Al – Forobiy merosining yosh avlodni axloqiy tarbiyalashda
tutgan o’rni.
Farzand tug’ilgan kunidan boshlab, oila muhitida yashaydi, oilaga xos
an’analar, qadriyatlar, urf – odatlar ta’siri ostida bola axloqi shakllanadi, eng
muhimi u oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi
va o’zlashtirib boradi.
Xalqimiz tarixiga nazar solsak, eng qimmatli an’analar: halollik,
rostgo’ylik, or – nomus, sharm – hayo, mehnatsevarlik, mehr – oqibat va
boshqa shu kabi yuksak insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllana
boshlagan.
“Ota – onaning farzand oldidagi burchlari, o’zlarining oxiratini obod
etuvchi qarzlari bor – degan edilar. Prezidentimiz I. A. Karimov dinu –
diyonatli xonadon oqsoqollaridan so’rasangiz, ularni lo’nda qilib sanab
beradi: yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirish, savodini
chiqarish, ilmda, kasb – hunarli qilish, boshini ikki qilish, uyli – joyli qilish.
Bugun ana shunday olijanob an’analar qaytadan mustahkam qaror topishi va
rivojlanishi uchun istiqlol sharofati tufayli eng qulay muhit yaratildi”.
Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqil O’zbekistonni
rivojlantirishning ma’naviy – axloqiy negizlari:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlik kabilarga katta e’tibor berish ta’lim – tarbiya sohasida,
xususan ahloqiy tarbiyani takomillashtirish yo’lida juda muhim va zarur
ekanini alohida ta’kidlab o’tish lozim.
Umuminsoniy qadriyatlar asosida O’zbekiston yoshlari ma’naviy
jihatdan kamolotga erishadilar va egallagan bilim va malakalarini o’z
31
faoliyatlarida, jamiyatimiz taraqqiyoti yo’lida to’la namoyon etish
imkoniyatiga ega bo’ladilar. Albatta, bu ezgu vazifani ijobiy hal etishda
xalqimiz ma’naviy merosining ahamiyati kattadir. Shu sababli ma’naviy
merosimizni tiklash, o’rganish va hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor
berilmoqda.
Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan
yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish lozimki, ular o’rtaga qo’yilgan
maqsadlarga erishishning o’zlariga bog’liq ekanligini, bu narsa ularning
fidokorligi, g’ayrat – shijoati, sobitqadamligi va mehnatsevarligiga
bog’liqligini anglab yetishlari kerak. Bu esa davlatimiz va xalqimiz ravnaqi,
taraqqiyotining asosiy shartidir.
IX – X asrlarda yashagan mutafakkirlarning ilmiy va ma’naviy merosi
mana XXI asr bo’sag’asida ham barkamol, axloqiy pok insonlarni
tarbiyalashda o’z ahamiyatini hanuz yo’qotgani yo’q. Ularning merosi
nafaqat O’zbekistonda, balki butun dunyoda ardoqlanib, zo’r ehtirom bilan
o’rganilmoqda. Jumladan, Saudiya Arabistonida talabalar uchun
mo’ljallangan “Islom tarixi” kitobida o’rta asrlarda arab ilm – faniga hissa
qo’shgan olimlar qatorida Imom al – Buxoriy, Muhammad ibn Muso al –
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi vatandoshlarimiz
nomlarining zikr etilishi, ular qoldirgan ma’naviy merosning naqadar
bebaholigidan darak beradi.
Al – Forobiy asarlarida aks etgan hadislarning aksariyatini umuminsoniy
qadriyat sifatida, ota – bobolarimizning urf – odatlari, nasihatlari tarzida
yosh avlodning tarbiyasida foydalanish mumkin. Xalqimizning asrlar
davomida shakllanib kelayotga va an’anaga aylana boshlagan – ajdodlarning
yutuqlari bilan g’ururlanish, kattalarga hurmat va ularning nasihatlariga amal
qilish odati tariqasida o’z samarasini berishi aniq.
32
Bu xususda “Islom axloqining ko’pgina tomonlari aqlga muvofiq
bo’lganligi uchun qadriyat hisoblanadi. Bu qadriyat islom dini doirasidan
chiqib, umumbashariy mazmunga egadir. Diniy manbalar diniy qadriyatlari
sifatida oilada bolalarni ma’naviy – ahloqiy tarbiyalashda muhim vosita
bo’lib xizmat qilib kelgan va bugungi kunda davlatning dinga munosabati
keskin o’zgargan bir sharoitda ularning qimmati va tarbiyaviy ta’siri yanada
ortib bormoqda”.
Sharq uyg’onish davri, ya’ni IX – XII asrlarda tarbiyaviy – axloqiy
qarashlarga islom ta’limotining umuminsoniy qadriyatlari va tamoyillari
ham katta ta’sir ko’rsatadi. Bu borada pedagog olimlar quyidagicha oid
qarashlarining asosi ham Qur’on va Hadis ta’limotiga asoslanadi. Chunki biz
nazarda tutayotgan davrdan boshlab, savod o’rgatish Qur’on va Hadislarni
o’rganish va ulardagi ko’rsatmalarni o’zlashtirish bilan birga olib borilgan.
Shunga ko’ra, Qur’on va Hadislardagi pand – nasihatlar ham olimlar, ham
adiblar, ijodiga ta’sir etgan. Hadislarda umuminsoniy fazilatlarga alohida
urg’u berilgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlarining muhim xislatlari:
halollik, saxovat, himmat, mehr – oqibat, ehson, sharm – hayo, ilm izlash,
muomala qoidalari, ahloq mezonlari va boshqalar o’z ifodasini topgan va
Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy – axloqiy asarlarga ta’sir qilgan.
Hadislar ta’siri Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asaridan boshlanib
Kaykovusning “Qobusnoma”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul - haqoyik”,
Sa’diyning “Guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning
“Mahbubul - qulub” va boshqa asarlar negizida ko’rinadi. Ham g’oya, ham
mazmun, ham shakl buning dalilidir.
Ma’lumki, kelajak avlod haqidagi qayg’urish, sog’lom va axloqan
barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish o’zbek xalqining milliy
xususiyati bo’lib, bu yurtda yashayotgan har bir inson o’z farzandining
33
baxtini, fazlu kamolini ko’rish uchun butun umri davomida kurashadi,
mehnat qiladi.
“Ko’p asrlik tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, jamiyatimizning haqiqiy
boyligi, bu inson – inson avlodidir – deb takidlagan edilar Prezidentimiz I.
A. Karimov – kishilik jamiyati el – yurtga, Vatanga sadoqatli, iymon –
e’tiqodi butun, mard va jasur, malakali, ma’naviyati yuksak va ahloqiy pok
insonlar bilan faxrlanadi”.
Insonparvarlik – bu o’zbek xalqining ajralamas fazilatlaridir. Shu sababli
ham shafqatsizlik va zo’ravonlik o’zbeklar tabiatiga yod narsadir.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, har bir insonning, shuningdek,
jamiyatimizning muqaddas vazifasi qobil farzandlar o’stirish ekan, ularni
ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, ota –
onasiga, Vataniga sadoqatli kishi etib voyaga yetkazish lozim. Bu esa, o’z
navbatida, ma’naviyatimizni tiklash, mustahkamlash va yuksaltirish bilan
amalga oshadi.
Ma’naviyat – tarbiyaning eng ta’sirchan qurolidir. Shu bois bundan
oqilona foydalanish, yosh avlodni vatanparvarlik, rostgo’ylik, halollikka
o’rgatish kerak.
Prezidentimiz I. A. Karimov ma’naviyat va inson ahloqi haqida: “Aslini
olganda, ahloq – ma’naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchaki salom –
alik,xushmuomaladangina iborat emas. Axloq – bu avvalo insof va adolat
tuyg’usi, imon, halollik degani” deb teran va haqqoniy tushuncha berdilar.
Darhaqiqat, sog’lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish davr talabidir.
Sog’lom inson deganda, faqat jismoniy sog’lomlik emas, balki sharqona
axloq – odob va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan inson
tushuniladi.
34
O’rta Osiyoning qadimiy tarixi va madaniyati, bunda yashab o’tgan
Sharq mutafakkirlari va faylasuflarining jahon madaniyati taraqqiyotiga
qo’shgan g’oya katta hissalari ham bu yerda yashayotgan odamlar
turmushining barcha tomonlariga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatgan.
O’tmishdagi alomalarning bebaho merosi qanchadan – qancha avlodning
ma’naviy – ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan va
shakllantirmoqda.
Bu ta’sir ko’proq ilmiy – falsafiy fikrlar bilan ifodalangan holda Abu
Nasr al – Forobiyning insonparvarlikka oid asarlarida ham o’z aksini topgan.
Olim ahloqiy xususiyatlar insonda faqat an’analar orqaligina emas,
shuningdek, bilim va tarbiya orqali vujudga kelishini takidlaydi. Uning
fikricha, ta’lim – tarbiya insonning tabiat hodisalaridan o’z maqsadlari uchun
foydalana bilish va bu yo’lda boshqa kishilar bilan to’g’ri munosabatda
bo’lishi, jamiyatning haqiqiy a’zosi bo’lib yetishuvi, uning ichki tartib –
qoidalarini to’g’ri o’rganib jamiyat talablariga javob bera oladigan bo’lib
yetishishi uchun zarurdir.
Mutafakkir insonning ma’naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga:
aqli – ongiga va ahloqiga (xulq – atvoriga) e’tibor beradi. Shuning uchun
ta’lim – tarbiya, uning fikricha, insonni aqliy tomondan ham, ahloqiy
tomondan han yetuk mukammal kishi qilib yetishtirishga qaratilmog’i lozim,
demak, ta’lim – tarbiyaning birdan – bir vazifasi jamiyat talablariga to’la –
to’kis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda
saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir.
Al – Forobiy ta’limotiga ko’ra, inson yakka o’zi kamolotga, baxt –
saodatga erisha olmaydi, chunki u boshqalarning yordamiga, tayanchiga
muhtojdir. Shuningdek, ta’lim – tarbiya biror maqsadga muvofiq olib
borilishi lozimdir.
35
Al – Forobiy ta’lim – tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim
sanaladi. Ta’lim – degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy
bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, zarur bo’lgan xulq normalarni va
amaliy malakalarni o’rgatish ekanini olim alohida ta’kidlab o’tadi.
Al–Forobiyning fikricha, tarbiyani boshlashdan avval
tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xislatlarini o’rganish lozim. Zero, insonning
xohishi, ixtiyori, irodasi, ijobiy sa salbiy jihatlarini, xislatlarini, nimaga
qobiliyati borligini aniqlamay turib, kutilgan natijaga erishib bo’lmaydi.
Alloma o’zining “Baxt – saodatga erishuv to’g’risida” asarida bilimlarni
o’rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish
zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni
o’rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlarni o’rganish lozim. Undan so’ng,
umuman, jonli tabiat o’simliklar va hayvonlar haqidagi ilm o’rganilishi
darkor – deydi.
Al – Forobiy ta’limotida inson ta’lim yordamida barcha fanlarni puxta
o’zlashtirish bilan ma’naviy – ahloqiy fazilatlarga, odob me’yorlari va kasb
– hunarga oid malakalarga ega bo’lgan. U “ta’lim – tarbiyada
rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish usullarini ilgari suradi”. Bu
usullar esa, o’z navbatida, al – Forobiyning “fozil insonlar jamiyati”da
axloqan pok, barkamol avlodni tarbiyasi uchun xizmat qilishi kerak edi.
Umuman olganda, al – Forobiyning fozil jamiyati, komil inson baxt –
saodati, o’zaro yordam, dono boshliq, tenglik haqidagi fikrlari o’z davri
uchun hayoliydir. Lekin insonni ma’naviy ozod etishga, uning
inkoniyatlarini ochishga, insonparvarlik yo’nalishini asoslashga qaratilgan
bu ta’limot ilg’or ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga buyuk hissa bo’lib qo’shildi
va umumbashariy intilishlarni ifodaladi. “Uning ijtimoiy g’oyalari keyin
davr mutafakkirlari: Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ibn Rashid,
36
Baxmanyor, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil, Iqbol,
Ahmad Donish va boshqalar ijodida rivojlantiriladi”.
Darhaqiqat, IX – X asrdan keyingi davrlarda yashab o’tgan allomalar
ham inson axloqi, yoshlar tarbiyasi masalasiga doir ko’plab risolalar
yozganlar. Bu xayrli ishga tasavvuf olamining gulshanlari Najmiddin Kubro,
Farididdin Attor, Bahovuddin Naqshbandiy, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin
Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Aziziddin Nasafiy, Alisher Navoiy kabilar katta
hissa qo’shdilar. Ular ijodida al – Buxoriy, Ibn Sino, Abu Hamid G’azzoliy
qarashlari yangi pog’onada rivojlantirildi. Masalan, Aziziddin Nasafiy
o’zining “Zubdatul haqoyiq” (Haqiqatlar qaymog’i) risolasida insonning
kamolot sari o’sishi jarayonlarini tahlil qilar ekan, bu ta’limotni zamon va
davr nuqtai nazaridan kelib chiqib, o’z fikrlari bilan boyitdi. Nasafiy shu
risolasida: “Kamida axloqiy xislatlar – da bezanmagan, o’zini tanimagan
odamlar ko’p, ammo ular hali komil emas, deydi – inson hayvon turlaridan
biridir, aynan hayvon ruhi tarbiya topib, ta’lim va tahsil ko’rib, bilish,
takrorlash, taqvo va zikr tufayli darajalar bo’ylab rivojlanadi va har bir
darajada – martabada yangi ismga molik bo’ladi”. Uning axloqiy go’zallik
haqidagi fikrlarida axloqiy yetuklikka oid hadislarning talqini aks etib tursa,
ta’lim – tarbiya, bilim to’g’risidagi qarashlari al – Forobiy g’oyalari bilan
hamohangdir.
Ko’p asrlar davomida xalqimizning og’zaki ijodi, urf – odat va
an’analari, islom ta’limotidagi umuminsoniy qadriyatlar hamda buyuk
mutafakkir ajdodlarimizning ilmiy qarashlari asosida shakllangan axloqiy
tarbiyaga oid ta’limotlar dastlab bu o’lkaning Chor Rossiyasi tomonidan
bosib olinishi, so’ngra esa oktyabr inqilobidan keyin ateizm siyosatini joriy
etilishi bilan o’z ahamiyatini yo’qota boshladi.
37
Natijada, ko’pchilik din – u, xurofot va bid’at nimaligini ajrata olmay
qoldi. Bu esa o’z navbatida, yoshlarning ongini zaharlash din niqobi ostida
turli g’arazlar va yovuz niyatlarni amalga oshirish uchun juda qo’l kelishi
mumkin. Buni Prezidentimiz I. A. Karimov ham o’z nutqlarida qayta – qayta
ta’kidlab: “Ular dunyoning turli mamlakatlaridagi yuzlab yosh yigit –
qizlarni irodasidan, ong – shuuridan mahrum qilib, zombi – ya’ni manqurtga
aylantirib qo’ygani ma’lum-ku?!” – deb xalqimizni ziyraklikka
chorlayotganlari bejiz emas.
Al – Buxoriy va al – Forobiyning axloqiy tarbiyaga oid ta’limotlariga
qiyosiy nazar tashlar ekanmiz, bu ikki alloma insoning ahloqiy tarbiyasi
masalasiga ikki xil yondashganlariga qaramay, ularning asl va yagona
maqsadlari barkamol, axloqan pok inson tarbiyasi masalasidir, aynan shu
jihatdan ularning axloqiy ta’limotlari o’zaro uyg’unlashib boradi.
Al – Buxoriy insonni axloqiy kamolotga erishmoqligi uchun halollik,
poklik, ota – onaga hurmat, yaxshilik, birodarlik, do’stlik, vafodorlik,
rostgo’ylik, hayo, muloyimlik, mehribonlik, saxovat, ilmlilik, sabr – qanoat,
muruvvat, ezgulik, adolatlilik, shirinsuxanlik, rahmdillik, ehson, hamjihatlik,
g’amxo’rlik, kechirimlilik, beozorlik kabi fazilatlarni ko’rsatgan bir vatda,
nafsni tiya olishlik, haqiqatparvarlik, olijanoblik, kamtarlik, adolatparvarlik,
qat’iyatlilik, donishmandlik, jasurlik, ijodkorlik oldidan ko’ra bilishlik,
notiqlik, har sohada mohirlik kabi sifatlar bilan inson axloqan barkamol
bo’lib, baxt – saodatga erishuvini ta’kidlaydi.
Al – Buxoriy o’z asarlarida insonning ma’naviy inqiroziga: o’zgalarni
haqorat qilish, hasad, hirsga berilish, manmanlik, g’amxo’rlik,
ikkiyuzlamachilik, behayolik, tajovuzkorlik, isrofgarchilik, buzg’unchilik,
jaholat, yolg’onchilik, g’iybat, buzuqlik, nohaqlik, adolatsizlik, xiyonat,
tuhmat, adovat, zulm, harom ishlar, ota – onaga itoatsizlik, qotillik,
38
iymonsizlik kabi illatlar sabab bo’lishi haqida ogohlantirgan bo’lsa, al –
Forobiy bunday illatlar qatoriga johillik, beqarorlik, benomuslik, zalolat,
razolat, obro’parastlik, amalparastlik, shahvatparastlik kabi sifatlarni kiritadi.
Al – Buxoriy va al – Forobiyning bu kabi illatlarning o’z asarlarida
ifodalashdan maqsadlari odamlarni, ayniqsa, yoshlarni ogoh etish,
saqlanishga da’vat etishdir.
Al – Buxoriy va al – Forobiy ta’limotlaridagi insonning axloqiy tarbiyasi
muammosini ilmiy tahlil etib va olingan natijalarni umumlashtirib, shu
xulosaga keldik-ki, ular tomonidan ilgari surilgan qarashlar, g’oyalardan
ijodiy foydalangan holda, bugungi kunda yosh avlodning axloqiy kamolotini
ta’minlash hamda mustaqil O’zbekiston xalqining barkamol farzandlarini
tarbiyalash yo’lida o’sib kelayotgan avlodda quyidagicha fazilatni hosil
qilib, odat tusiga aylantirish lozim:
a) vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik, elga hurmat va sadoqat,
xalq qayg’usi va quvonchiga hamdardlik, mehnatsevarlik, chin qo’shnichilik
munosabatlari, mehmondo’stlik;
b) oilaga sadoqat, pok muhabbatni e’zozlash, diyonatli va vijdonli
bo’lish, o’z or – nomusini saqlash, ichkilik va giyohvandlik kabi nomaqbul
odatlardan saqlanish;
c) ajdodlarga hurmat – ehtirom, ularning merosini ardoqlash, asrab –
avaylash, o’qib – o’rganish, o’git, pand – nasihatlariga amal qilish, ishlarini
davom ettirishga intilish;
v) ota – onaga va ustozga katta hurmat, kattalarga, qariyalarga izzat,
kichiklarga mehribonlik, yetim – yesirlarga, nogiron va muhtojlarga
muruvvat, mehr va shafqat, ularga g’amxo’rlik;
39
g) tabiat va jamiyat boyliklariga ongni munosabatda bo’lish, ularni asrab
– avaylash, tejab – tergash, jonli mavjudotlarga g’amxo’rlik, yaratuvchanlik,
bunyodkorlik, ijodkorlik;
d) adolatlilik, rostgo’ylik, haqiqatga intilish, o’z kasbini sevish, o’zgalar
mehnatini hurmat qilish, kamtarlik, mardlik;
e) poklik, go’zallikni qadrlash, did va farosat bilan kiyinish, ortiqcha zeb
– ziynatga berilmaslik, til bilan dil birligi, shirinzabonlik va shirinxusanlik.
40
Xulosa
Jamiyat taraqqiyoti, uning yutuq va muammolari ko’p jihatdan inson
axloqiga bog’liqdir. Insonning ahloqiy imkoniyatlari jamiyat rivojiga ta’sir
etib, jamiyatning harakatlanuvchi kuchi bo’lib xizmat qiladi.
Jamiyatda inson ko’proq o’zining ikki qarama – qarshi tomonlari bilan
namoyon bo’lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |