Kumulyativaksiyalar – bu ular bo‘yicha dividendlar to‘liq yoki qisman to‘lanmaganda dividendlar jamg‘arib boriladigan aksiyalar. Kompaniya nizomida dividendlar hajmi va ular bu muddatdan kechikmasdan to‘lanishi zarur bo‘lgan muddat belgilab qo‘yiladi. Agar bunday to‘lov muddati belgilangan bo‘lmasa, aksiya kumulyativ hisoblanmaydi.
Konvertatsiya qilinadigan aksiyalar – bu belgilangan davr mobaynida oddiy aksiyalarga yoki imtiyozli aksiyalarning boshqa turlariga almashtirish mumkin bo‘lgan aksiyalar.
Ishtirok etuvchi aksiyalar – qayd qilingan dividend hajmidan yuqori qo‘shimcha foydani taqsimlashda ishtirok etadigan imtiyozli aksiyalar.
Dividend stavkasi tartibga solinadigan aksiyalar. Ular bo‘yicha dividend stavkasi boshqa foiz stavkalariga, masalan, bank krediti qiymatiga bog‘liqbo‘ladi.
Katta va kichik imtiyozli aksiyalar. Imtiyozli aksiyalar chiqarar ekan, emitent ayrim aksiyalar chiqarilishiga boshqa aksiyalar chiqarilishidan kattalik berishi mumkin. Kattalik tushunchasi da’volarni qondirishda navbat tartibini anglatadi (birinchi bo‘lib «katta»roq qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qarzlar to‘lanadi va da’volar qondiriladi).
Chaqirib olinadigan aksiyalar – aksiyadorlik jamiyati ularni qaytarib sotib olish yo‘li bilan chaqirib olishi mumkin bo‘lgan aksiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |