Neft mahsulotlarini yumshash harorati va
ularni aniqlash
Shunday kimyoviy moddalar borki ularni yumshashi natijasida bir agregat holatdan ikkinchi agregat holatga o'tadi. Yumshash haroratini aniqlashning juda ko'p qo'llaniladigai ikkita usuli mavjud. Bu usullardan biri «halqa va shar» usuli, ikkinchisi esa Kremer-Sarnov usulidir. Ikkala usulda ham ma'lum shakldagi idishchalardagi neft bitumi namunasi termostatda sekin-asta qizdiriladi. Namunani qizdirish vaqtida unga ma'lum qiymatdagi kuch ta'sir ettiriladi. Namuna ko'zga ko'rinarli darajada deformatsiyalangan harorat bitumning yumshash harorati deb olinadi. Lekin amalda topilgan bu harorat nisbiy bo'lib, uning qiymati tajriba olib borish yo'llariga bog'liqdir. Odatda «halqa va shar» usulida topilgan yumshash harorati Kremer-Sarnov usulidagidan 10 0C chamasi ortiq chiqadi.
Shuni ham eslatib o'tish kerakki, bu usullarda molekulyar massasi uncha katta bo'lmagan neft mahsulotlarining yumshash harorati aniqlanadi, chunki neftni va neftdan olingan moddalarni molekulyar massasining ortishi bilan uning suyuq holga o'tish imkoniyati kamayadi. «Halqa va shar» usuli. Bu usulda ishlatiladigan asbob biri ikkinchisining ichiga tushadigan ikkita stakandan iboratdir. Tashqi stakan termostat rolini o'ynaydi. Uning balandligi 15 sm va diametric 12 sm bo'lib, ichiga 5 sm balandlikda qilib glitserin solinadi. Ikkinchi stakanning diametri 9 sm bo'lib, ichiga latunь shtativ o'rnatilgan.
Bitumni «halqa va shar» usulida yumshash haroratini
aniqlaydigon asbobning umumiy ko'rinishi: 1– shisha stakan; 2– qapqoq;
3–termometir; 5–yuqori plastinka; 5–pastki plastinka; 6–otverstiya;
7–halqa;
III.Bob Tajriba natijalari tahlili
III.1. Neft va neft mahsulotlari tarkibini miqdoriy tahlili
Tabiiy gaz zahiralariga nisbatan neftni butun dunyo bo'yicha zahiralari oxirgi uch o'n yillikda asta-sekin oshib boryapti. 1990 yillar oxirida Markaziy va Janubiy Amerika, shuningdek Yaqin Sharqda ham keskin o'sdi. 2001 yil oxiriga kelib dunyo bo'yicha gaz va neft zahiralari mos ravishda 5,451 trln fut3 (1 fut3 = 0,028 m3) va 1032 mlrd. brl.(1barll=159l) ni tashkil qiladi. 1970 yilga nisbatan 2001 yilning oxirida gaz va neftь zahiralari mos ravishda taxminan 24,4% va 69% ga oshdi.
Yuqoridagi tajriba natijasi esa Tekshirilayotgan polimerdagi suvning miqdori quyidagi formuladan hisoblab topiladi:
bu formulada: x– polimerdagi suv miqdori, hisobida;
g– namunaning massasi, g xisobida;
v – idishga yig'ilgan suvning hajmi, ml hisobida
Shu tajriba ikki uch marta otkaziladi va jarayon oxirida neft tarkibi analiz qilinadi.
Xulosa
Hozirgi kunga yurtimiz dunyoning istalgan mamlakati bilan ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qila oladi chunki mamlakatimiz sanoati uchun muhim bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishda mahalliy imkoniyatlardan foydalanilib ularning turi sifati va turli atoqli xususiyatlarga boy mahsulotlarni ishlab chiqarishga keng imkoniyatlar ochib berilmoqda.
O’zbekistonda tabiiy gazdan yoqilg’i o’rnida ham, xomashyo o’rnida ham foydalanish samaralidir. Tabiiy gazdan kimyoviy tola ishlab chiqarish, Rossiya Federatsiyasidan 40-50 foiz arzonga tushadi. Gazli, Muborak, Uchqir, Odamtosh, Sho’rtan kabi tabir gaz konlaridan olinayotgan gaz yuqori kondensatligi bilan ajralib turadi. Gaz kondensati organik sintezning asosidir. Uning har tonnasidan 50 kg sun’iy kauchuk, 150 kg plastik massa, 150 kg sun’iy tola, 100 kg erituvchi modda, 400 kg motor yoqilg’isi olish mumkin.
Prezident I.A.Karimov respublikamiz neftgaz sanoatining keyingi yillarda barqaror rivojlanganligini, mustaqillikka erishish yo’lida salmoqli ishlar qilinganligini ta’kidlab, yoq’ilg’i –energetika kompleksini bundan buyon ham jadal rivojlantirish siyosatimizning ustivor vazifasi bo’lib qolishiga katta e’tibor berib kelmoqda.
Shuning uchun arzon sanoat xom ashyolari asosida yangi ekologik toza oktan sonini oshiruvchi qo’shimchalar yaratish va tajriba-sanoati miqdorida ishlab chiqarish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
O’zbekistonda “Sho’rtanneftgaz” va Shurtan gaz kimyo majmuasida tabiiy gazni qayta ishlash jarayonida qo’shimcha mahsulot sifatida yiliga 100 ming tonnadan ortiq quyidagi tarkibli propan-butan fraksiyasi hosil bo’ladi, mass %; etan-5,5; propan-40,1; izobutan-22,15; n-butan-28,58; pentanlar-2,12; azot-0,13; uglerod dioksid 0,42.Propan –butan fraksiyasi metall-o’lchamli butil efiri (MTBE) olish va undan oktan sonini oshiruvchi qo’shimcha sifatida foydalabnish mumkin.
Neft va neftgaz konlarida yo’ldosh neft gazidan samarali foydalanmasdan, ularni mash’alalarda yoqib yuborilishini asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
- neft olish quduqlarini katta maydon bo’ylab joylashganligi
- Energiya quvvatini yetishmasligi yoki umuman yo’qligi
- yo’ldosh neft gazi hajmini ozligi
- gazni uzatish quvurlari sistemasidan uzoqligi
- gazni uzatish quvurlari sistemasiga bosimi pastligi tufayli ulanish imkoniyati yo’qligi
- yo’ldosh neft gazi tarkibida oltingugurt birikmalari borligi
Shuningdek, neft va gaz kondensatlariga asoslangan kimyo sanoati korxonalarini o’rganishda asosiy tushunchalar: benzin (30-1800C gacha qaynaydigan bo’lak), kerosin (180-3000C gacha qaynaydigan bo’lak) va mazut (qoldiq): neftning bu asosiy bo’laklaridan yana petroley (neft) efiri (30-800C), ligroin (110-1400C), gazoil (270-3000C) kabilar. Mazutni past bosimda yoki suv bug’i bilan haydab solyar moylari, surkov moylari, vazelin, parafin va boshqalar olinishi. Neft va neftni qayta ishlash, benzin uning oktan soni, neftni reforminglash, neftni aromatlash, O’zbekistonda neftni yirik ishlab chiqarish mahmualari: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Farg’ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari to’g’risida ma’lumotlar, hamda neft va neftni qayta ishlash mahsulotlari sifati va samaradorligini oshirish borasida O’zRFA akademigi M.F.Odidova va O’zRFA umumiy va anorganik kimyo instituti akademigi Z.S.Salimov va boshqa olimlarning ishlari haqidagi tushuncha va tasavvurlarning shakllantirilishida ularning yosh xususiyatlarini, Vatanga bo`lgan qiziqishlarini alohida e’tiborga olish juda zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |