Dastur kodi
|
Mazmuni, natija
|
print('Ismingiz -')
|
“Ismingiz -” so’zi oynaga chiqariladi
|
name = input()
|
# Klaviatura orqali kiritilgan satr o’qiladi va name o’zgaruvchi orqali o’zlashtiriladi, masalan Axmadjon so’zi kiritiladi
|
print('Assalomu alaykum, ' + name + '!')
|
Oynaga “Assalomu alaykum, Axmadjon” matni chiqariladi.
|
Python tilida dastur kodini yozish uchun dasturlar oynasiga o’tish talab qilinadi. Buning uchun Python ning IDLE standart oynasidan File-Mew File (Ctrl+N) orqali amalga oshiriladi (8a-rasm).
Dastur oynasiga dastur kodi kiritilib, Run tugmasi yoki F5 tugmasini ishga tushiriladi. Oynada *untitled* nomli dasturlar oynasi ochiladi (8b-rasm).
Untitled bu dasturning oraliq nomi bo’lib, dastur xotiraga olinganda uning nomi *.py kengaytmali faylga o’zgaradi, ya’ni Python tilida yozilgan dastur kengaytmasi *.py ko’rinishida bo’ladi.
Agar dastur birinchi bor xotira olinayotgan bo’lsa (agar dasturga oldindan nom berilgan yoki mavjud fayl ochilmagan bo’lsa) “Save Before Run or Check” nomli muloqot oynasi paydo bo’ladi va undan “Ok” tugmasini ishga tushiriladi (8b-rasm). “Сохранение” oynasidan dasturni taklif qiligan papkaga yoki foydalanuvchi tomonidan yaratilgan papka ochiladi. Oynaning imya fayla maydoniga dastur nomi beriladi va “Сохранить” tugmasi bosiladi (8c-rasm). Shu tariqa yangi dastur xotiraga olinadi va undan ixtiyoriy paytda foydalanish imkoni yaratiladi.
Ushbu ko’rinishdagi dasturlarda klaviatura orqali kiritilgan ma’lumotlar input()orqali o’zlashtiriladi (o’qiladi) va natija oynaga chiqariladi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, input() operatorida o’zgaruvchilar tipi e’lon qilinmagan bo’lsa, ular satr ko’rinishida qabul qilinadi. Shuning uchun 9-rasmda a o’zgaruvchi qiymati 5 soniga emas 5 satr ko’rinishidagi belgiga murojaat qilib uni o’zlashtirdi. Shuningdek, b o’zgaruvchi 6.1 satr ko’rinishidagi belgilarni o’zlashtirganligi uchun natija 56.1 ko’rinishidagi satrga teng bo’ldi. Bu misolimizda 5 va 6.1 lar satr ko’rinishida o’zlashtiriladi va ular bir–biriga ulangan holda namoyon bo’ladi (9-rasm).
9-расм. Pytonнинг стандарт ва дастурлар ойнаси
Masala. Ikki a va b sonlarining yig’indisini hisoblash dasturi tuzilsin.
Yig’indini hisoblash talab qilinganligi uchun, kiritilayotgan sonlarning tipi e’lon qilinishi talab qilinadi. Bunday holda input() operatori oldiga uning tipi qo’shib yoiladi. Masalan, agar kiritilayotgan son tipi butun bo’lsa int(input()) kabi yozilishi mumkin.
Quyidagi dastur kodida a va b sonlarga qiymat berish so’ralgan. Uchinchi satr s = a + b ko’rinishida bo’lib, bunda tenglikning o’ng tomonidagi a + b ob’ekt hisoblanadi. s o’zgaruchi esa ob’ekga murojaat bo’lib, a va b larning yig’indisiga murojaat qiladi va natijani o’zida saqlaydi.
a = int(input())
b = int(input())
s = a + b
print(s)
8
6
Natija: 14
O’zgaruvchilarni nimaga murojaat qilishini ko’rish uchun id () so’zidan foydalaniladi. Masalan yuqoridagi misolimizda a o’zgaruvchi nimaga murojaat qilayotganligini ko’rish uchun print(id(b)) funksiyasidan foydalaniladi.
Shuningdek murojaat qilayotgan o’zgaruvchining tipini aniqlash uchun type() so’zidan foydalanamiz. Masalan yuqoridagi misolimizdagi b o’zgaruvchi murojaat qilayotgan ob’ektning tipini aniqlash uchun print ( type(b) ) funksiyasidan foydalanamiz.
Dastur kodi
|
Natija
|
a = input()
b = input()
s = a + b
print(s)
print(id(b))
print (type(b))
|
5
6,4
56,4
672798938032
|
10-rasm. Dastur kodi va natijasi
|
Dastur kodi albatta oynaning chap burchagidan probellarsiz yozilishi zarur. Agar 10-rasmda ko’rsatilgan dastur kodida a o’zgaruvchi oldida probel (bo’sh joy) tashlangan bo’lsa xatolik yuzaga keladi.
Masala. Uch o’lchovli fazoda berilgan ikki nuqta A(x1,y1,z1), B(x2,y2,z2) orasidagi masofani hisoblash dasturini tuzing.
Analitik geometriyadan ma’lumki, uch o’lchovli fazoda berilgan ikki nuqta orasidagi masofa formula bilan hisoblanadi.
# Ikki nukta orasidagi masofa
import math
x1 = int(input('x1 = '))
x2 = int(input('x2 = '))
y1 = int(input('y1 = '))
y2 = int(input('y2 = '))
z1 = int(input('z1 = '))
z2 = int(input('z2 = '))
s = math.sqrt((x2 - x1)**2 + (y2 - y1)**2 + (z2 - z1)**2)
print( 'S= ',s )
Natija:
x1 = 5
x2 = 6
y1 = 7
y2 = 2
z1 = 9
z2 = 4
S= 7.14142842854285
Ushbu dasturda ildiz chiqarish operatori sqrt funksiyasi math moduli (kutubxonasida) joylashganligi uchun dastur boshida math modulini import qilish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |