Tiristorlar
Tiristor-to’rt qatlami, ya’ni uch p-n o’tishli yarimo’tkazgichli asbob. Unda har xil o’tkazuvchanlikka ega qatlamlar ketma-ket ulanadi (3.25-rasm). Chetki р1- qatlam -anod n2- katod deb ataladi. Ichki р2 va n1 qatlamlar boshqaruvchi elektrod yoki baza deyiladi.
П3 П2 П1
Katod anod
boshqaruvchi elektrod
3.25-rasm. Tiristorning tuzilishi.
|
Baza qatlamalri bir xil bo’lmaydi. N-baza p-bazaga qaraganda qalinroq va qotishmamiqdori kamroq qilib yasaladi. Natijada n2 p-n o’tishini to’g’rilash xususiyati yaxshi bo’ladi.
|
Tashqi kuchlanish anod-katod oralig’iga qo’yilgan holatni qaraylik. Tok ko’zining musbat qutbi anodga manfiy qutbi katodga ulangan bo’lsin. Bunda kuchlanishning kichik qiymatlarida n1 va n3 р-n o’tishlar to’g’ri, n2 р-n o’tish esa, tesakri yo’nalishda ulngan bo’ladi. Shuning uchun tashqi kuchlanishni to’liq n2 p-n o’tishga qo’yilgan deb qarash mumkin. U yopiq bo’lgani uchun tiristordan o’tadigan tok juda kam (manfiy tokka teng)bo’ladi. Tiristorning qarshiligi shu yopiq n2 o’tish qarshiligi orqali xarakterlanadi.
Agar tasgqi kuchlanish orta boshlasa, qatlamlardagi tok o’tishi bilan bog’liq jarayonlar sifatdan tomondan o’zgaradi. n2 o’tishdagi manfiy tokning biroz ortishi bilan har ikki bazaga tok tashvchilarning kirishi (tutilib qolishi) zo’rayadi.
|
I C
B
A
0 Uяқ U
3.26-rasm.Tiristorning volt-amper xarakteristikasi
|
Masalan, Р2- bazada kovaklar zichligi ortadi. Bu n2 o’tish potensial to’siq kichrayishiga olib keladi. Natijada tiristordan o’tadigan tok manfiy tokka emas, n2 o’tishga yetib kelgan bazalardagi asosiy bo’lmagan tok tashuvchilar tokiga ham bog’liq holda orta boshlaydi (3.26-rasm, ОА chiziq).
Tashqi kuchlanishning kattaligi biror Uяқ kuchlanishiga yetgan, tiristor toki ko’chkisimon orta boshlaydi. Bu kuchlanish tiristorning qayta ulanish to’g’ri kuchlanishi deb ataladi. Bu vaqtda tiristorning qarshiligi juda kichik bo’lgani uchun undagi potensiallar farqi ham kichrayadi (AB soha). Uning kattaligi tashqi nagruzka qarshiliklarining bo’laklari bilan chegaralanadi. Tiristor tokening ortishi davomida asosiy bo’lmagan tok tashuvchilar n2 o’tishda to’plana boshlaydi. Ularning konsentratsiyasi yetarli bo’lgandan keyin, n2 o’tish to’g’ri ulanish holatiga keladi. Natijada n2 o’tish qarshiligining kichik bo’lib, tiristor ochiq (to’yinish) holatiga o’tadi. Bu uning teskari ish rejimi bo’ladi (BC chiziq).
Yuqorida keltirilgan tirisitorning ishlashini uning ekvivalent sxemasida ko’z oldiga keltirish qulay. Buning uchun uni p-n-p turdagi tiristorlarning qo’shmasi deb qarash mumkin (3.27-rasm). Bunda Т1 tiristorning emitter toki l miqdorga o’zgarsa, uning kollektor toki кl ga o’zgaradi. U son jihatdan T2 tranzistorning baza toki o’zgarishiga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |