9. To’pni egallash va unga qarshi harakatlar texnikasi
To’pni tortib olish. Agar himoyachi to‟pni ushlab olishga erishsa, unga eng avvalo uni raqibning qo‟lidan tortib olishga harakat qilish kerak. Buning uchun iloji boricha ikki qo‟l bilan to‟pni chuqurroq (kattaroq) ushlashi lozim, so‟ng bir
vaqtning o‟zida gavda bilan burilib, keskin o‟ziga siltab tortish kerak. To‟pni raqibning qarshiligini yengishi yengillashtiradigan gorizontal o‟qi atrofida aylantirish kerak (19-rasm). To’pni urib chiqarish. Hozirgi vaqtda to‟pni urib chiqarish himoya usullarining maqsadga muvofiqligi va samaradorligi, shu usullarni bajarish paytida bir vaqtning o‟zida himoyachi qo‟lining to‟p bilan – hujumchining qo‟li bilan to‟qnashish (tegishi)ga yo‟l qo‟yadigan o‟yin qoidalarining ayrim punktlarining yangi izohlanishi sababli ancha o‟sdi (20,21,22--rasmlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |