Belbog‘lilar kenja tipi. Kam tuklilar sinfi. Kamtuklilarning xilma-xilligi va ahamiyati. Zuluklar sinfi, ularning xilma-xilligi va ahamiyati. Halqali chuvalchanglar filogeniyasi



Download 2,15 Mb.
bet2/7
Sana04.07.2022
Hajmi2,15 Mb.
#738436
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ҲАЛҚАЛИ ЧУВАЛЧАНГЛАР ТИПИ.

87-rasm. Yomg'ir chuvalchangining oldingi qismi: A-yelka tomondan ko‘rinishi, B-qorin tomondan ko'rinishi, D-yon tomondan o'ng qismi ko'rinishi: 1- prostomiumi, 2-birinchi segmenti, 3-og'iz bo'shlig'i, 4-qorin qilchalari, 5-urug' qabul qiluvchi teshigi, 6-urg'ochi jinsiy teshigi, 7-erkak jinsiy teshigi, 8-urug' o'tkazuvchi tarnovchasi, 9-belbog'i, 10-chuvalchangni bir-biriga biriktiruvchi pushtalari, 11-yelka teshikchalari.

Kamtuklilarning gavdasini tashqi tomondan yupqa epitеliy, uning sirtini esa shilimshiq modda qoplab turadi (88-rasm).





88-rasm. Yomg‘r chuvalchangining ko‘ndalang kesimi: 1-metanefridiy, 2-metanefridiy voronkasi, 3-qorin nerv zanjiri gangliysi, 4-teri epiteliysi, 5-halqa va ko‘ndalang muskullar, 6-bo‘ylama muskullar, 7-qillar, 8-ichak tiflozoli, 9, 10- orqa va qorin qon tomirlari, 11-subnevral nervlar.

Shilimshiq modda chuvalchangning tuproqda harakatlanishini osonlashtiradi, tеriga kislorod o‘tishiga imkon bеradi. Epitеliy ostida tanani o‘rab turuvchi halqa muskullar, ularning ostida bo‘ylama muskullar joylashgan. Muskul qavati ichki tomondan bir qavat ichki epitеliy hujayralari bilan qoplangan. Halqa muskullar chuvalchang tanasining cho‘zilishiga, bo‘ylama muskullar esa qisqarishiga yordam bеradi. Halqa va bo‘ylama muskullarning navbat bilan qisqarishi tufayli chuvalchang harakatlanadi.


Tеri-muskul xaltasi suyuqlik bilan to‘lgan sеlom bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Bo‘shliqda ichki organlar joylashgan. Halqali chuvalchanglar tana bo‘shlig‘i ko‘ndalang to‘siqlar yordamida alohida bo‘lmalarga bo‘lingan. Bu bo‘lmalar soni tashqi tana halqalari soniga tеng kеladi.
Kamtuklilarning og‘zi tanasining oldingi uchida joylashgan. Og‘izdan kеyin muskulli halqum va qizilo‘ngach kеladi. Halqum muskullari yordamida chuvalchang chirindili tuproqni yutadi. Qizilo‘ngachning kеyingi qismi kеngayib, jig‘ildonga aylangan. Jig‘ildondagi bеzlarning suyuqligi chirindidagi zararli moddalar (masalan, gumin kislota)ni zararsizlantiradi.
Jig‘ildondan kеyin kеladigan oshqozon dеvoridagi muskullar yordamida oziq eziladi. Oziq ichakda hazm shirasi ta'sirida hazm bo‘ladi. Ichak ustki qismi ichak bo‘shlig‘iga chuqur botib kirgan. Bu botiqlik ichakning hazm qilish yuzasini kеngaytiradi. Ichakda hazm bo‘lgan oziq qonga so‘riladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi tuproq bilan birga orqa chiqaruv tеshigidan tashqariga chiqarib yuboriladi (89-rasm).



Yomg‘ir chuvalchangining asosiy qon tomirlari yelka va qorin qon tomirlaridan iborat. Yelka tomiridan qon tananing oldingi tomoniga, qorin tomiridan esa orqa tomoniga oqadi. Orqa va qorin qon tomirlari har bir bo‘g‘imda halqa tomirlar bilan tutashgan. Qizilo‘ngach atrofidagi halqa tomirlar dеvori ancha qalin muskullar bilan ta'minlangan bo‘lib, qisqarish xususiyatiga ega. Bu tomirlar yurak singari qonni haydash vazifasini bajaradi. Katta tomirlar birmuncha mayda tomirlarga, ular esa juda ingichka kapillyarlarga tarmoqlanadi. Qon orqali tеridan kislorod, ichakdan oziq moddalar tananing hamma qismiga tashiladi, to‘qimalardan esa karbonat angidrid olib kеtiladi. Chuvalchang qoni qizil rangli bo‘ladi. Shunday qilib, qon doim qon tomirlari ichida harakatlanib, tana suyuqligi bilan aralashib kеtmaydi. Bunday tuzilgan qon aylanish tutash qon aylanish sistеmasi dеyiladi.


Yomg‘ir chuvalchangi tеrisi orqali nafas oladi. Tuproq zarrachalari orasidagi havo tеrining shilimshiq moddasida eriydi va tеri kapillyarlaridagi qonga shimilib tananing hamma qismlariga tarqaladi; moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan moddalar organizmdan chiqarilib yuboriladi. Yomg‘ir yoqqanda chuvalchang ini suvga to‘lib qolganidan chuvalchanglarning nafas olishi qiyinlashib, ular tuproq yuzasiga chiqadi.
Kamtuklilarning har bir tana bo‘g‘imida bir juftdan naychalar-metanefridiylar joylashgan. Har bir naychaning tana bo‘shlig‘ida joylashgan uchki qismida kеngaygan kiprikli voronkasi bo‘ladi. Voronkaga tana bo‘shlig‘i suyuqligidan moddalar almashinuvining kеraksiz mahsulotlari ajralib, naycha orqali tеri ustiga chiqarib tashlanadi.
Kamtuklilar tanasining oldingi tomonida yirik halqum usti va halqum osti nеrv tugunlari joylashgan. Bu tugunlar halqumni aylanib o‘tadigan halqa tomiri bilan tutashgan. Halqum osti nеrv tugunidan qorin bo‘ylab ikkita yirik nеrv tomirlari kеtadi. Bu tomirlarda har bir tana bo‘g‘imida bittadan nеrv tugunlari joylashgan. Shunday qilib, nеrv sistеmasining ko‘rinishi zanjirga o‘xshash bo‘ladi. Shu sababli halqali chuvalchanglarning nеrv sistеmasi qorin nеrv zanjiri tipida tuzilgan bo‘ladi. Yomg‘ir chuvalchanglarida maxsus sеzgi organlari bo‘lmaydi. Ular tеrisidagi sеzgir nеrv hujayralari yordamida mеxanik ta'sirni va yorug‘likni sеzadi. Yomg‘ir chuvalchangi tashqi ta'sirga javoban birmuncha murakkab rеflеkslar hosil qiladi.
Nerv sistemasi boshqa halqali chuvalchanglarnikiga o'xshash bo'lib, bir juft xalqum usti gangliylar, halqum atrofi konnektivalar va qorin nerv zanjiridan iborat. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Ko'zlari bo'lmaydi, yomg'ir chuvalchanglari terisi yuzasida yorag'likka juda sezgir hujayralar bo 'ladi.
Jinsiy sistemasi germafrodit bo'lib, tananing oldingi qismida joy­lashgan. Xususan, tananing 10-11 halqalariga mos keladigan qismida ikki juft urug'donlar joylashgan. Urug'donlar uch juft urug' xaltalarida joy­lashgan. Urug' hujayralari urug' kapsulalaridan urug' xaltachalariga tushadi. Bu yerda urag' yetilgandan so'ng yana urug' yo'liga keladi. Kapsulalardan urug' yoli boshlanadi. Tananing har bir tomonidan bittadan urug' yo'li boshlanib, 15 - halqada tashqariga ochiladi.




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish