Al – Fororbiyning hayoti, faoliyati hamda ilmiy merosi.
Movarounnahrda tavallud topib, o’z bilimlari bilan butun dunyoga
tanilgan olimlardan biri Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlig’
ibn Tarxon al – Forobiydir. “U 873 – yil Aris daryosining Sirdaryoga
quyilish joyida qad ko’targan Forob shahrida tug’ildi. Uning otasi turk
qabilalaridan chiqqan harbiy xizmatchi bo’lgan”.
O’rta asrlarda Yaqin va O’rta Sharqning ilg’or falsafiy oqimi
aoschilaridan biri Abu Nasr al – Forobiydir. Uning asarlari orqali Sharq
11
musulmon olami qadimgi yunon falsafiy ta’limoti bilan tanishishga
muyassar bo’ldi va shu sababli u “Sharq Aristoteli” yoki “Ikkinchi muallim”
degan nomlar bilan dunyoga tanildi.
Al – Forobiyning ko’p asarlari qadimgi grek filosoflari va tabiatshunos
olimlari Aristotel, Platon, Yevklid, Galen va boshqalarning ilmiy meroslarini
sharhlash, targ’ib qilish va o’rganishga bag’ishlangan. Alloma faqat
sharhlash yoki o’rganish bilan cheklanib qolmagan, aksincha o’zidan oldin
yashab o’tgan olimlarning g’oyalarini o’z fikr – mulohazalari bilan boyitgan.
Al – Forobiy ilm bilan to’liq shug’ullanishiga qadar, qozi lavozimida,
shuningdek, davlatning boshqa yuqori vazifalarida ham ishlgan, so’ngra ilm
toliblariga dars berish bilan shug’ullangan. Demak, u islom axloqi va huquqi
hamda pedagogika ilmlaridan ham xabardor bo’lgan. Bu bilimlari uning fozil
odamlar shahri insonlarini tarbiyasi haqidagi g’oyalari bilan tanishgan
vaqtda yaqqol seziladi.
“Forobiy Somoniylar davlatida ham bo’lgan – deb yozadi akademik M.
M. Xayrullayev – u Somoniylar hukmdori Mansur ibn Nuhga “At – Ta’lim
as - Soniy” (“Ikkinchi ta’lim”) risolasini yozib bergan. Shundan keyin
“Muallim as - Soniy”, ya’ni “Ikkinchi muallim” nomiga sazovor bo’lgan”.
Olimlarning fikricha, al – Forobiy Bag’dodda 929 – 932 yillar
oralig’idagi davrda yashagan. 941 – yilda Damashqqa ko’chib kelgan va
qolgan umrini shu yerda o’tkazgan. U “Fozil shahar aholisining qarashlari”
asarini Damashqda yozib tugatgan. Al – Forobiy Suriyaning Halab shahriga
tez – tez borib turgan va u yerdagi olimlar bilan muloqotda bo’lgan. Chunki
shahar hukmdori Sayfuddavla ilm va fan ahlining homiysi bo’lganligi
sababli, Halabda juda ko’p ilm – fan fidoyilari qo’nim topgan edilar.
12
Abu Nasr al – Forobiy hijriy 339 – yil rajab oyida (milodiy 950 – 951 –
yillarda dekabr – yanvar oylari oralig’ida) vafot etdi va Damashqdagi “Bob
as – Sag’ir” qabristonida dafn qilindi.
Ko’pchilik o’rta asr olimlari al – Forobiyni e’tiqodli musulmon ekani
to’g’risida yozadilar, shuningdek, uning O’rta Osiyodan chiqib ketishini
musulmon dunyosining muqaddas shaharlari Makka va Madinaga safar
qilish niyatida bo’lganligi bilan tushuntiradilar.
Al – Forobiy yuksak insoniy fazilatlar sohibi bo’lib, ozga qanoat qilar,
boylikka hirs qo’ymagan, kamtar, muloyim, odam boshqalar uchun
yordamga shay inson bo’lgani va Xalifotning boy madaniy markazlarida
yashaganiga qaramay, o’z yurti muhabbati bilan yashagani haqida ko’p
ma’lumotlar mavjuddir.
Al – Forobiyning ilmiy merosi juda boydir. Uning asarlari soni haqida
hali ham aniq bir raqam yo’q. “Ba’zilar 80 ta desa, boshqaalri 130 ta deb
ko’rsatadi – deb yozadi akademik M. M. Xayrullayev, turk olimi Ahmad
Otash bu ko’rsatkichni 160 ta deb ta’kidlaydi va Istanbul kutubxonalaridan
Forobiyga tegishli shuncha risolalar ro’yxatini tuzdi”.
Al – Forobiyning o’z davrining barcha ilmlaridan xabardor ekanligiga,
uning “Kiton ihso’ al – ulum va tartibiho” (“Ilmlar tasnifi va ular tartibi
haqidagi kitob” asari yorqin misoldir). Bu asarida al – Forobiy barcha
fanlarni quyidagicha tasniflab chiqadi:
1. Til haqidagi ilm. U yetti bo’limdan iborat bo’lib, grammatika, poetika,
to’g’ri yozuv va boshqalarni o’z ichiga oladi.
2. Mantiq. Sakkiz bo’limdan, jumladan tushuncha, muhokama, xulosa,
hamda muhokama metodika taalluqli sillogistika, dialektika, sofistika va
boshqa bo’limlarni o’z ichiga oladi.
13
3. Matematika, yetti mustaqil ilm: arifmetika, geografiya, optika,
sayyoralar, musiqa, og’irlik, mexanika haqidagi ilmlardan iborat.
4. Ilm at – Tabiiy va ilm al – Ilohiy – tabiiy va ilohiy ilmlar yoki
metafizika.
5. Siyosat ilmi, shahar haqidagi ilm, shaharni boshqarish ilmi.
Huquqshunoslik – fiqh, musulmon texnologiyasi – kalom.
Ushbu jadvalning 5 – bo’limi tarkibiga kiruvchi – “Fozil shahar
aholisining qarashlari”, “Fuqarolik siyosati”, “Baxt – saodatga erishuv
haqida” kabi asarlari bevosita axloqshunoslik va davlatshunsolikka oid
ijtimoiy hayot haqidagi o’sha davrning izchil ta’limotiga aylandi.
Al – Forobiy insonning har tomonlama yetuk va barkamol bo’lishi lozim
ekanini ta’kidlab, ilm – ma’rifat va baxt – saodatga asoslangan hamda shiori
adolat bo’lgan ideal jamoa haqidagi g’oyalarni ilgari surdi. Uning bu fikrlari
axloqning insonparvarlik tamoyili uchun nazariy asos bo’ldi.
Al – Forobiy o’rta asrlar mutafakkirlari orasida birinchilar qatorida
jamiyatning ahloqiy hayoti bilan bog’liq muammolarni hal etish choralari
ustida izlandi. O’z asarlarida alloma bir qator muhim ijtimoiy masalalarni
yoritishga harakat qildi. Shular jumlasiga:
1. Ijtimoiy hayot haqidagi fan va uning vazifasi;
2. Inson jamoasining vujudga kelishi, tarkibi va turlari bu sohasidagi
turli fikrlar;
3. Shahar – davlat jamoasining hayoti va fazilati, davlatning faoliyati –
vazifasi va uni boshqarish shakllari;
4. Insonning jamiyatdagi o’rni va vazifasi, aqliy, ahloqiy kamoloti
masalalari;
5. Davlat jamoasining maqsad va vazifalari, insonni baxt – saodatga
erishishining usul va yo’l – yo’riqlari kiradi.
14
Al – Forobiyning tushunchasida “din” ta’lim va tarbiyaning an’anaviy
metodlarini qo’llashda keng jamoatchilik uchun qulay bo’lgan falsafaning
soddalashgan shakli sifatida namoyon bo’ladi.
Al – Forobiyning yozishicha, “agar nazariy fanlarda isbot etiluvchi
nazariy keng jamoatchilining diliga jo bo’lsa, u “din” deb ataladi. Agar u
nazariy va amaliy qonun chiqaruvchining diliga jo bo’lsa, bu falsafadir…”.
Al – Forobiy insonlar o’rtasidagi axloqiy munosabatlar qarama – qarshi
kuchlar ta’sirida rivojlanishini ta’kidlab, bu ziddiyat yaxshilik bilan
yomonlik falsafiy kategoriyalarining bevosita ishtirokida amalgam
oshirishini aytib o’tadi.
Abu Nasr al – Forobiy o’rta asrlarda Yaqin va O’rta Sharqda birinchi
marta inson va jamiyat axloqi masalalarini falsafiy – pedagogik fan ob’yekti
darajasiga olib chiqdi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |