Barcha dasturlash tillari kabi Python dasturlash tili ham rivojlanib, zamonga va talabga qarab ishlab chiqaruvchilar tomonidan o’zgarishlar kiritib borilmoqda



Download 4,22 Mb.
bet32/52
Sana23.12.2022
Hajmi4,22 Mb.
#894684
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52
Bog'liq
Python дастурлаш тили Lotin yangi

KETMA-KETLIKLAR
Python tilida to’rt xil ketma-ketliklarni saqlash va qayta ishlash imkoni berilgan:

  • Set (to’plam) – tartiblanmagan, o’zgartiriladigan ketma-ketlik.

  • List (ro’yxat) – tartiblangan, o’zgartiriladigan ketma-ketlik.

  • Tuple (kortej) – tartiblangan, o’zgartirilmaydigan ketma-ketlik.

  • Dict (lug’at) – tartiblanmagan, o’zgartiriladigan bir juft kalit va qiymatdan iborat ketma-ketlik.

Ketma-ketlik tipini tanlashda har bir tip xossalarini aniq bilish va tasavvur qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Dasturlashda dastur mohiyatidan kelib chiqqan holda tipni tanlash, dastur mazmunini to’la saqlashga va dastur samaradorligini oshiradi.


To’plamlar (set)
To’plam (Set) bu tartiblanmagan va indeksi mavjud bo’lmagan ketma-ketlikdir. To’plamdagi bir xil elementlar o’chiriladi. Python tilida to’plamlar figurali qavslar yordamida yoziladi. Masalan,
mevalar = {"olma", "gilos", "shaftoli", "bexi"}
print(mevalar)
Natija: {'bexi', 'shaftoli','gilos', 'olma' }

To’plam elementlari faqat unikal, ya’ni takrorlanmaydigan elementlarni o’zida saqlaydi, to’plamdagi bir xil elementlar bitta elemant sifatida qabul qilinadi. Masalan,


mevalar = {'olma', 'gilos', 'shaftoli', 'bexi', 'shaftoli', 'olma'}
print(mevalar)
Natija: {'bexi', 'olma', 'shaftoli', 'gilos'}
To’plam elementlari tartiblanmagan, ya’ni qatiy indeksga ega emas. Shuning uchun to’plam elementlari ixtiyoriy tartibda oynada aks etadi. Masalan, dasturni yana bir bor ishga tushirsak quyidagi ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin.
Natija: {'gilos', 'shaftoli', 'olma', 'bexi'}

To’plamda biror element bor yoki yo’qligini aniqlash in xizmatchi so’zi orqali aniqlash mumkin.


mevalar = {"olma", "gilos", "shaftoli", "bexi"}
print("olma" in mevalar)
Natija: True

To’plam elementlarining indeksi bo’lmaganligi uchun ularga bevosita murojaat etib bo’lmaydi. Lekin to’plam elementlariga for sikl operatorida in xizmatchi so’zi yordamida murojaat qilish mumkin.


mevalar = {"olma", "gilos", "shaftoli", "bexi"}
for x in mevalar
print( x )
Natija:
bexi
olma
gilos
shaftoli

Satr ham belgilar ketma-ketligidan iborat bo’lganligi uchun har bir belgini alohida strlarda ifodalash mumkin:


for x in "Shaftoli":
print(x)
Natida:
Sh
a
f
t
o
l
i

To’plam elementlariga bir yoki bir nechta elementlarni qo’shish mumkin. To’plam elementlariga bitta element qo’shish add() metodi yordamida amalga oshiriladi. Masalan,


mevalar = {"olma", "gilos", "shaftoli", "bexi"}
mevalar.add("anor")
print(mevalar)
Natija:
{'gilos', 'bexi', 'anor', 'olma', 'shaftoli'}

To’plam elementlariga bir nechta elementlarni qo’shish update() metodi yordamida amalga oshiriladi. Masalan,


mevalar = {"olma", "gilos", "shaftoli", "bexi"}
mevalar.update(["kivi", "banan", "apelsin"])
print(mevalar)
Natija:
{'shaftoli', 'apelsin', 'gilos', 'bexi', 'olma', 'kivi', 'banan'}

To’plam elementlari sonini aniqlash len() metodi yordamida aniqlanadi.


mevalar = {"olma", "gilos", "shaftoli", "bexi"}
print(len(mevalar))
Natija: 3

To’plam elementlari o’chirish remove() yoki discard() metodlari yordamida aniqlanadi. Masalan, mevalar to’plamidan "gilos" elementini o’chirib tashlaylik:


mevalar = {"olma", "gilos", "shaftoli", "bexi"}
mevalar.remove("gilos")
print(mevalar)
Natija:
{'bexi', 'olma', 'shaftoli'}



Download 4,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish