Pedagogik optimizm. Tarbiyachilar yuqori optimizm, yahni kelajakka katta ishonch bilan mustaqil Uzbekiston Respublikasining yangi qonunlarini hayotga tatbiq qilmokdalar. O’quvchilar shaxsiyatining cheksiz imkoniyatlariga ishongan tarbiyachilarning pedagogik optimizmi, ayniqsa, turli yoshdagi turli aqliy darajadagi o’quvchilarga nisbatan, ularning dam olish va o’qish qoidalarini, shartlarini tashkillashtirishda yaqqol ko’rinadi.
O’quvchilarga hurmat. Insonga hurmat - insonlararo munosabat- larning asosiy talabidir. Tarbiyachining faoliyatida o’quvchilarga hurmat alohida o’rin tutadi, ularda ishonch, samimiylik, kattalarning maslahatlariga va takliflariga moyillik uygotadi. Qo’pollik, o’quvchilar shaxsiyatiga hurmatsizlik, o’quvchilarda ularga javoban xafagarchilik, g’azab, hattoki, bahzi narsalarni ataylab teskarisini qilishga intilishni tug’diradi. Bunday paytlarda o’quvchilar hatto adolatli talablarni bajarishdan ham bosh tortadilar. Tarbiyachiga bo’lgan bunday munosabat bahzan ular olib borayotgan fanga, ishga, mashg’ulotga, hatto o’zi tahsil olayotgan tahlim muassasasiga, o’quv xonasiga bo’lgan munosabatga ko’chadi.
O’quvchining ruhiy holatini tushunish. O’quvchilar xulqining buzilishini, tarbiyasidagi salbiy o’zgarishlarni sezish qiyin jarayon emas. Tarbiya jarayoniga pedagogik tahsir usulini to’g’ri tanlash uchun o’quvchilarning tartibbuzarlik sabablarini o’rganish kerak, chunki shaxsning gurli psixologik holatlarining tashqi ko’rinishi bir xil bo’ladi. Masalan, o’quvchinyng guruhdagi faolligining susayshshshing asosiy sabablari, uning injiqpigi, ko’z yoshlari, uydan chiqib, uzoqroqqa ketishi va ota-onasidan uzokda (bahzi o’quvchilarning turar joylarda) istiqomat qilishidan iborat bo’lishi mumkin.
O’quvchining ruhiy holatini tushunish uch}n tarbiyachilar o’quvchilar shaxsining fazilatlarini, xususiyatlarini, ularning yashash sharoitlarini bilishlari va chO’qur tahlil kilishlari kerak. Tarbiyachining kuzatuvchanligi va sezgirligi o’quvchining xulqida namoyon bo’layotgan ruhiy holatini tushunishga yordam beradi.
O’quvchi harakatlarining sabablari va tashqi xususiyatlarining ochshishi. O’quvchilarning harakatlari yetakchi, tarbiyachi, jamoa, atrofdagi iisonlar tomonidan yaxshi, oliyjanob yoki yomon deb baholanadi. Tarbiyachining o’quvchiga bo’ladigan munosabat (yondashuv)lari, ularning harakatlari tabiatiga bog’liq. O’quvchi harakatlarini to’g’ri baholash uchun, harakat mohiyatini, yahni ichki sabablarini ochish lozim. Ko’pincha o’quvchilar harakatining ichki sabablari tashqi ko’zdan yapshringan bo’ladi, yahni tashqi tomondan darrov ko’rinmaydi. Ularni tarbiyachi tomonidan tushunishga, bahzan o’quvchining o’zi katta yordam berishi, yahni bo’lgan voqea haqida o’zi hurmat qiladigan tarbiyachisiga ochiq gapirib berishi mumkin. Tarbiyachi bunday yomon holatni keltirib chiqaruvchi tashqi holatlardan xulq sabablarini ajrata olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |