1. Narsalarning mavzuga tegishli guruhini tuzish:
ust kiyimlar (
ko’ylak,
kostyum,
. . .) va oyoq kiyimlar
(botinka, tufli, .. )
; uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar
kabi. Bunda bolalar
«Bu nima?»
so’rog’iga javob berishga o’rgatiladi:
Bu n i m a?
-
Avtobus. Avtobus nima? - Mashina.
2
. Bir turdagi narsalarni sanab ko’rsatish va umumlashtiruvchi bir so’z bilan
nomlash.
Masalan,
stol, stul, shkaf
larni bir so’z bilan qanday nomlash mumkin?
(Mebelь)
3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish.
Masalan,
qalam, pero, chizg’ich, o’chirg’ich, stul
ko’rsatiladi, o’quvchilar o’quv qurollarini
ajratadilar,
stul
o’quv quroliga kirmasligini, mebel ekanini aytib o’tadilar.
Bunday mashq o’yin tariqasida o’tkazilishi ham mumkin: ma’lum so’zlar berilib,
ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanini tushuntirish talabi qo’yiladi:
qaldirg’och, chumchuq, mushuk, musicha.
4. Predmet nomlari va belgi bildirgan so’zlarni guruhlarga ajratish.
Bunda
so’zlar
choynak, tesha, bolta, piyola, arra, tarelka
kabi aralash beriladi. O’quvchilar
guruhlab,
idishlar nomi: choynak, piyola, ... ; ish qurollari nomi: tesha, bolta, ...
kabi
yozadilar. Narsa belgisini bildirgan so’zlar ham aralash beriladi, bolalar to’rt guruhga
(rang, maza, shakl, xususiyat) ajratadilar.
5. Qarama-qarshi qo’yish bilan umumlashtirish:
qaldirg’och, chumchuq, bulbul
− qushlar,
tovuq, xo’roz, kurkalar-chi? (Parrandalar.)
31
Mantiqiy mashqlar sermazmun bo’lishi, o’quvchilarning tajribasi bilan
bog’lanishi, ularni to’g’ri fikrlashga o’rgatishi, bilimlariga aniqlik kiritishi va tartibga
solishga xizmat qilishi lozim. Bunday mashqlardan o’rni bilan boshqa darslarda ham,
o’qish va grammatika darslarida ham foydalaniladi
13
.
XULOSA
Mazkur ishda boshlang’ich sinf o’quvchilarining so’z va uning mazmuni,
o’quvchilarning lug’aviy ko’nikmalari, o’quvchilar bilan lug’at ustida ishlash
metodlari, tildagi so’zlarning ma’no va shakl munosabatiga ko’ra turlari haqida
o’quvchilarga ma’lumot berish va ularning bilimini oshirish maqsad qilib qo’yilgan.
O’quvchi so’z orqali tevarak-atrof, jamiyatdagi bo’layotgan voqea-hodisalardan
xabardor bo’ladi. Undan o’ziga xulosa chiqaradi. Bu esa o’quvchiga turlicha ta’sir
qiladi va uning ta’siri jamiyatga, atrofdagilarga bo’lgan e’tiborini belgilaydi. Shuning
uchun ham boshlang’ich ta’limda so’z va uning so’z va uning ma’no xususiyatlariga
alohida e’tibor berish kerak bo’ladi. Bizga ma’lumki, kichik maktab yoshidagi
o’quvchilarning so’zlarga ta’sirchanligi kuchli bo’ladi. Har bir aytilgan so’z izohini
o’quvchilarga ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi. Aynan shu holatda bir
so’zning lug’aviy ma’nosini o’quvchilarga to’g’ri yetkazishimiz, ularning
dunyoqarashini hisobga olishimiz lozim bo’ladi.
“So’z” mavzusi o’tilayotganda o’quvchilar tomonidan so’zning talaffuzi, leksik
ma’nosi, morfologik tarkibi, grammatik belgilari, yasalishi, nutqda ishlatilishi va
yozilishini yaxlit tushunishga asosiy diqqat qaratiladi. Bunda o’qituvchi so’zning nom
bo’lib xizmat qilishini ham, morfemik tarkibi va leksik ma’nosining bir-biriga ta’sirini
ham o’quvchilarning tushunib olishlariga erishishi lozim.
13
K.Qosimova , S.Matchonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldasheva, Sh.Sariev “ONA TILI O‘QITISH METODIKASI”
Toshkent,2009. 189-190-b.
32
Maktabda tilning barcha tomonlarini bir-biri bilan bog’liq holda o’rganish ona
tilini o’rgatishning yetakchi metodik tamoyili hisoblanadi. Buni amalga oshirish til
o’suvchan, bir-biriga o’zaro ta’sir etadigan tomonlari mavjud bo’lgan murakkab hodisa
ekanini tushuntirishda ilmiy asos hisoblanadi.
33
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent,1998.
2.
I. Karimov . Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent, Ma’naviyat,
2008.
3.
K.Qosimova , S.Matchonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldasheva, Sh.Sariev “ONA
TILI O‘QITISH METODIKASI” Toshkent,2009.
4.
Ysupova Sh. Hozirgi o’zbek adabiy tili darslarida o’quvchilar tafakkurini
o’stirishning falsafiy asoslari. Toshkent. 2004.
5.
O’bek tili grammatikasi tom. Uz. SSR Fanlar akademiyasi A.S.Pushkin
nomidagi Til va adabiyoti instituti, T.,
6.
Sobirov A. O’zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida
tadqiq etish. Toshkent, “Ma’naviyat” . 2004.
7.
Davlatova R. Propozitsiyaning sizlar orqali ifodalanishi to’g’rsida. Ilm
sarchashmalari jurnali, 2006-yil, №1.
8.
Qo’chqorboyev I. So’z ma’nosi va uning valentligi. Toshkent. 1977.
9.
Nazarov K., Odilov S. O’zbek tilidan qollanma. T., 2002. .
10.
A. G‘ulomov. Ona tili o’qitish printsiplari va metodlari. T.: O’qituvchi, 1992.
11.
B. Maqulova, S. Matchon. Kitobim-oftobim (2-sinf uchun sinfdan tashqari
o’qish kitobi). T.: O’qituvchi, 2000.
12.
Boshlang’ich maktab darsliklarini yaratish mezonlari / Tuzuvchilar: Q.
Abdullaeva, M. Ochilov, K. Nazarov, S. Fuzailov, N. Bikboeva. T.: 1994.
13.
J. G’. Yo’ldoshev, S. A. Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. T.:
O’qituvchi, 2004.
14.
K. Qosimova, A. Ne’matova. 2-sinfda ona tili darslari. T.: CHo’lpon, 2004.
15.
M. Xudoyberganova, M. Muxtorova. 3-sinfda ona tili darslari. T.: O’qituvchi,
2005.
34
16.
R. Safarova. Nutqiy ko’nikmalarni tekshirish asoslari. //Boshl. ta’l. jurnali.
Toshkent, 1997.
17.
S. Matchonov, X. G’ulomova. Nutq madaniyati. //Boshl. ta’l. Jurnali.Toshkent,
2000.
18.
K. Qosimova. Boshlang’ich sinflarda imlosi qiyin so’zlarni o’rgatish. T.: 1964.
Do'stlaringiz bilan baham: |