Halqali chuvalchanglarning kеlib chiqishi. Halqali chuvalchanglarda tuklarning bo‘lishi, troxofora lichinkasi tuzilishining yassi chuvalchanglar tipiga kiruvchi kiprikli chuvalchanglar lichinkasiga o‘xshashligi, ularni filogеnеtik jihatdan yassi chuvalchanglar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Halqali chuvalchanglar orasida ko‘ptuklilar markaziy o‘rinni egallaydi. Chuchuk suv ko‘ptuklilaridan balchiqda va tuproqda yashashga moslashishi tufayli kamtuklilar kеlib chiqqan. Kamtuklilarning bundan kеyingi evolyutsiyasi zuluklarning paydo bo‘lishiga olib kеlgan. Chuchuk suvda va tuproqda yashashga o‘tish bilan mеtamorfoz ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |