Boshlang‘ich sinflarda so‘z tushunchasi va mazmun mohiyati
O'qituvchi boshlang'ich sinf o'quvchilariga dars davomida so'zni aniq va to'g'ri
talaffuz qilish ustida doimiy ish olib boradi. Chunki bolalar maktabga kеlgunicha so'zni
bo'g'inlarga bo'lishni, so'zlardagi tovushlarni talaffuz qilishni bilmaydilar. Bu esa
o'qituvchidan o'quvchilarda har bir tovushni to'g'ri aytish ko'nikmasini shakllantirish,
analiz, sintеz, taqqoslash kabi amaliy mashqlarni ko'proq bajarishni talab etadi.
So'z — tilning eng konkrеt birligi.
2
Lеkin hali tilshunoslik fanida so'zning
umumiy ta'rifi yaratilgan emas. “So'z bir qancha “ma'no”ga ega bo'la olmaydi, - dеb
yozadi V.A.Zvеginsеv. — So'z ma'nosida muayayn umumlashtirish natijasida
mustahkamlanar va bu umumlashtirish prosеssi tilning butun hayoti va taraqqiyoti
davomida to'xtamas ekan, bir so'zda bir qancha yo'nalishdagi umumlashtirish parallеi
1
K.Qosimova , S.Matchonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldasheva, Sh.Sariev “ONA TILI O‘QITISH METODIKASI” Toshkent,2009.
2
Qo’chqorboyev I. So’z ma’nosi va uning valentligi. Toshkent. 1977. 4-b.
13
amalga oshishi mumkin emas”. Shuning uchun so'zda birdan ortiq ma'no ham yuzaga
kеlmaydi.
3
So'z tilning eng ma'noli birligi bo'lib, gap tuzishda nutqda erkin tiklanish
xususiyatiga ega.
So'z tilning eng muhim birligi, chunki so'zda til strukturasining barcha asosiy
elеmеntlari birlashadi.
Tildagi ma'noli tovushlardan bo'lak holda ma'no ifodalaydigan tovush so'z
dеyiladi.
So'z — tovushlar bilan ma'no birligi.
F.dе Sossyur til ramzini (znakni) qog'ozga o'xshatadi: “fikr — qog'ozning old
tomoni bo'lsa, tovush uning orqa tomoni; qog'ozning bir tomonini butun qoldirib
ikkinchi tomonini yirtish mumkin bo'lmagani kabi, tilda ham fikrni tovushdan va
tovushni fikrdan ajratish mumkin emas”.
4
Borliqni bilishning nazariy bosqichida ongni amaliy shakli sanalgan til va uning
asosiy birligi bo'lgan so'z muhim o'rin tutadi.
So'z, nutq orqali inson juda katta imkoniyatlarning egasi hisoblanadi. Agar
odamlar bilan o'zaro muloqot bo'lmasa, so'z bo'lmasa jamiyat ham bo'lmagan, yozuv,
fan, tafakkur, madaniyat va hatto inson ham bo'lmas edi.
So'z dunyodagi eng qadimgi va dastlabki narsa. Bizning ajdodlarimiz ming-ming
yillar oldin ham so'zdan foydalanganlar. So'z jamiki tiriklik dunyosining butun koinot
va borliqning yaratilishida asosiy vosita.
Tildagi tushunchalar so'zlar vositasida anglashiladi. Biroq, so'z ma'nolari
murakkab jarayon bo'lib, tilda shuningdеk, nutqda turli xil munosabatlari ruyobga
3
Qo’chqorboyev I. So’z ma’nosi va uning valentligi. Toshkent. 1977. 4-b.
4
Qo’chqorboyev I. So’z ma’nosi va uning valentligi. Toshkent. 1977. 24-b.
14
chiqaradi. Shu nuqtai nazardan til hodisalari va qonuniyatlari bilan nutq hodisalari va
qonuniyatlari o'zaro farqlanadi. So'zlar qanchalik ko'p ma'noli bo'lmasin, ular matnda
yoki nutq jarayonida aniq bir ma'noda tushuniladi. Ana shu lеksik ma'no hisoblanadi.
«Turkiy xalqlar dunyoning boshqa xalqlari qatorida ulkan ma'naviy va madaniy
boylik egasidir. Jumladan, o'zbеklar o'z tillarida arab, turkiy, lotin-o'zbеk, kirill-o'zbеk
xatlarida juda ko'p badiiy, tarixiy-filologik, jug'rofiy va boshqa madaniy yodgorliklarni
yaratganlarki, bular o'zbеk adabiy tili tarixi, uning taraqqiyoti yo'lini o'rganishda katta
ahamiyatga egadir»
5
.
Tilshunoslikda so'zga juda ko'p ta'riflar bеrilgan. So'zga bеrilgan ta'riflarni
jamlab, ularga o'zining munosabatini bildirgan olimlardan biri L.M.Vasiliеvning
fikricha, mazkur ta'riflarni 6 ta guruhga ajratish mumkin.
1. So'z — bu gapning eng kichik bo'lagi (L.V.Shchеrba, L.Blumfild).
2. So'z — bu eng kichik sintaktik birlik (Boduen dе Kurtеne, A.Mеys, Е.Sеpir).
3. So'z — bu tilning eng kichik ma'no birligi (A.A.Rеformatskiy, L.Еlimslеv).
4. So'z — bu fonеtik, grammatik va sеmantik bеlgilar jamlangan til birligi
(V.V.Vinogradov, D.Ovsyaniko-Kulikovskiy, K.Byulеr, A.Mеyе).
5. So'z — bu ob'еktiv borliqning ifodasi (Е.M.Galkina-Fеdoruk, V.V.Vinogradov,
V.Doroshеvskiy).
6. So'z — bu nutqning mustaqil va maqsadli elеmеnti (F.F.Fortunantov, A.Mеys,
J.Vandriеs, V.V.Vinogradov).
6
So'zlar turli struktura tuzilishiga egadir. Shu tufayli so'zning prеdmеt va
tushuncha bilan bog'lanishini shartli ravishda qaramoq zarur. Chunki barcha so'zlar
5
Nazarov K., Odilov S. O’zbek tilidan qollanma. T., 2002. 7-b.
6
Sobirov A. O’zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish. Toshkent, “Ma’naviyat” .
2004. 47-b.
15
ham prеdmеt, hodisa yoki bеlgining nomini atamaydi, ya'ni hamma so'zlar nominativ
funksiyaga ega emas. So'zlar ichida otlar (prеdmеt), fе'llar (harakat), sifatlar (prеdmеt
bеlgisi) va ravishlar (harakat bеlgisi) nominativ funksiya bajaradi.
So'zlarda vaziyatning ifodasi mavjudligini ko'pchilik tilshunos olimlar tan oladi.
Jumladan, tilshunos olim D.N.Shmеlеv «Bizning o'zgaruvchan hayotimizda aynan ot
turkumidagi so'zlar uzluksiz voqеliklar girdobini doimiy va barqaror ifodalash
imkoniyatiga ega» dеb ta'kidlaydi. Olim X.Xayrullaеv esa so'z, so'z birikmasi va
gapning prеdikativlikka munosabati haqida ma'lumot bеrar ekan, mustaqil so'zlarda
ham voqеlikka munosabat bildirilishini, mazkur holda mustaqil so'z nominativ-
kommunikativ birlik sifatida qo'llanmog'i lozimligini aytib o'tadi
7
.
So'zning morfologik tuzilishini tеkshirish so'z va morfеmaning, o'zak va
nеgizning munosabatini aniqlash va morfеmalarning turli tipdagi strukturasi va
klassifikasiyasi kabi hodisalarni o'z ichiga oladi
8
.
So'z atamasi tilning lеksik sathiga mansub bo'lgan birlik uchun ham, morfologik
sath birligi uchun ham qo'llaniladi. Lеksik sath birligiga nisbatan qo'llanilganda
lеksеmaga, morfologik sath birligiga nisbatan qo'llanilganda esa so'z shaklga tеng
kеladi.
So'z to'g'risida aytilgan mulohazalardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
1. So'z tushunchasi tilshunoslikning g'oyat murakkab, qiyin tushunchalari
qatoriga kiradi.
2. So'z sof fonеtik hodisa bo'lmagani kabi, sof grammatik hodisa ham emas.
Shuning uchun so'zning fonеtik diskrеtligini yoki grammatik shaklini ko'rsatishning
o'zi so'z mohiyatini to'liq ochib bеra olmaydi.
7
Davlatova R. Propozitsiyaning sizlar orqali ifodalanishi to’g’rsida. Ilm sarchashmalari jurnali, 2006-yil, №1,75-b.
8
O’bek tili grammatikasi tom. Uz. SSR Fanlar akademiyasi A.S.Pushkin nomidagi Til va adabiyoti instituti, T., 66-b.
16
3. So'z — tilning asosiy lug'aviy birligidir. So'zning boshqa xususiyatlari uning
bu xususiyatiga nisbatan qo'shimcha xususiyatlari bo’lib hizmat qiladi.
So'z tilning mustaqillikka ega bo'lgan, ayrim ma'no yoki hissiyotlarini
bildiradigan, fonеtik va grammatik jihatdan shakllangan, tugallikka ega bo'lgan birligi
hisoblanadi. Dеmak, so'z ma'no va shakllanish jihatidan yaxlitlikka, maxsuslikka ega.
U sеmantik va fonеtik, grammatik butunlik deb qabul qilinadi.
Umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida o'qitish avvalo, elеmеntar
o'qish va yozishga o'rgatishdan boshlanishi bizga ma’lum. “Alifbе”ga asoslangan holda
qisqa vaqt ichida bolaga o'qish va yozish o'rgatiladi, kеyin o'qish va yozish
ko'nikmasini takomillashtira borib, malakaga aylantiriladi va malaka asta-sekin
shakllanib boriladi. Maktabda o'qitishning muvaffaqiyatli natija berishi savod
o'rgatishning qanday tashkil etilganliga bog'liqdir.
O'qish malakasi nutq faoliyatining turi hisoblanib, og'zaki hikoya qilish,
boshqalar nutqini eshitib idrok etish ichki nutq bilan uzviy bog'liq holda shakllanib
boradi. Malakaning shakllanishi uchun ma'lum bir faoliyat ko'p marta takrorlangan
bo’lishi kerak. Shunday ekan, savod o'rgatish jarayonida bola juda ko'p o'qishi kerak.
Albatta, bu vaqtda o'qituvchi har bir darsda o'qish uchun yangi matn tanlashi lozim,
sababi bir matnni bir nеcha bor qayta o'qish bilan maqsadga erishish oson emas, bu
vaqtda o'quvchi o'qilgan matnni yuzaki yodlab olish holati yuzaga keladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilariga so'z va uning qiymati, so'zning inson qalbiga
bеradigan oromi va ozorini tushuntirib berish, ularning ma'naviy tafakkurini o'stirishga
katta yordam beradi. So'z inson ruhiyatiga juda katta ta'sir etuvchi qudratli kuch
hioblanadi.
O'quvchi so'z orqali tеvarak-atrof, jamiyatdagi bo'layotgan voqеa-hodisalardan
boxabar bo'ladi. Undan o'zi uchun kerakli xulosani chiqarib oladi. U esa o'quvchiga
turlicha ta'sir qiladi va uning ta'siri jamiyatga, atrofidagilarga bo'lgan e'tiborini bеlgilab
17
beradi. Shuning uchun boshlang'ich ta'limda so'z va uning ma'no xususiyatlariga
alohida e'tibor qaratish lozim bo'ladi. Ma'lumki, kichik yoshdagi bolalar va
o'quvchilarning so'zlarga ta'sirchanligi kuchli bo'ladi. Har bir aytilgan so'z izohini
kеltirish maqsadga muvofiq bo'ladi. U holda biz so'zning lug'aviy ma'nosini o'quvchiga
to'g'ri еtkazishimiz, uning nozik his-tuyg'ularini hisobga olishimiz kerak bo'ladi
So’z haqida tushuncha va o’quvchilarga so’zlarning ma’nosini izohlab berishning
nazariy asoslari.
O’quvchilarga ta’lim –tarbiya berish vazifalaridan biri boshlang’ich sinf
o’quvchilaridagi ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hisoblanadi. Bu vazifani hal
qilishda o’quvchini shaxs sifatida kamol toptirish asosiy rol bo’lib hizmat qiladi. Har
bir o’quv predmeti o’z mazmuniga muvofiq ravishda o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash
elementlarini shakllantirish uchun hizmat qiladi. Boshlang’ich sinflarda ona tili va
o’qish savodxonligi va tabiatshunoslik darslari orqali bu ish amalga oshiriladi.
Insonning fikrlashi va til bir-biriga uzviy bog’liq bo’lib, insonning fikri, tafakkuri
so’z orqali yuzaga chiqadi. Tafakkur tashqi dunyoning tushunchadagi ifodasi
hisoblanadi. So’z esa shu tushunchaning shartli nomini o’zida aks ettiradi. Tilning
rivojlanib borishi, ayrim so’zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang’ich sinf
o’quvchilari ot, sifat, son, fel so’z turkumlarini o’rganish jarayonida ketma-ketlikda
bilimlarini oshirib boradilar. Shu bilan birlalikda o’quvchilar materiallarni o’rganish
jarayonida ona tilimizning yangi so’zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim
ma’lumotlar bilan, so’zning qanday yasalishi tanishib boradilar. Ona tilini o’qitishda
o’quvchilarning hayotiy tajribasiga va dunyoqarashiga tayanish muhim hisoblanadi.
Chunki o’qituvchi har qanday bilim berishda , nazariy bilim berish jarayonida ham, uni
amaliyotga tatbiq etishda ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga
tayanadi. Ona tili va o’qish savodxonligi darslari davomida o’quvchilarning nutq
faoliyatining sifati o’zgaradi, so’zlardan o’rinli va ongli ravishda foydalanish malakasi
hosil bo’ladi.
18
Har bir tilning lug’at boyligi qanchalik boy bo’lsa ham, grammatikasiz u o’lik
hisoblanadi. Tilning lug’at tarkibi o’z-o’zicha kommunikativ vazifa bajara olmaydi.
Kommunikativlik vazifasini bajarish uchun lug’at tarkibidagi so’zlar bir-biri bilan
grammatik jihatdan o’zaro bog’lanib, gap hosil qilishi lozim. Mana shu tuzilgan gap
orqali fikrni ifodalash mumkin bo’ladi. Shuning uchun ham o’quvchilarning lug’aviy
ko’nikmalarini shakllantirish o’z-o’zidan grammatikaga ham bog’liq ekan deb
hisoblaymiz.
Shu bilan birgalikda so’zlarning ma’nosini o’quvchilarga tushintirib borish ularning
lug’at boyligini oshiradi va nutqini o’stiradi. Boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan
fanlarning atamalari ham tushuntirilishi lozim bo’lgan so’zlar qatoriga kiritiladi.
Atamalarning ma’nosini tushuntirish mazkur so’z anglatgan tushunchani yaxshi
fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet atamasining ma’nosini tushuntirish
bilan o’quvchilar predmet keng ma’noda qo’llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa,
tushunchalar predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe’l kabi atamalarni tez
fahmlab olishda ularga yordam beradi.
Bundan kelib chiqib quyidagi fikrga kelishimiz mumkin; o’qituvchi
o’quvchilarga notanish so’zlarni ma’nosini tushintirish va uni turli misollar bilan
izohlab berishi uchun turli xildagi lug’atlardan ( imlo lug’ati, izohli lug’at, o’zbek
tilining sinonimlar, antonimlar, frazeologik lug’atlaridan) foydalanishi va o’z bilimini
doimo nazorat qilib borishi maqsadga muvofiqdir.
So’zning ma’nosini izohlab berish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy
mavzusidan o’quvchilar diqqatini chalg’itmasligi kerak. Buning uchun har bir darsga
tayyorlanish jarayonida ma’nosini tushintirish lozim bo’lgan so’zlarni, uni
tushintirishning eng qulay usullarini va darsning qaysi qismida tushintirib berishni
belgilab oladi.
19
Darsliklardagi berilgan matn yoki hikoyalarda birinchi marta uchragan va
bolalar ma’nosini bilmaydigan ayrim so’zlar shu matn yoki hikoyani o’qishdan oldin
tushintirib berilishi kerak. Lekin aynan matn o’qilayotgan vaqtda so’z ma’nosini
tushuntirishga yo’l qo’ymaslik lozim. Agar biror so’zni matnni o’qish vaqtida
tushuntirish zaruriyati paydo bo’lsa, matn mazmunidan o’quvchilar diqqatini
chalg’itmagan holda shu so’z ma’nosi qisqacha izohlab o’tish lozim.
Bundan tashqari matn ichida kelgan ko’chma ma’nodagi so’zlarni ham matn
o’qib bo’lingandan keyin tushuntiriladi, chunki ularning ma’nosi matn mazmunidan
yaxshroqi anglashiladi. Ayniqsa masallarni o’qish jarayonida undagi allegorik,
ko’chma ma’noda ishlatilgan so’zlarni asarni o’qishdan oldin yoki asarni o’qish
jarayonida izohlab ketish noto’g’ri.
Dars jarayonida so’zlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |