Dispasher - dengiz transportida umumiy avariya sodir bo'lganda ko'rilgan zararni kema, yuk va fraxt o'rtasida taqsimlash bo'yicha hisob-kitoblarni tuzadigan mutaxassis. Rivojlangan mamlakatlarda dispasher funksiyasini maxsus kompaniyalar bajaradi. Zararlarni taqsimlash bo'yicha hisob-kitoblar dispasha deyiladi va dispashani tuzganlik uchun haqni manfaatdor tomonlar (kema egasi, yuk egasi, yukni sotib oluvchi shaxs) to'laydi.
Yevropolis - Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida sug'urta shartnomasi tuzganlik faktini tasdiqlovchi sug'urta polisi.
Kovernota - sug'urta vositachisi tomonidan sug'urtalanuvchiga beriladigan va sug'urtalanuvchining sug'urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu hujjatda ko'rsatilgan muddat mobaynida sug'urta brokeri sug'urtalanuvchiga sug'urta polisini berishi shart. Chunki, kovernota sug'urta kompaniyasi uchun yuridik kuchga ega bo'lgan hujjat hisoblanmaydi.
Nazorat savollari Sug'urtaning mohiyatini tushuntirib bering?
Sug'urta faoliyati deganda nimani tushunasiz?
«Sug'urta-xizmat ko'rsatish industriyasi» ekanligini izohlab bering?
Sug'urta qanday funksiyalarni bajaradi?
Sug'urtaning investitsiya funksiyasini qanday tushunish mumkin?
Sug'urtaga bo'lgan talab qanday aniqlanadi?
Sug'urta xizmatlariga bo'lgan talabni oshishida qanday omillar ta'sir qilmoqda?
Sug'urta polisi tushunchasi qanday ma'noni anglatadi?
Sug'urta xizmatining mahsulot ishlab chiqarishdan farqini tushuntirib bering?
Sug'urtalovchiga ta'rif bering?
Risk tushunchasi nimani anglatadi?
Mulkiy sug'urta nima?
Sug'urta puli nima sababdan tuziladi?
Sug'urta riskiga ta'rif bering?
Qaysi risklarni sug'urta himoyasiga olish mumkin emas?
Aktuariylarning asosiy vazifasi nimalardan iborat?
Sug'urta ob'ekti va sub'ektining bir-biridan farq qiluvchi jihatlarini ko'rsating?
Sug'urta dalolatnomasi nima sababdan tuziladi va uni tuzishda kimlar ishtirok etadi?
?Mavzu : Sug'urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari REJA: Sug'urta munosabatlarini tartibga solishda huquqning ahamiyati, sug'urta huquqi va uning mazmuni.
Sug'urta qonunchiligi, sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar.
Sug'urta faoliyatini qonun osti hujjatlari bilan tartibga solish.