11.Бухгалтерия операцияларини жорий назоратдан ўтказиш тартиби (Фронт-офис ходимлари, назоратчи-бухгалтер, суммаси, ҳужжатларининг асл ва электрон нусхалари, дастлабки назорат) Joriy nazorat- dastlabki nazoratdan oʻtkazilgan toʻlov hujjatlarining toʻgʻri rasmiylashtirilganligi va ularning elektron nusxalarining toʻgʻri rasmiylashtirilganligi qaytadan tekshiriladi hamda ulardagi imzolar va muhr izini oʻzlarida mavjud imzolar va muhr izi namunalari bilan solishtiriladi. Toʻlov hujjatlarining asl nusxasida Front-ofis xodimi yoki masʼul ijrochi buxgalterning imzolari va shtampi borligini hamda ularni oʻzida mavjud boʻlgan imzo namunalariga mos kelishini tekshiradi. Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter naqd pul cheki va eʼlonnomani oʻrnatilgan tartibda tekshirib, ularni imzolab Front-ofis xodimi yoki masʼul ijrochi buxgalterga qaytaradi. Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan bankning ichki moliyaxoʻjalik operatsiyalari boʻyicha kelib tushgan toʻlov hujjatlarining asl va elektron nusxalari hamda ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos boʻlgan bank tegishli boʻlinmalarining Xizmat farmoyishlarining nusxalari toʻgʻri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar yoʻqligi tekshiriladi. Pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari yoki ularning elektron faylida xato va kamchiliklar aniqlanganda, Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter toʻlov hujjatining asl nusxasiga imzo chekmasdan ularning xato va kamchiliklarini koʻrsatgan holda Frontofis yoki masʼul ijrochi buxgalterga ijrosiz qaytaradi. Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan joriy nazorat natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda, u toʻlov hujjatining asl nusxasiga imzo chekadi va uni Bekofis boshligʻiga yoki bosh buxgalterga tasdiqlash uchun joʻnatadi. Bek-ofis boshligʻi yoki bosh buxgalter belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, dastlabki va joriy nazoratdan oʻtgan pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarini qabul qilib oladi va ushbu toʻlov hujjatlarida qonunchilik hamda bankning ichki siyosatida oʻrnatilgan talablarga rioya qilinishi boʻyicha umumiy nazoratni amalga oshiradi. Bek-ofis boshligʻi yoki Bosh buxgalter barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalariga oʻrnatilgan tartibda imzo chekib, tasdiqlaydi va buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshiradi. Bank rahbari buyrugʻi bilan toʻlovlarni tasdiqlash boshqa bank xodimiga topshirilishi mumkin. Banklarda amaliyot kuni yakunlangandan soʻng, kunlik operatsiya hujjatlari oʻrnatilgan tartibda tikilib va rasmiylashtirilib yakuniy nazoratdan oʻtkazish uchun yakuniy nazorat xizmati xodimlariga topshiriladi va ularga elektron maʼlumotlar bazasiga kirish uchun ruxsat beriladi. Bunda yakuniy nazorat xizmati xodimiga topshirilayotgan kunlik yigʻmajild raqamlangan va broshyuralanib tikilgan boʻlishi shart. Yakuniy nazorat xizmati tomonidan keyingi bank ish kunidan kechikmagan holda elektron maʼlumotlar bazasiga kirib, bankda amalga oshirilgan barcha operatsiyalar Bosh va yordamchi kitoblardagi amal qilib turgan shaxsiy hisobvaraqlarda toʻgʻri aks ettirilganligini pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari bilan solishtirib tekshirishdan oʻtkaziladi. Kunlik chop etilib, yigʻmajildga tikilgan balans maʼlumotlari bilan uning elektron balans maʼlumotlari bir-biriga mos kelmagan holda, zudlik bilan rahbariyatga maʼlumot beriladi va shu kunning oʻzida uning sabablari toʻgʻrisida Bek-ofis boshligʻi yoki bosh buxgalter va Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish xizmati xodimlari ishtirokida dalolatnoma tuziladi. Bundan tashqari yakuniy nazorat xodim bank operatsiyalarini bajarish uchun asos boʻlgan barcha hujjatlarni talab qilishga va ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada toʻgʻri va maqsadga muvofiq bajarilganligi boʻyicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin.