmay bajarilishini ta’minlash 
muhimdir. Bunda ijobiy emotsional vaziyat – bolalarning oʻzaro va kattalarning 
bolalar bilan bir maromda vazmin, doʻstona munosabatlari alohida ahamiyatga ega. 
Fiziolog N.I. Krosnagorskiy fikricha: “Kattalarning namu- na boʻlishi, 
atrof-muhit va butun sharoit oliy asab tizimining rivojlanishida muhim omillar 


22 
sanaladi. Norozilik, hayajonli, janjalli vaziyatda bolalar injiqliklarining turli 
shakllari kelib chiqadi, bolaga har tomonlama vazmin muomala qilish esa qat’iy, 
tugallangan xarakter shakllanishining yaxshigina vositasidir”. 
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarning tipologik xusu-siyatlariga 
individual tartibda yondashish, tartib uchun optimal sharoit, chiniqish, faol harakat 
faoliyati, bolaning emotsional ijobiy holatini amalga oshirish maqsadida hisobga 
olinadi. 
Tarbiyachining kundalik turmush jarayonidagi shaxsiy kuzatishlari juda 
muhimdir. Mavjud tahlil qilish tarbiyachiga zarur xulosalar chiqarishga va 
bolaning emotsional holatini saqlab turishga, xilma-xil faol faoliyatni 
rivojlantirishga, ijodiy maylini namoyon qilish yoʻllarini belgilashga yordam 
beradi. 
Jismoniy tarbiya bola shaxsining har tomonlama rivojlani- shiga ta’sir 
etishning amaliy vositalari va metodlariga ega. Faol harakat faotiyati jarayonida 
bola axloqiy-irodaviy sifatlarni namoyon etishni mashq qiladi: oʻyinda qoʻlga 
tushish xavfiga qaramasdan botirlik bilan harakat qiladi, oʻrtogʻini qoʻllashga, 
umumiy ishni hamma bilan birgalikda bajarishga intiladi, (masalan, oʻz vaqtida 
yugurib kelib, barcha bolalar bilan safga tizilishi) va boshqalar. Bunday harakat 
birnecha bor takrorlangach, bola uni zarurat sifatida anglaydi, tarbiyachi va 
tengdoshlarining ragʻbatlantiruvchi bahosi bolada ma’naviy qoniqish tuygʻusi, 
emotsional koʻtarinkilik, bundan keyin ham shunday harakat qilish istagini 
uygʻotadi. Yetakchi rollarni tortinchoq bola ijro etishi va tarbiyachining 
topshirigʻiga koʻra biror mashqni qanday bajarishni barcha bolalarga koʻrsatish va 
tushuntirish, uni asta-sekin uyatchanlikdan qutqaradi, xotira- sini charxlaydi, 
mashgʻulotlarga qiziqishni uygʻotadi. Bola an- cha xushmuomala, tashabbuskor, 
xushchaqchaq boʻla boradi. Yengiltak, biroq oʻziga bino qoʻygan bolalar 
mashgʻulotlar va oʻyinlar jarayonida asta-sekin umumiy talablarga boʻysunadigan, 
ancha vazmin, uyushgan, oʻzgalarga yon beradigan, qiziqarli topshiriqlar (oʻyinda 
boshlovchi boʻlish, sevimli rolni oʻynash, mashqlarni tushuntirish va namoyish 
qilish h.k.)ni bajarishda navbatga rioya qiladigan boʻla boradilar. 


23 
Chiniqishga oid tadbirlar asab tizimini mustahkamlaydi va uning faoliyatini 
yaxshilaydi; jismoniy mashqlar, jumladan harakatli oʻyinlar faol harakat faoliyati 
uchun sharoit yaratadi va emotsional koʻtarinkilik, gʻayrat uygʻotadi, qon 
aylanishi, yurak faoliyati va miyaning qon bilan ta’minlanishini kuchaytiradi, 
organizmni umumiy sogʻlomlashtirishga yordam beradi. 
Bolada ijodiy tashabbusning tizimli rivojlanishini jismoniy tarbiyaning 
ajralmas qismi deb hisoblash lozim. Bu tashabbusning namoyon boʻlishiga 
harakatli oʻyinlar va jismoniy mashqlardagi harakat faoliyati yordam beradi. Bu 
harakat shakllarida (bolalarga) beriladigan ijodiy topshiriqlar tasavvur va 
tafakkurning rivojlanishini, assosiatsiya va biror narsa oʻylab topish istagining 
tugʻilishini, soʻng oʻz niyatini amalda qoʻllashga intilishni kuchaytiradi. (L.M. 
Korovina, E.Y. Stepanenkova). 
“Inson salomatligi haqida gʻamxoʻrlik, ayniqsa bola salo- matligi haqida 
gʻamxoʻrlik, – deb yozgan edi V.A. Suxom- linskiy, – bu faqatgina sanitariya-
gigiyena me’yor va qoida- lari kompleksi, tartib, ovqatlanish, mehnat qilish, dam 
olishga qoʻyiladigan talablar yigʻindisigina emas. Bu avvalo, barcha jismoniy va 
ma’naviy kuchlarning garmonik toʻkisligi haqida- gi gʻamxoʻrlikdir va 
garmoniyaning gulchambari – ijod zavqi, quvonchi hisoblanadi”. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda 
gigiyenik omillar, tabiatning tabiiy kuchlari va jismoniy mashqlar va boshqalardan 
foydalaniladi. Har xil faoliyat turlariga kiruvchi (qoʻl mehnati, musiqa asboblarini 
chalish, loy yoki plastilindan narsa yasash, qurish-yasash, rasm chizish, kiyinish, 
yuvinish va boshqalar) xilma-xil harakatlar bolaning jismoniy rivojlanishiga ta’sir 
etadi. Toʻlaqonli jismoniy tarbiyaga barcha vositalar, umumiy qoʻllanilganda 
erishiladi, chunki ularning har biri kishi organizmiga turlicha ta’sir qiladi. 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish