Ёмғир чувалчангини копуляции жараёни
Urg'ochilik jinsiy bezlari tanasining 13 va 14-halqalarida joylashgan mayda tuxumdonlar, ulardan boshlanadigan tuxum yo'llari va 9-10-halqalarda joylashgan urug' qabul qilgichdan iborat. Funksional jihatdan belbog'chadagi bir hujayrali bezlarni ham urg'ochilik jinsiy sistemasiga kiritish mumkin. Chunki bu bezlar ishlab chiqadigan suyuqlik pilla hosil qiladi. Suyuqlik tarkibidagi oqsil modda esa rivojlanayotgan embrion uchun oziq bo'ladi.
Kamtuklilarda urug‘lanish ikki chuvalchang o'rtasida urug' hujayralar almashinishidan iborat. Buning uchun ikkita yomg'ir chuvalchangi qorin tomoni bilan bnr-biriga yaqin keladi, ularning bosh tomoni bir-biriga qaragan bo'ladi. Chuvalchanglar belbog'chasi ishlab chiqargan shilimshiq modda, ular har qaysisi tanasini mufta shaklida o'rab oladi. Chuvalchanglardan birining erkaklik teshigidan ajralib chiqadigan urug' hujayralar maxsus tarnovcha orqali ikkinchi chuvalchang muftachasiga, undan uning urug' qabul qilgichiga o'tadi. Shundan so'ng chuvalchanglar ajralib ketishadi. Muftachalar esa chuvalchang harakatlanishi tufayli uning bosh tomoniga qarab siljiy boshlaydi. Muftacha bosh tomonga siljib borayotganida unga 14-halqadagi urg'ochilik jinsiy teshigidan tuxum hujayralar, 9 va 10-halqadagi urag' qabul qilgich teshigidan urag' hujayralar tushadi, tuxum hujayralari shu muftachalar ichida urag'lanadi. Muftacha chuvalchangning bosh tomonidan siljib tuproqqa tushadi, uning ikki uchi tortilib bekiladi, devori qalinlashib, pillaga aylanadi. Tuxumlar ana shu pilla ichida rivojlanadi.
Ayrim kamtuklilarda jinssiz ko'payish ham sodir bo'ladi. Arxitomiya deb ataladigan bunday ko'payishda chuvalchang tanasi ikkiga bo'linadi. Oldingi bo'lakdan tananing yetishmagan orqa qismi, keyingi bo'lakdan oldingi qismi shakllanadi. Yomg'ir chuvalchangi-Lumbricus variegatus va Enxitreidlar xuddi shunday ko'payadi. Kamtuklilarda jinssiz ко'payishning boshqa bir xili Paratomiya chuchuk suvlarda hayot kechiradigan stilyariya (Stylaria lacustris) da kuzatiladi. Paratomiya xuddi kiprikli chuvalchanglarning jinssiz ko'p marta ко'ndalangiga bo'linib ko'payishiga o'xshaydi.
Kamtuklilar metamorfozsiz rivojlanadi. Rivojlanish siklida troxofora lichinkasi bo'lmaydi. Tuxumlari pilla ichida rivojlanib, yosh chuvalchang chiqadi. Tuban kamtuklilar pillasida birdaniga bir necha tuxum rivojlanadi. Yuksak kamtuklilar (Lumbricomorpha turkumi) pillasida oqsilli suyuqlik bo'ladi, tuxumida oqsil kam. Pillada rivojlanadigan embrion suyuqlikdagi oqsilni yutadi. Ana shu sababdan uning tuxumdan chiqqan murtagi "yashirin embrion" deyiladi. Embrion pilla ichida bir necha metamorfozdan so'ng voyaga yetgan chuvalchangga aylanadi. Kamtuklilar ham ko'ptuklilar singari juda yuqori darajada regeneratsiya qilish xususiyatiga ega.
Kamtuklilar asosan chuchuk suvlar va tuproqda, ba'zan dengizlarda hayot kechiradi. Chuchuk suvda yashovchi kamtuklilar suv tubida o'rmalab yuradi yoki suv tubidagi loyda qazigan inlarida hayot kechiradi. O'troq yashovchi kamtuklilar tanasining faqat keyingi qismi loydan suvga chiqib turadi. Ular tanasining keyingi qismini tebratib, nafas olishni kuchaytiradi (qizil chuvalchang-Tubifex). Quruqlikda yashaydigan kamtuklilar tuproqda in qazib hayot kechiradi. Inidan faqat juda nam havoda (yomg'irdan so'ng) yoki kechasi salqinda chiqadi. Kamtuklilar har xil chiriyotgan organik qoldiqlar, jumladan, o'simlik qoldiqlari va chirindiga boy tuproq bilan oziqlanadi.
Kamtuklilar, jumladan yomg‘ir chuvalchanglari gеrmafrodit bo‘lsa-da, urug‘lanish ikki chuvalchang o‘rtasida sodir bo‘ladi. Har qaysi chuvalchang bеlbog‘cha bеzlari ajratib chiqaradigan suyuqlikdan hosil bo‘lgan pilla ichiga tuxum qo‘yadi. Har bir pillada 2-3 tadan 20 tagacha tuxum bo‘ladi.
Yomg‘ir chuvalchangi tanasining jarohatlangan qismini qayta tiklash xususiyatiga ega. Chuvalchangni ikkiga bo‘lganimizda uning bosh tomonidagi bo‘lagi yangi chuvalchangni hosil qiladi, ya’ni ularda regeneratsia hodisasi kuzatiladi.
Kamtuklilar sinfi ikkita turkumga bo‘linadi, ya’ni 1. Nayidomorfalar (Naidomorpha) turkimi. 2. Yomg‘ir chuvalchanglari (Lumbricomorpha) turkumi.
Do'stlaringiz bilan baham: |