“... o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning
ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi”
8
.
Boshlang‘ich ta’limda ona tilining vazifasi bolaning nutqiy ko‘nikmalarni norma
asosida shakllantirishdan iboratdir. Buning uchun bolada fikrni ifodalash malakasini
oshirish, lug‘aviy birliklar zahirasini ko‘paytirib borish, so‘zlarni o‘zaro biriktirish, gap
tuzishga o‘rgatish va shu bilan birga, o‘z fikrini yozma shaklda to‘g‘ri yozishga
o‘rgatishdan iborat bo‘ladi.
8
I.Karimov. “Yuksak Ma’naviyat – yengilmas kuch”. Toshkent. “Ma’naviyat”, 2008, 83-b.
5
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘at ustida ishlash jarayonida lug‘aviy
ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy asoslari
So’z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligi hisoblanadi. Gapdagi so’z va so’z
birikmaslari aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalab keladi. Tilda
mavjud bo’lgan barcha so’z va iboralarning yig’indisini birlashtirib
lug’at tarkibi
yoki
leksika
deb atash maqsadga muvofiqdir. Leksikologiya o’zbek tilining lug’at tarkibini
o’rganadigan bo’lim hisoblanadi. Leksikologiya lug’at tarkibidagi so’zlarning nutqda
ma’no ifodalash xususiyati, qo’llanish faolligi, boyib borishi, ba’zi so’zlarning eskirib,
iste’moldan chiqib ketishi, ma’no ko’chish hodisasi kabilarni o’rganadi. Aynan shuning
uchun ham leksikologiya lug’at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi bo’lib
hizmat qiladi.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o’zaro bog’langan, mazmunga mos
so’z va so’z birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Insonning
so’z boyligi qanchalik boy va rivojlangan bo’lsa, uning nutqi ham shunchalik boy
bo’ladi; o’z fikrini aniq va ifodali bayon etishi uchun imkoniyat yaratiladi. Shu sababli
lug’atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli
o’stirishning muhim sharti bo’lib hizmat qiladi.
Hozirgi o’zbek adabiy tili juda katta lug’at boyligiga egadir. Besh jildlik «O’zbek
tilining izohli lug’ati» da 80000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi berilgan bo’lib, bular
umumiy qo’llaniladiganlaridir. Bunga o’zbek tilida nashr etilgan turli terminologik
lug’atlarda, o’zbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik lug’atlarida va turli izohli
lug’atlarda berilgan so’zlar qo’shilsa, lug’at boyligi yana ming-minglab oshadi.
Bulardan tashqari, juda ko’p so’zlar ko’p ma’noni bildirishi ham bizga ma’lum.
Masalan, izohli lug’atda birgina bosh so’zining 40 dan ortiq asosiy va frazeologizm
bilan bog’langan ma’noda ishlatilishini ko’rishimiz mumkin
6
Boshlang’ich sinflarda dars jarayonida nutq o’stirishning muhim vazifalaridan
biri lug’at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo’nalishlarini
ajratish va asoslash, o’quvchilarning lug’atini boyitish jarayonini boshqarish
hisoblanadi.
Boshlang’ich sinflarda lug’at ustida ishlash metodikasi to’rt asosiy yo’nalishni
o’z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |