Sana :20 .07.2020 yl.
Sinf: 6 “-A “ Fan: Texnologiya ( tikuvchilik )
1-Mavzu : Dekarativ yostiq jild haqida ma’lumot.
Maqsad: Yostiq jildini tikishni o’rgatib borish.
Ta’limiy vazifa: Yostiqni tikish usullari haqida ma’lumot berib borish.
Tarbiyaviy vazifa: Dars jarayonid darsga hurmat, ustozga hurmat, o’rtoqlariga yaxshi muomilada bo’lishlarida tarbiyalab borish.
Korreksion-rivojlantiruvchi:O’quvchilar diqqatini jamlash, hotirasini mustahkamlash, nutqini rivojlantirish, umumiy va maydaqo’l motorikasini shakllantirish bilim, ko’nikma malakalarini rivojlantirirsh.
Dars turi: Yangi bilim berish
Uslub: Aralash.
Jihozlar : Gazlama ,tikuv mashinasi,igna ip, sm lentasi , qaychi va sintifon yoki pahta AKT.
DARSNING BORISHI:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish,davomat,uyga vazifani aniqlash.
II.Asosiy qism: O’tilgan mavzuni so’rash, savol- javob orqali o`tilgan mavzuni mustahkam-lash.
1.Ko’rpa bilan ko’rpachani farqini ayting?
2. Ko’rpa qovish turlarini ayting?
III.Yangi mavzu bayoni: Dekarativ yostiqlar haqida ma’lumot.
Hozirgi kunda biz turli –tuman yostiq bolishlarni tanlash imkoniyatiga egamiz . Ular nafaqat zamonaviy gazlamalardan , balki milliy qadiryatlarimizni saqlab qolgan holda ,milliy (duxoba, atlas,shoyi ,beqasam va h.k) matolardan ham tikib, xonodonlarga ko’rk berib kelmoqda.
Dekarativ-Bezakli yostiqlar hozirgi kunda yostiqlar nafaqat boshga qo’yish uchun ,balki divan kresloda suyanib o’tirish , xontaxta atrofida o’tirganda suyanish uchun ishlatiladi.Turli xil bezaklar berib ,ichiga sintifon solib tikilgan yostiqlar kattalar yotaxonasini hamda bolalar xonasini ranglar libosi bilan bezatadi va zamonaviy fayzli ko’rinish beradi. Bunday yostiqlar turlicha shakl va o’lchamda bo’lib bezaklari ham turlicha (applikatsiya ,kasht ,turli lentalar va h.k )bo’lishi mumkin. Yostiqlarga ishlatiladigan mato esa xona jihozlari, ko’rpa va yopqichlar rangiga moslab olinadi.
IV. Mavzuni yakunlash: savol-javob orqali mavzuni mustahkamlash.
1.Yostiqcha ichiga nima uchun paxta solinadi?
2.Ko’rpachalar uchun qanday gazlamlar tanlanadi?
V. Dam olish daqiqasida : Harakatli mashqlarni bajarish.
Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan induvidual ishlash.Rasmli kitobdagi rasmni bo’yash. Keraksiz gazlamalardan quroq bo’laklarini qirqish.
VI.Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.
VII . Darsni yakunlash va keying darsga tayyorgarlik ko’rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |