«bankrotlik to'G'risida»gi o'zbekiston respublikasi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida



Download 33,5 Kb.
Sana08.02.2017
Hajmi33,5 Kb.
#2057

«BANKROTLIK TO'G'RISIDA»GI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O'ZGARTISH VA QO'SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA


(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2011 y., 40-son, 411-modda)

Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 11 avgustda qabul qilingan


Senat tomonidan 2011 yil 26 avgustda ma'qullangan

1-modda. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Bankrotlik to'g'risida»gi 1054–XII-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan 474–II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 5, 63-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 414-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010 yil, № 9, 337-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

1) 10-moddaning o'n birinchi qismidagi «besh» degan so'z «ikki» degan so'z bilan almashtirilsin;

2) 49-moddaning birinchi jumlasidagi «uch» degan so'z «ikki» degan so'z bilan almashtirilsin;

3) 52-moddaning to'rtinchi qismidagi «o'n» degan so'z «etti» degan so'z bilan almashtirilsin;

4) 59-moddaning birinchi qismi birinchi jumlasidagi «bir oylik» degan so'zlar «o'n besh kunlik» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

5) 71-moddaning birinchi qismi uchinchi jumlasidagi «o'n» degan so'z «besh» degan so'z bilan almashtirilsin;

6) 110-moddaning:

o'n uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Takroriy kim oshdi savdosini o'tkazish maqsadida tashqi boshqaruvchi kreditorlar yig'ilishi yoki kreditorlar qo'mitasining qaroriga muvofiq korxonani (biznesni) sotish to'g'risidagi yangi xabarni amalga oshmagan deb topilgan yoki korxona (biznes) sotilmagan kim oshdi savdosining sanasidan e'tiboran o'n besh kun ichida, ushbu Qonunning mazkur moddasida va 53-moddasida nazarda tutilgan tartibda e'lon qiladi. Bunda kim oshdi savdosi xabar e'lon qilingan sanadan e'tiboran kamida o'n besh kunlik muddat o'tgach, o'tkaziladi. Korxonani (biznesni) sotish narxi kreditorlar yig'ilishi yoki kreditorlar qo'mitasining qaroriga ko'ra pasaytirilishi mumkin, biroq bunda pasaytirish avvalgi kim oshdi savdosidagi narxning 10 foizidan ko'p bo'lmasligi kerak»;

o'n beshinchi qismidagi «bir oydan» degan so'zlar «o'n besh kundan» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

7) 124-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Xo'jalik sudi qarzdorning faoliyati xususiyatidan kelib chiqib, qarzdorni bankrot deb topish to'g'risidagi qarorida kreditorlar yig'ilishining va (yoki) tegishli davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iltimosnomasiga ko'ra qarzdorning faoliyatini to'xtatmasdan tugatishga doir ish yuritish o'tkazilishini ko'rsatishi mumkin»;

8) 127-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisidagi «ikki oy» degan so'zlar «bir oy» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

9) 134-moddaning o'n birinchi qismi «mazkur Qonunning 1421 va 143-moddalarida ko'rsatilgan hollar bundan mustasno» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;

10) 135-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonun hujjatlarida ayrim qarzdor korxonani (biznesni) yoki uning mol-mulki bir qismini banklarga sotishning yoki o'tkazishning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin»;

11) 142-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«qarzdorning ushbu Qonunning 1421 va 143-moddalarida nazarda tutilgan mol-mulki to'g'risidagi ma'lumotlar»;

12) quyidagi mazmundagi 1421-modda bilan to'ldirilsin:

«1421-modda. Majburiy to'lovlar va moliyaviy sanktsiyalar bo'yicha qarzdorligi mavjud bo'lgan qarzdorning realizatsiya qilinmagan mol-mulki

Majburiy to'lovlar va moliyaviy sanktsiyalar bo'yicha qarzdorligi mavjud bo'lgan qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari balansiga quyidagi hollarda o'tkaziladi, agar majburiy to'lovlar va moliyaviy sanktsiyalar bo'yicha qarzdorlik miqdori:

qarzdorning mol-mulki qiymatiga teng yoki undan ortiq bo'lsa, — birinchi navbatdagi boshqa kreditorlar ushbu mol-mulkni o'z talablarini qanoatlantirish hisobiga qabul qilishni rad etganda;

qarzdorning mol-mulki qiymatidan kam bo'lsa, — barcha navbatdagi kreditorlar ushbu mol-mulkni o'z talablarini qanoatlantirish hisobiga qabul qilishni rad etganda.

Qarzdorning ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan mol-mulki to'g'risida tugatish boshqaruvchisi mahalliy davlat hokimiyati organlarini yozma shaklda xabardor qiladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari yozma xabar olingan paytdan e'tiboran o'n besh kun ichida mol-mulkni balansga oladi va uni saqlab turishga doir barcha xarajatlarni o'z zimmasiga oladi. Mol-mulkni qabul qilishdan bosh tortilgan yoki bo'yin tovlangan taqdirda, tugatish boshqaruvchisi tegishli organni mazkur mol-mulkni qabul qilishga majburlash to'g'risidagi ariza bilan xo'jalik sudiga murojaat etishga haqli. Xo'jalik sudi mol-mulk mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansiga o'tkazilganligi to'g'risidagi hujjatlar asosida tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida ajrim chiqaradi.

Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq balansiga mol-mulk o'tkazilgan mahalliy davlat hokimiyati organi bu mol-mulkni belgilangan tartibda ochiq kim oshdi savdosida realizatsiya qilish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Bunda ko'chmas mol-mulk, shuningdek aktsiyalar, xo'jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi ulushlar davlat mulkini boshqarish bo'yicha vakolatli organ tomonidan ochiq kim oshdi savdosiga qo'yiladi, tushgan mablag'lar esa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi. Boshqa mol-mulk ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari orqali ochiq kim oshdi savdosiga qo'yiladi, tushgan mablag'lar esa mahalliy byudjet daromadiga yo'naltiriladi, qarzdorning qabul qilib olingan mol-mulkni saqlash bo'yicha qilingan xarajatlarini qoplash uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida qoldiriladigan mablag'lar bundan mustasno.

Qarzdorning mol-mulki ochiq kim oshdi savdosiga qo'yilgan paytdan e'tiboran bir yil ichida realizatsiya qilinmagan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu mol-mulkka nisbatan davlat mulkini tasarruf etishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda boshqa usullarini ham qo'llaydi»;

13) 143-modda:

quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan kreditorlarga kreditorlik qarzlarini uzish hisobiga taklif etiladi. Kreditor ushbu mol-mulkni qabul qilishga rozilik berish yoki uni rad etish yoxud ushbu masalani qonunda belgilangan hollarda kreditorning kuzatuv kengashiga yoki muassislari (ishtirokchilari) umumiy yig'ilishiga ko'rib chiqish uchun kiritish to'g'risida tugatish boshqaruvchisini realizatsiya qilinmagan mol-mulk haqida taklif olingan kundan e'tiboran o'n kun ichida yozma shaklda xabardor etadi. Kreditor tomonidan yozma xabarning belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi mol-mulkni qabul qilish rad etilishiga tenglashtiriladi»;

birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlar deb hisoblansin;

ikkinchi qismi «shuningdek» degan so'zdan keyin «majburiy to'lovlar va moliyaviy sanktsiyalar bo'yicha qarzdorligi bo'lmagan» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;

uchinchi qismidagi «bir oylik muddat» degan so'zlar «o'n besh kun» degan so'zlar bilan almashtirilsin.



2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Download 33,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish