Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti


Suyuq moddalarni suyultirish qoidalari



Download 0,71 Mb.
bet4/9
Sana02.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#478696
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Erimbatova Shahnoza.Fitoreparatlar texnologiyasi.kurs ishi

Suyuq moddalarni suyultirish qoidalari

Suyuq birlamchi moddalarni (eritmalar,essensiyalar,tinkturalar) suyultirilishi quyosh nuri tushmaydigan,qorong’i xonada amalga oshiriladi.


Gomeopatiyaga oid qo’llanmalar,me’yoriy hujjatlar
Gomeopatiya farmakopeyasining muallifi doctor Vilmar Shvabe 1950-yilda qo’llanma nemischadan tarjima qilingan.
Gomeopatiya qo’llanmasi quyidagi 3 qismdan iborat:
-kirish;
-umumiy;
-maxsus.
Gomeopatiya farmakopeyasining kirish qismida ushbu qo’llanma ko’pgina davlatlarda tan olinganligi, gomeopatiya dorilarini tayyorlanishini o’ziga xosligi va aynan shu qo’llanmaga qaysi dorivor vositalar kiritilganligi haqida umumiy holatlar o’z aksini topgan.
II-Umumiy qism: A va B bo’limlardan iborat.
A-bo’lim “Gomeopatiya farmatsiyasi”.
B-bo’lim “Gomeopatiya dori vositalar texnologiyasi”.
III-Maxsus qism. Maxsus qismda gomeopatiyada qo’llaniladigan asosiy va qo’shimcha dorivor moddalar ta’rifi keltirilgan bo’lib,unda 374 ta xususiy maqola bor.Dorivor moddalar ta’rifi lotincha nomi bo’yicha alifbo tartibida berilgan.Ulardan 78-80 % dorivor o’simliklar,14 % kimyoviy moddalar va 6% atrodida hayvonlardan olingan dorilarga to’g’ri keladi.Maxsus qism oxirida kam ishlatiladigan gomeopatik dori moddalari ro’yxati alifbo tartibida berilgan.
Gomeopatiya farmakopeyasi” bo’limida gomeopatik dorilarni manbalari, ularni tayyorlashdagi dastlabki vositalar ta’rifi,gomeopatik dorilarni berish, saqlash qoidalari keltirilgan.

Gomeopatiya dori vositalar texnologiyasi” bo’limida o’simlik xomashyo va hayvonlardan,mineral moddalar va kimyoviy birikmalardan gomeopatik vositalar texnologiyasi,dori moddalarni suyultirish tartibi hamda gomeopatik dori turlarini tayyorlashda qo’llaniladigan yordamchi moddalar va asbob-uskunalar tavsifi keltirilgan.


Gomeopatiya tibbiyotning noan’anaviy usuli bilan davolashning o’ziga xos yo’nalishlaridan biri bo’lib, kasallikni o’xshash dorilar va mikro yoki ultra dozalar bilan davolashga qaratilgan.Gomeopatiya asosiy dori darmon vositalaridan biri bo’lgan dorivor o’simliklardan keng foydalaniladi va ular gomeopatiya dorilarining qariyb 80 % ini tashkil qiladi.
“O’xshash” dorilar deb,odam iste’mol qilganda dorilarning ma’lum dozada aynan shu kasallikni belgilarini hosil qiluvchi dorilar tushuniladi.
Gomeopatiyada ishlatiladigan asosiy dori turlari: kukunlar, essensiyalar, suvli va spirtli ajratmalar, tinkturalar, donachalar, xab dori,blyus, granulalar, tabletkalar, surtmalar, tibbiyot moylari,tibbiyot spirtlari, shamchalar kiradi.
Gomeopatik dori vositalar arsenali bugungi kunda 2000 ta nomlarni tashkil etadi.Lekin qo’llanmalarda 500 ta nomi keltirilgan, ulardan 378 tasi asosiy va 136 tasi qo’shimchalar:
-O’simlik xomashyolari 68% dan ortiq 349 ta nomi;
-Minerallar 25% gacha 128 ta nomi;
-Hayvonlardan olinganlari 7 % gacha 34 ta nomi keltirilgan.
Keltirilgan gomeopatik dori vositalari nomenklaturasi muntazam to’ldirilib, kengaytirilmoqda.Agar qo’llanmada 349 ta o’simlik xomashyolari bo’lsa,ulardan 150 tachasi O’zbekistonda o’sadiganlari, 50 tachasi madaniylashtirilgan.
Davlat reestriga 16% kiritilgan (150 tadan 24 tasi).Demak,o’simlik turlari gomeopatiyasidagi va ofitsional tibbiyotdagi bilan mos kelmaydi.
Quyidagi jadvalda V.Shvabe qo’llanmasiga va XI DF ga, hamda respublikamizda o’sadigan mahalliy o’simlik turlari keltirilgan. Gomeopatik dorilarni o’simlik xomashyolardan tayyorlash uchun aynan ushbu hududda tabiiy ravishda o’sib tarqalgan o’simliklar ishlatiladi:
-butun o’simlik gullagan vaqtda;
-barglar, o’simlik gullashdan oldin;
-gullar, to’la ochilishidan oldin;
-shoxlari, gullashidan oldin;
-mevasi va urug’i, to’la pishganda;
-daraxtni o’rtasini, bahordan oldin kurtagi chiqmasdan;
-o’ti yuqorisidagi kesiladi;
-po’sti:
a) smolali daraxtlardan bargi o’sib bo’lgach;
b) smolasi yo’q daraxtlardan kuzda;
-smolasini sharbati yig’ilganda olinadi;
-ildizi:
a) bir yillik o’simliklarda urug’i pishgandan oldin;
b) ikki yillik o’simliklarda ikkinchi yilda;
c) kuzda ikkinchi yoki uchinchi yilda.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish