Berishning pedagogik asoslari


 Maktabgacha yoshdagi bolani rivojlanishida kun tartibining ahamiyati



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana14.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#799461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bola hayotida kun tartibi va uning ahamiyati

1.3. Maktabgacha yoshdagi bolani rivojlanishida kun tartibining ahamiyati 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash 
jarayoni oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi “Maktabgacha 
yoshdagi bolalar ta’lim –tarbiyasiga qoʻyiladigan Davlat talablari” orqali nazorat 
qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim –


13 
tarbiya mazmunining asosiy yoʻnalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik 
darajasiga qoʻyiladigan minimal talablar berilgan boʻlib u davlat xujjati sifatida 
e’tirof etiladi. 
Bolarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qoʻyilgan 
maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish “Bolalarni rivojlantirish va 
maktabga tayyorlash” tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi. 
“Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da 
mamlakatning ijtimoiy –iqtisodiy taraqqiyotini ta’limning asosiy omili boʻlgan 
kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berilgan sogʻlom 
avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yoʻnalishidir. 
Davlat talablari asosida tuzilgan “Bolajon” tayanch dasturiga asosan 
maktabgacha yoshdagi bolalarning ota –onalari, tarbiyachilari, hamda oʻzlari 
uchun turli sohalar boʻyicha dasturlar, qoʻllanmalar, tavsiyalar va jismonan 
rivojlantirishga yordam beradigan turli tuman oʻyinlar va ta’lim tarbiya metodi 
yoritiladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim –tarbiyasiga qoʻyiladigan Davlat 
talablarida belgilangan koʻrsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga 
tayyorlashga, mustaqil Oʻzbekistonning ravnaqi uchun barkamol inson boʻlib 
yetishishlariga zamin hozirlaydi. Bolani maktabga tayyorlashda oilani oʻrni juda 
kattadir. Bola tarbiyasida oilaning barcha a’zolaridan bolalarga nisbatan toʻgʻri 
munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak ma’suliyat hissini ham talab 
qiluvchi qiyin va murakkab ishdir. 
Bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama jumladan ma’naviy 
axloqiy, aqliy estetik, jismonan va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish 
yaxshi samara beradi. 
Ma’naviy tarbiyani bolaga oʻtmishda Vatan ravnaqi, el –yurt tinchligi va 
faravonligi yoʻlida kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, mustaqillik, 
qadriyat va an’analarimizni oʻrgatish orqali singdirish mumkin. 


14 
Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari 
shakllanadigan, boshqa hyech qaysi tarbiya ob’kti oiladagidek yuqori natija 
bermaydi. 
Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda ham oilaning muhim oʻrni bor. 
Oila davrasida qoʻshiqlar kulanishi, biror ertak yoki asarni oila davriasida oʻqish, 
birga spektakl va kino koʻrish va tahlil qilish va hokazolar bolani estetik tarbiyasini 
shakllantirishdagi jihatlardir. 
Ota –onalar voyaga yetayotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga 
oʻta ma’suliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badan tarbiya 
mashqlarini bolalar bilan birgalikda bajarish, toʻgʻri va vataminlashgan ovqat 
berish, dam olishni, uyquni toʻgʻri tashkil etish, kun tartibiga rioya qilish, vaqtida 
shifokor nazoratidan oʻtkazishlari zarur. 
Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Mehnat bolalarda 
uyushqoqlik, diqqat, saramjom – sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek maqsadga 
erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir. 
Bola hayotining kun tartibi, odatda sogʻlom bola kasalmand va zaif bolaga 
nisbatan maktab kun tartibiga va butun dars davomida oʻzida joʻsh oʻrib turgan 
gʻayratlarini tiyib jim oʻtirishga tezroq koʻrinadi. Bolani maktab kun tartibiga 
tayyorlashda, uning sogʻligini mustahkamlashda ertalab ma’lum vaqtda oʻrindan 
turish, ovqatlanish va uyquga yotishga aniq rioya qilinishi kerak. 
Har bir oila mehnat faoliyatining harakteri, maishiy marosimi, bolalarning 
soni va shu kabilarga oʻz yashash sharoitini bolalarning soni va shu kabilarga oʻz 
yashash tartibini oʻrnatadi. Biroq bir narsani, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolaning 
nonushtasi va tushligi oʻrtasidagi oraliq 4 soatdan oshmasligini, tushlik vak kechki 
ovqat oʻrtasidagi oraliq –bir oz kattaroq (6 – 7 soat), buning orasida yengil 
ovqatlanish kechki choy boʻlishi kerakligini unutmaslik kerak. Bolaning bir 
sutkadagi uyqusi taxminan 11 soatni tashkil qilishi kerak. Bola tushlikdan soʻng 1 -
1.5 soat dam olishga odatlansin. Kechqurun u doimo bir vaqtda ya’ni 9 dan 
kechikmay uxlagani yotsin.Bola miriqib uxlasin desangiz,quyidagi qoidalarga 
rioya qilish lozim:bola uxlaydigan xonani yaxshilab shamollatish; bolani uxlashga 


15 
yotishdan oldin tishini tozalashga, yuz-qoʻlini, oyogʻini yuvishga odatlantirish 
bolaga oʻrinda nonushta qilishga aslo yoʻl qoʻymaslik. 
Bolaning me’yorida rivojlanish uchun u toza xavoda koʻp harakat qilish 
kerak. Bola ochiq havoda qish oylarida 4 soatdan kam boʻlmasligi, yozda deyarli 
butun kunni ochiq havoda oʻtkazish lozim. 
Bolaning kun tartibiga amal qilishi uchun asosan qat’iy nazorat lozim. Bola 
kun tartibini bajarashi majburiyligiga va hyech qanday va iltimoslar, ma’lum 
vaqtda ovqatlanmaslik hamda oʻynamaslikka sabab boʻla olmasligiga koʻnikishi 
kerak. Shu bilan birga kun tartibining zarurligi va uning foydasini doimo 
tushuntirib borish lozim. Masalan: 
- ertalabki badantarbiya mashqlarini yaxshi bajarding, endi kun boʻyi tetik 
yurasan; 
- barakalla, gullarni tozalab yaxshi qilibsan menga ancha yordaming tegdi; 
- oʻz vaqtida ovqatlansak, piyoz oʻsagan hamda kasalga chalinmaysan; 
kun tartibining qimmat bola faoliyatining har xil turlarining almashinib 
turishini ta’minlashdir, bu esa yosh oʻsuvchi organizmni char chashdan saqlaydi, 
bolaning har tomonlama kamol topishiga imkon beradi. Masalan: bola rasm 
solishga qiziqib ketib, stoldan 40 minut davomida turmadi, lekin u faol harakat 
qilishi, chopishi kerak. Shuning uchun u oʻynab boʻlganidan keyingina unga tinch 
oʻyin yoki mashgʻulotni tavsiya qilish mumkin. Bola shunday tartibga rioya qilsa, 
u qay darajada boʻlmasin asta –sekin oʻz faoliyatini boshqarishga odatlanadi, bu 
uni kundalik va maktab kun tartibining asosiy qoidalariga osongina koʻnikishda 
katta ahamiyatga egadir. 
5 -6 yoshli bolalar bilan ishlaydigan bogʻcha tarbiyachilar soʻrovlari shuni 
koʻsratdiki, koʻpchilik bolaning maktabga tayyorlashda jismoniy va aqliy 
rivojlanishni afzal qoʻyishmoqda. Ta’lim tarbiyaviy –ishni bolaning tafakkuri, 
nutqi va bilim jarayonlarini shakllantirishga yoʻnaltirilib, pedagoglar bolani tabiat 
va jamoat toʻgʻrisida asosiy bilimlar bilan boyitishadi. 
Qanday qilib olimlar maktabgacha tayyorgarlikni aniqlashadi? Pedagogik 
va psixologik adabiyotlarda bolaning ta’lim va tarbyai jarayoniga qirib, uning 


16 
mazmuni muvaffaqiyatli oʻzlashtirib olishga yoʻl qoʻyadigan shaxsning umumiy 
rivojlanganligi deb koʻrsatilgan, aqliy va estetik rivojlanishida egallashi kerak 
boʻlgan sifat va jihatlarning yaxlit bir sistemasi deb koʻrsatilgan. 
Maktabgacha tayyorgarlik darajasini bolaning aqliy, jismoniy vazifalarni 
bajara oladigan butun organizm va asab sistemasining ma’lum yetuklik saviyasini 
aniqlaydi. Shu bilan bir qatorda tevarak atrof haqida olingan oddiy bilimlar 
xulqning ijtimoiy va axloq –irodaviy sifatlarini shakllanish darajasi katta 
ahamiyatga ega. 
7 yosh – bu bola yangi sharotiga tez oʻrganadigan va oʻqish jarayonida 
muvaffaqiyatli ishtirok etadigan davr hisoblanadi. Ya.A.Komenskiy bolaning 
yettinchi yili –bu bekorchilikda buzilib kengmaslik uchun maktabda oʻqishni 
boshlaydigan vaqt hisoblangan. Bolani ona maktabida 5 -6 yil ta’lim –tarbiya 
olishini, u yetarli va optimal muhlat deb hisoblagan. 
Bolaning yoshi (7 yosh) mezonidan tashqari, uni sogʻligini umumiy holati 
va asosiy antronometrik koʻrsatkichlari jismoniy tayyorgarligini belgilashadi. 
Bunda boʻyoi (7 yoshga 110 smdan kam boʻlmasligi kerak) vazn (20kg), koʻkrak 
aylanasi (nafas chiqqanda 55 smdan kam boʻlmasligi kerak), tanadagi oʻzgarishlari 
suyaklarni oʻsishi. Bola mustaqil oʻzi kiyinishni, ovqat yeyishni, narsalarni toza va 
tartibli sayalashni oʻrganishi kerak. Bola kattalar mehnatini muhimligini tushunishi 
va hurmat qilish kerak. 
Bogʻcha tarbiyachilari har bir bolani maktabga tayyorgarligini toʻgʻri 
aniqlashda yetarli pedagogik va texnologik bilim va tajribalarga ega boʻlishi kerak, 
bunda ular “maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim tarbiyachiga qoʻyiladigan 
davlat talablari” talablariga tayanishlari kerak. Agar maktabgacha davrda bola 
normal rivojlangan boʻlsa, uning jismoniy va aqliy rivojlanishiga hyech qanday 
kuchli ta’sirlar boʻlmagan boʻlsa, unda bola yetti yoshda ta’lim olish darajasiga 
yetadi. Ammo ba’zi oila va bogʻchada maktabga tayyor boʻlmagan bolalar ham 
uchraydi. Bunday bolalar mutaxassis nazoratida maxsus tekshiruvdan oʻtishadi va 
mutaxassis 
haqida 
xulosa 
chiqaradi. 
Bolaning 
maktabga 
tayyormaslik 


17 
xususiyatlaridan –bu oʻyin qarorligi mustaqil boʻla olmasligi va ijtimoiy 
rivojlanishining past darajasidir. 
Tuman psixologik –pedagogik konsultatsiyalarida bolaning maktabga 
tayyorgarligini har tomonlama aniqlashadi. Ular ta’’lim –tarbiyadagi profilaktik va 
korreksion usullarni tavsiya etadilar. 
Eng tanilgan va keng tarqalgan psixologik diagnostika vositalari: 
- A.Kernning maktabga tayyorgarlik testlari. 
- A.Effektning “Reversiv test”. 
- Maktabga tayyorgarlikni tekshiradigan Topningen tekshiruvi. 
Testlarni mazmun jihatdan 2 guruhga boʻlish mumkin: oʻqish jarayonida 
ishtirok etadigan alohida psixologik tomonlarni shakllangan darajasini 
aniqlaydigan testlar; maktabga umumiy tayyorgarlikni tekshiradigan testlar. 
Konsultasiya xodimlari bolani tekshiriuvini ota –onalar oldida oʻtkazadilar. 
Soʻngra tekshiruvlar natijalari asosida qoʻyidagi choralarni maslahat beradilar: 
a) umum ta’lim maktabning 1 –sinfga yozish; 
b) oʻqishni 1 yilga qoldirish; 
v) bosani bogʻchaga yoki maktab qoshidagi maxsus sinfga yozdirish; 
g) bolani maxsus maktabga yozdirish. 
Bolani qachon va qancha tayyorlash kerak? Deganda kattalar orasida ota –
ona va tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1 sinfga bir yil qolganda tayyorlashni 
kuchaytirish kerak. 
Maktab xayotiga bolani kim tayyorlashi kerak? Bogʻcha tarbiyachilari 
bolani maktabga tayyorlash butun bogʻcha davrida amalga oshishi kerakligini 
tushunishadi va dastur talablariga binoan shuni amalga oshiriladi. 
Hozirgi zamon ota –onalar bolalani maktabga qanday tayyorlashmoqda. 
Biz shuni koʻrsatib utgan edikki, ota –onalarning maktabda yaxshi oʻqishning 
shartlaridan biri –shaxsning umumiy rivojlanishi deb hisoblanadi. Ammo, bolaning 
aqliy rivojlanishini eng asosiy deb bilishadi, shuning uchun mashgʻulotlarda bilim, 
nutq, xotirasini rivojlantirishga xarakat qiladilar. 


18 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish