O’quvchining taqdiriga qiziqish. Tag’lim muassasalarida olib boriladigan tarbiya mobaynida o’quvchilarning taqdiriga qiziqish tarbiyachilarda o’quvchilarga muhabbat va ularnitsg taqdiriga javobgarlik hissi tufayli rivojlanadi. Tarbiyachilar har bir o’quvchining takdiri, ayniqsa, guruh hayotidan qoniqish hosil qilmaydigan, guruhdoshlaridan yotsiraydigan va guruh ishlaridan o’ziii olib qochadigan o’quvchilar takdiri bilan qiziqipshari lozim. Lekin, o’quvchiiing takdiri bilan astoydil tashvishlangan va unga yordam berishni xohlagan tarbiyachilar o’quvchilarga mehribonlik, ularga ehtibor va gamxo’rliklarini ko’rsatishlari uchun dastlabki omadsizlikdan cho’chimasliklari, turli yangi usullarni izlashlari lozim. Tarbiyachilarning kundalik faoliyatlaridagi o’quvchiga g’amxo’rliklari, hayrixohlik munosabatlari va pedagogik tahsirning usullarini to’g’ri tanlashlari o’quvchilarda o’z tarbiyachisiga muhabbat, sadoqat, ularda xursandchilik xohishini uyg’otadi, shuningdek, yangi ijobiy xislatlarni rivojlantirishga va salbiy xislatlarni yo’qotishga yordam beradi.
Endi tarbiyachilarning o’quvchilarni tarbiyalash jarayonida foydalanishlari mumkin bo’lgan nedagogik tahsir usullaridan bahzilari bilan tanishtiramiz:
Ishontirish - bu aniq xulq-atvor yoki qaysidir ishni mumkin emasligini, to’g’riligini va zarurligini isbotlash va tushuntirishdir. Ishontirish jarayonida o’quvchilarda yon-atrofidagi insonlarni hatti- harakatlarini va o’z xulkdarini baholash mezonlariga mos bo’ladigan ahloqiy qarashlar shakllanadi..
O’quvchini ish bilan ham, so’z bilan ham ishontirish mumkin. O’quvchini ishlatish orqali ishontirish jarayonida tarbiyachi isbotlanayotgan holat, iaziyat va muammolarni, hayotiy tajriba sharoitlaridan kelib chiqqan holda, yaratadi. Ishontirish tahsir usuli o’quvchi xulqini tuzatuvchi usul bo’lib xizmat qilishi mumkin. So’z bilan ishontirish jarayonida, o’quvchilarga yo’l qo’yilgan xatolar tabiati ahloqiy mehyor nO’qtai nazaridan tushuntiriladi. Ishontirish usuli samimiylikni va jo’shqinlikni talab qiladi. Bu jarayonda tarbiyachilarning kechinmalari o’quvchilarga o’tadi. Ishontirish bilan ixlos tugdirish usullari juda o’xshash. Bu usullarning o’xshashligi ishontirish ham, ixlos tug’dirish ham suhbat orqali amalga oshirilishidan iboratligidadir, lekin ixlos tug’dirishda tarbiyachilar o’quvchi qilayotgan x,atti-harakatlarining to’g’ri yoki xatoligini isbotlamaydilar. Bu jarayonda ular tarbiyalanuvchiga o’z fikrlarini sekin va ohistalik bilan aytadilar. O’quvchi tarbiyachining so’zlarini tinglab turib, o’z hatti-harakatini gankidiy baholay boshlaydi va o’z xulqini to’g’rilashga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |