Masala: a va b natural sonlarining eng katta umumiy bo’luvchisi d ni topishda foydalanadigan Evklid algoritmini ko’rib chiqaylik. Bu algoritmning so’zlar orqali berilishi avvalgi mavzuimizda bayon qilingan.
Sodda dasturlar
Kompyuter dasturi – bu ko’rsatmalar to’plami bo’lib, ko’rsatmalar asosida kompyuter u yoki bu amalni ketma-ket bajaradi. Kompyuterda tuzilgan dastur buyruqlar yoki ko’rsatmalar ketma-ketligidan tashkil topgan bo’lib, kompyuterga nimani qanday bajarishni belgilab beradi. Kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlar to’plami dasturiy ta’minot deyiladi. Har qanday elektron qurilma o’zining dasturiy ta’minotiga ega bo’ladi. Dasurlar nafaqat kompyuterlarni balki, mobil telefonlarni, o’yinga mo’ljallangan qurilmalarni, shuningdek meditsinada, boshqaruvda ishlatiladigan ko’plab qurilmalar ishini boshqaradi.
Insonlar ko’plab tillarda suxbatlashganliklari kabi kompyuterlar ham ko’plab yaratilgan tillarda ishlaydi. Bunday tillar kompyuter tillari deyiladi. Kompyuter tillari inson va mashina tushunadigan buyruqlardan tashkil topib, kompyuter va inson muloqotini engillashtiradi.
Hozirgi vaqtgacha bir qator dasturlash tillari ishlab chiqilgan. Har bir dasturlash tili o’zining imkoniyati, dasturlash muhiti, foydalanuvchilar doirasi bilan farqlanadi. Python o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari bilan dasturlash tilini yangi o’rganayotganlar uchun ham, professonal dasturchilar uchun ham mos keladi. Eng asosiysi oz vaqt va bilim sarflangan holda Python da samarali dasturlar tuzish imkonini beradi.
O’qish (kiritish) funksiyasi
Ma’lumotlarni klaviatura orqali dasturga kiritish, o’zgaruvchilarga qiymatlar berish uchun input() funksiyasidan foydalaniladi. Masalan, input funksiyasidan so’ng ochilgan va yopilgan kichik qavs belgilari qo’yiladi. So’ngra Enter tugmasi bosiladi va Python standart muxiti bizdan klaviatura orqali ma’lumot kiritishni kutadi. Biz bu erda ixtiyoriy ko’rinishdagi son yoki satr ko’rinishidagi ma’lumotlarni kiritishimiz mumkin bo’ladi. input funksiyasi orqali kiritilgan har qanday ma’lumot satr ko’rinishida qabul qilinadi.
>>> input()
32.14
’32.14’
Biror o’zgaruvchiga qiymat berish va uni shu o’zgaruvchida saqlab turish uchun o’zgaruvchi nomini, qiymat berish operatori, so’ngra input() operatori yoziladi. Masalan, x = input(), unda x – o’zgaruvchi nomi (indentifikator). Enter tugmasi bosilib, sistema taklifiga ko’ra biror sonni masalan, 36 sonini klaviatura orqali kiritaylik. U holda klaviatura orqali kiritilgan satr, x o’zgaruvchi orqali o’zlashtiriladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, input() operatorida o’zgaruvchilar tipi e’lon qilinmagan bo’lsa, ular satr ko’rinishida qabul qilinadi.
Aniqroq qilib aytganda x o’zgaruvchi klaviatura orqali kiritilgan 36 ob’ektiga murojaat qiladi. k ni oynaga chiqarsak, ‘36’ namoyon bo’ladi.
>>> k = input()
36
>>> k
'36'
Tushunish oson bo’lishi uchun sodda salomlashish dasturi bilan tanishib o’taylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |