1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MAGISTRATURA BO`LIMI
70110501-TA`LIM VA TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI
(BOSHLANG`ICH TA`LIM) MUTAXASSISLIGI
1-KURS MAGISTRANTI
BERDALIYEVA MALOXATXONNING
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING LUG‘AVIY
KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI
MAVZUSIDA TAYYORLANGAN
FARG`ONA-2022
2
Mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘aviy ko‘nikmalarini
shakllantirish mexanizmlari.
Mundarija
KIRISH
……………………………………………………………………………..3
1.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘at ustida ishlash jarayonida lug‘aviy
ko‘nikmalarini
shakllantirishning nazariy asoslari…………………………..5
2.
Boshlang‘ich sinflarda so‘z tushunchasi va mazmun mohiyati……………...13
3.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga
ko‘ra turlari haqida ilk tushunchalar berishning ahamiyati………………….26
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
3
Kirish
Mazkur ishda boshlang’ich sinf o’quvchilarining so’z haqidagi tushunchalari,
gapdagi so’zlarni bir-biriga qanday bog’lanishi, til qobiliyatining psixofiziologik
xususiyatlari, tuzilishi, murakkabligi va uning asosiy tarkibiy qismlarini yetarli
darajada bilmaslik kabi muommolar ko’rib chiqiladi.
Ma’lumki, boshlang‘ich sinflar ona tili va o‘qish darslari oldiga umumiy va
maxsus didaktik talablar qo‘yilgan. Darsga tayyorgarlik ko‘rishda o‘qituvchi ana shu
ko‘rsatmalarni, shuningdek, Davlat ta’lim standartida belgilangan ko‘nikma va
malakalarni
2
hisobga olgan holda savod o‘rgatish va yozuv darslari, o‘qish va ona tili
darslari oldiga qo‘yilgan talablarga javob berishi lozim. Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim
uzluksiz ta’lim tizimining murakkab, o‘ziga xos, shu bilan birga, mustaqil va majburiy
tarkibiy qismi hisoblanadi. Ta’lim tizimining har bir bosqichi kabi boshlang‘ich ta’lim
DTS ta’lim mazmuni negizini, o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini hamda o‘quvchilar tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarni o‘zida
ifodalaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini DTS talablari darajasida tarbiyalash,
bo‘lajak o‘qituvchilarni «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablari asosida etuk
mutaxassis qilib tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi
3
.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining deyarli barchasida yangi matnlar ustida
ish olib boriladi. Hikoya, ertak, she’r, masal va ilmiy-ommabop maqolalar ustida
ishlashda o‘ziga xos tartib-tizim bo‘lgani holda, har bir mashg‘ulotda o‘quvchilarning
ongli, to‘g‘ri, ifodali, tez va ichdan o‘qish malakalarini shakllantirish uchun muayyan
usullar qo‘llanib, ularga xos ishlar mashqqa aylanib boradi.
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga olsak, aynan shu davrda
uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘ladi
4
.
2
Qosimova K. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish mеtodikasi. T. O`qituvchi, 1985. 171-b.
3
O`zbеkiston Rеspublikasi Davlat ta'lim standarti. «Boshlang`ich ta'lim» jurnali, 1999. № 6
4
I.Karimov. “Yuksak Ma’naviyat – yengilmas kuch”. Toshkent. “Ma’naviyat”, 2008, 59-b.
4
Bola ko‘rganlarini so‘z bilan ifodalay olsin, rasmda tasvirlay olsin, qo‘shiq qilib
kuylay olsin. Shular ta’sirida uning ongi, tafakkuri rivojlanadi, lug‘ati boyib, nutqi
o‘sadi.
Aqliy faoliyatni rivojlantirishda yod olish esda saqlash, xotira va diqqatni
barqarorlashtiradi. SHuning uchun bola maktabga kelguncha 10-15 ta she’r, topishmoq,
maqol, tez aytishlarni yoddan bilishi maqsadga muvofiq.
Bola ongining rivojlanishida boshlang‘ich ta’lim eng muhim vosita hisoblanadi.
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchidan pedagogik, psixologik jihatdan juda e’tiborli
bo‘lishni talab etadi. SHuning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘z ustida
tinmay ishlashi, izlanishi, yangi-yangi uslublarni qo‘llab, o‘quvchilarni qiziqtira
bilishlari kerak.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchida eng avvalo, o‘qish o‘rganish istagi va
ko‘nikmasi hosil bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchini qiziqishlari va
intilishlarini hisobga olgan holda unga yangidan yangi ma’lumotlarni taqdim etishi
taqozo etiladi.
O‘qish va ona tili umumiy o‘rta ta’limning asosiy fanlar sirasiga kiradi. Negaki,
o‘quvchi o‘z fikrini bayon qilish uchun o‘qish darsini, uni yozma shaklda ifoda etish
uchun ona tilini bilishi shart. Zero, Prezidentimiz “YUksak ma’naviyat – engilmas
kuch” asarida ta’kidlaganidek,
Do'stlaringiz bilan baham: |