O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
"DORIVOR O’SIMLIKLAR AGROEKOLOGIYASI VA INTRODUKSIYASI" KAFEDRASI
«FITOPREPARATLAR TEXNOLOGIYASI» FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: “Gomeopatik suyuq dorilarni olish texnologiyasi va tibbiyotda qo’llanilishi”
Bajardi:
|
"Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi" ta`lim yo`nalishi 4-B guruh talabasi Erimbatova Shahnoza
|
Qabul qildi:
|
Reypnazarov Baxtiyar.
|
|
|
Kurs ishini himoya qilgan sana Komissiya a’zolari:
«___»______2022-yil ________ _______________
(imzosi)
Baho «___»_______ ________ ________________
(imzosi)
Nukus-2022
|
Mundarija
|
|
|
Kirish
|
3-4
|
I
BOB
|
Gomeopatiya davolash tizimining tarixi va rivojlanishi
|
5-6
|
1.1
|
Gomeopatik davolash tizimidagi zamonaviy yo’nalishlar
|
7-8
|
1.2
|
Gomeopatiya prinsiplari, nazariyasi va ta’sir etish mexanizmi
|
9-10
|
II
BOB
|
Gomeopatiya farmakopeyasi
|
11
|
2.1
|
Gomeopatik essensiyalar texnologiyasi
|
15
|
2.2
|
Gomeopatik essensiyalarni bandlar bo’yicha tayyorlash
|
16-17
|
III
BOB
|
Gomeopatik tinkturalar texnologiyasi
|
18
|
3.1
|
Gomeopatik tinkturalarni perkolyatsiya va matseratsiya usuli bo’yicha olish.
|
19
|
3.2
|
Gomeopatik tinkturalarni hayvon to’qimalaridan olish
|
20-21
|
IV
|
Xulosa
|
23-24
|
V
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
26
|
Kirish
Qadim zamonlardan beri turli moddalardan dori turlari ishlatilib kelingan. Ko’p dori turlari ming yillar davomida uzluksiz o’zgarishlarga uchragan.Qadimgi Misrda hozirgi vaqtda qo’llaniladigan ayrim dori turlari (eritmalar,surtma va xab dorilar) ishlatila boshlagan va shu dori turlariga tabiiy holatdagi o’simliklar,hayvon va mineral mahsulotlar aralashtirib qo’llash yo’lga qo’yilgan.O’sha davrning bir qancha olimlari tibbiyot va farmatsiya fanlarining taraqqiy etishiga kata ta’sir ko’rsatganlar.Masalan, qadimgi grek shifokori Gippokrat bemorlarni malxam, xab dori, eritmalar, qaynatmalar va dorivor moddaning aralashmalari bilan davolashgan.K.Galen dorilarni tayyorlash qoidalarini ham tizimlashtirgan. Mashxur sharq faylasufi, shifokor va farmatsevt Ibn Sino farmatsiyaning alohida fan bo’lib, ajralib chiqishiga katta ta’sir ko’rsatgan. Ibn Sino ko’p dori turlari tarkibini yaratgan va takomillashtirgan. Shuningdek, Ibn Sino xab dorilar, sepmalar, o’simlik sharbatlari, sirkada tayyorlangan nastoykalar va boshqalar bilan davolagan.1020-yilda yozilgan Ibn Sinoning “Tibbiyot ilmi qoununlari” 5-kitobida bo’tqalar, qaynatmalar va xab dorilardan murakkab tarkibli dori vositalar keltirilgan.Shunday qilib, alohida o’rinda teryaklarning texnologiyasi keltirilgan bo’ladi.Teryaklar tarkibiga zaxarli kora ilon (gadyuka), opiy va shunga o’xshash 64 ta modda, shuningdek, asal, vinolar qo’shilgan va kulchalar yasalgan.Boshqa sharq olimlari va Beruniyning minerologiya kitobida turli minerallarning davolash xususiyati va xossalari keltirilgan.Mumiyo asil to’g’risida keng ma’lumot berilgan.Ma’lumki, mumiyo hozirgi paytda tan olingan dori modda hisoblanadi.
Xalq tabobati qadimgi Rossiyada tabiblar qo’lida bo’lgan.XI asrdan boshlab turli dori turlari dorixonalarda tayyorlana boshlangan.XIX asrga kelib farmatsiyaning rivojlanishi yo’lga qo’yilgan.Ko’pgina dori turlari:bo’tqa, sirkalar, essensiyalar, eliksirlar tayyorlash jarayoni kashf etilgan.
Hozirgi kunda tibbiyotda an’anaviy davolash usullari bilan bir qatorda noan’anaviy davolash usullari ham keng qo’llanilmoqda. Shu maqsadda, ishlatiladigan gomeopatik, fito-davolash,igna sanchish bilan davolash, gipnoz, suv, havo, lazer va boshqa usullar, kosmetologiya hamda veterinariyada ishlatiladigan dori turlarining rivojlanishi avj olmoqda. Gomeopatiya, pediatrik, geriatrik, yangi tug’ilgan chaqaloqlar va boshqa bir guruxni tashkil qiluvchi, hayvonlar uchun mo’ljallangan dorilarga katta ahamiyat berilmoqda.
Gomeopatik tabobati hozirgi kunda yetarli darajada samarali va xavfsiz davolash usuli bo’lib, ko’plab bemor va shifokorlarning e’tiborini o’ziga tortmoqda.Gomeopatiya ilmiy tibbiyotning o’rnini to’ldirmaydi, balki shu tibbiyotning davomidir.Ko’pgina shifokorlar oddiy medikament bilan gomeopatik davolashni afzal ko’radilar.Gomeopatik davolash o’tkir va surunkali kasalliklarda organizmning tabiiy qarshi kurashuvchanlik kuchi tufayli yaxshi natijalar beradi.Gomepatik davolash-ayniqsa,bolalar uchun samarali,bundan tashqari ko’p siqilish, stressdan kelib chiqadigan kasalliklarni davolashda ahamiyati kattadir.
Bemorning tez orada shifo topishiga sabab, gomeopatlar allopatlardan ko’ra ko’proq bemorning temperamenti bilan bog’liq kasallik belgilariga ahamiyat beradilar.
Ganeman o’zining “Tibbiyot san’ati organoni” deb nomlangan asarida shunday deb yozadi: “Dori moddasining qaysi kasallik bilan bo’lsa ham o’xshashligi uning nafaqat gomeopatligi bilan balki dorining miqdori bilan aniqrog’i uning kam miqdorda qabul qilinishi bilan tushuniladi.
Haqiqiy gomeopatiya qo’llanmalarini tuzuvchilar V.Shvabe gomeopatik farmakopeyasida ko’rsatilgan dori moddalar nomenklaturasiga tayanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |