O’rta asrlardagi axloqiy tarbiyaga oid ta’limotlarning
manbalari.
Mavzuning o’rganish ob’yekti – axloqiy tarbiya masalasi ekan, “axloq”
so’zining kelib chiqishi tahlil qilish lozim.
“Axloq” so’zini kelib chiqishi jihatidan arab tiliga oid bo’lib, “xulq”
so’zining ko’plik shaklidir. “Xulq” so’zi arab tilida quyidagi ma’nolarni
ifodalaydi.
1. Xarakter, xulq, fe’l – atvor, ta’b, mijoz, tabiat.
2. Kayfiyat, hol, ruh, avzo, mayl, hafsala.
3. G’azab.
4. Ahloqiy, ma’naviy, ruhiy jihatlar.
“Xulq” so’zinig arab tilidagi ma’nosi o’zbek tilida qo’llanilishi bilan
deyarli bir xildir. O’zbek tilida insonning ko’p qirrali tomonlarini to’la
ifodalash maqsadida ko’proq “ahloq” so’zi yuritilgan. Hatto ta’lim – tarbiya
sohasida ham “tarbiya” so’zi bilan “xulq” so’zining ko’plik shakli qabul
qilingan va “Axloqiy tarbiya” tarzida muomalaga kiritilgan.
Axloq kishilarning bir – birlariga, oilaga, Vatanga, jamiyat va tabiatga
munosabatlarida namoyon bo’ladigan xatti – harakatlari, xulqini belgilovchi
ko’rsatkich va qoidalarda aks etadi. Axloq kishining jamiyatda o’zini
tutishiga, xulq – atvoriga doir talablarning yaxlit yig’indisidir. Huquqiy
normalarini zarur bo’lgan taqdirda, davlat majbur etib bajartiradi, ahloqiy
talablar esa jamoatchilik fikri ta’sirida bajariladi. Kishilar deyarli hamma
vaqt axloq talablariga ongli ravishda, xuddi shunday qilishi “ma’qul” va
“to’g’ri” deb tushunib, amal qiladilar.
Inson axloqi ijtimoiy – iqtisodiy hayotga faol ta’sir ko’rsatib, jamiyat
taraqqiyotini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin.
10
Shuning uchun ahloqiy tarbiyaning asosiy vazifasi yoshlarda yuksak
fazilat, xarakter, xatti – harakat, malaka va odatlarni shakllantirishdan iborat
hamda yomon, salbiy illatlardan odamlarni asrashga xizmat qilishi lozim.
Ahloqiy tarbiya xalq pedagogikasida alohida o’rnini egallaydi. Har bir
millat, elat kabi o’zbek xalqi ham o’ziga xos axloq qonun – qoidalarini
yaratgan. Insonniylik mezoni bu axloqiy qonuniyatlarning asosini tashkil
qiladi.
Insonning go’zal xulqi, axloqi hamiydasi Ollohga ham xush kelishi
Qur’onda va hadislarda qayta – qayta ta’kidlanadi. Insoniy pok fazilatlar va
ularning tarbiyaviy ahamiyati to’g’risida Saudiyalik olim Muxsin Ahmad
Borum shunday yozadi: “Yaxshi axloq, ezgu sifatlar o’z sohibi qadrini
ko’taradi, obro’sini oshiradi, ulug’vorlik baxsh etadi, uni Olloh oldida ham,
insonlar oldida ham azmu mukarram qiladi. Qabih sifatlar esa kishi qadrini
tushiradi, mavqeini pasaytiradi, uni Olloh va odamlar oldida sharmanda
qiladi”.
IX – XII asrlar O’rta Osiyo xalqlari madaniyati tarixida nihoyatda
muhim ahamiyatga ega bo’lgan davr bo’lib, uni ilk Uyg’onish davri, deb
hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |