Банкларда молиявий ҳисоб


Жамғарма омонатлар ва уларнинг ҳисоби (Банк омонати шартномаси, омонат кассаси назоратчиси, 20400, шахсий ҳисобварақ, миллий валюта, омонатчи)



Download 138,06 Kb.
bet21/56
Sana26.02.2022
Hajmi138,06 Kb.
#468026
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56
Bog'liq
ЯН саволлари - Abdijabbar Nurmukhammedov

29.Жамғарма омонатлар ва уларнинг ҳисоби (Банк омонати шартномаси, омонат кассаси назоратчиси, 20400, шахсий ҳисобварақ, миллий валюта, омонатчи).
Chet el valutasidagi talab qilib olinguncha, jamgʻarma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish tartibi. Mijozlar tomonidan chet el valutalarida hisobvaraqlar ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
a) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza, imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan ikki dona varaqcha, mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
b) tadbirkorlik faoliyati subyekti boʻlmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan muvofiq hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza; imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan ikki dona varaqcha; tadbirkorlik faoliyati subyekti boʻlmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan taʼsis hujjatlari hamda ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari, shuningdek, yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
d) norezidentlar tomonidan hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza; davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi; imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan ikki dona varaqcha; norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
e) rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza
30.Муддатли омонатлар ва уларнинг ҳисоби (Банк омонати шартномаси, 20600, омонат кассаси назоратчиси, шахсий ҳисобварақ, миллий валюта, омонатчи).
Bank omonati shartnomasida belgilangan muddat tugaganidan keyin qaytarish sharti bilan jalb qilingan omonatlar muddatli omonatlar hisoblanadi. Muddatli omonatlar bo‘yicha bank bilan omonatchi o‘rtasida muddatli bank omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzilganidan so‘ng, muddatli bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan omonat summasini qo‘yishi shart. Qo‘shimcha mablag‘lar kiritish tartibi muddatli bank omonati shartnomasida belgilanishi lozim.Agar omonatchi muddatli omonatni muddati tugagunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida bo‘lsa, u o‘zining bu niyatidan bankni omonatni olishni mo‘ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.Muddatli omonatlar qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Bunda bir yilgacha muddatga qabul qilingan omonatlar qisqa muddatli omonatlar, bir yildan ortiq muddatga qabul qilingan omonatlar uzoq muddatli omonatlar hisoblanadi. Omonatchi muddatli omonat summasini muddat tugaganidan keyin muddatli bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar muddatli bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma omonatni talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.Yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon xo‘jaliklarining muddatli omonatlariga mablag‘lar ularning asosiy hisobvarag‘idan o‘tkaziladi va omonat muddati tugagach yoki muddatli bank omonati shartnomasi bekor qilingan hollarda muddatli omonatidagi mablag‘lar ularning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Muddatli omonatlar hisobi “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga (ro‘yxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) muvofiq “20600 — Muddatli depozitlar” hisobvaraqlarida yuritiladi.
31.Банкларда омонатлар бўйича фоизларни ҳисоблаш ва тўлаш тартиби ҳамда бухгалтерия ҳисобида акс эттирилиши (ҳисобланган тўланадиган фоизлар, ҳисоблаб ёзиш усули, фоизли харажатлар, омонатлар).
Bank tomonidan omonatlar bo‘yicha foizlar hisoblash “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida nizom” (ro‘yxat raqami 1306, 2004-yil 30-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 4-son, 51-modda) asosida amalga oshiriladi.
Omonatlarga to‘lanadigan foiz stavkalari banklar tomonidan qonun hujjatlari talablari doirasida belgilanadi.Bank omonati shartnomasida to‘lanadigan foizlar miqdori haqida shart bo‘lmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to‘lanadigan miqdorda foizlar to‘lashi shart. Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to‘lanadigan foizlar miqdorini o‘zgartirish huquqiga ega.Bank foizlar miqdorini kamaytirgan taqdirda, foizlarning yangi miqdori foizlar kamaytirilganligi haqida omonatchilarga xabar berilganidan keyin qo‘yilgan omonatlarga nisbatan qo‘llanadi. Agar bank omonati shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu xabarga qadar qo‘yilgan omonatlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori tegishli xabar berilgan paytdan bir oy o‘tganidan keyin qo‘llanadi.Bank, omonat foizlari miqdorini kamaytirganligi haqida shaxsan har bir omonatchini rasmiy ravishda xabardor qilishi lozim.
Jamg‘arma va muddatli omonatlar bo‘yicha bank omonati shartnomasida belgilangan foizlar miqdorini, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, bank tomonidan bir tomonlama kamaytirilishi mumkin emas. Ushbu omonatlar bo‘yicha mablag‘lar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat bo‘yicha foizlar to‘lanmaydi. Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko‘ra omonatchining hisobvarag‘idan o‘chirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi. Omonatchining hisobvarag‘i xatlanganligi oqibatida bank ushbu hisobvaraqdagi mablag‘lardan foydalana olmagan davr uchun foizlar yozilmaydi.Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bank omonati summasiga foizlar har bir oy o‘tganidan keyin omonatchining talabi bilan omonat summasidan alohida to‘lanadi, bu muddatda talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qo‘shilib boradi.Omonatga topshirilgan mablag‘ qo‘yilgan kunning o‘zida to‘liq yoki qisman qaytadan berilsa, foizlarni hisoblashda omonat berilgan kun hisobga olinmaydi.Qo‘shimcha mablag‘lar qabul qilinganda, foizlar hisoblash uchun operatsiya amalga oshirilgan kundan keyingi kundan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko‘ra omonatchining hisobvarag‘idan o‘chirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi. Banklar omonatchilar bilan kelishilgan holda omonat bo‘yicha foizlarni oldindan to‘lab berishi mumkin. Agar omonatchi omonat summasini muddatdan oldin olish niyati bo‘lsa va omonatning haqiqatda saqlangan muddatiga hisoblangan foizlar summasi bo‘nak tariqasida oldindan berib yuborilgan summadan kam bo‘lsa, o‘rtadagi farq omonat summasidan chegirib qolinadiTalab qilib olinguncha saqlanadigan omonat omonatchining talabi bilan, shuningdek, muddatli va jamg‘arma omonatlar muddati tugashi bilan qaytarilganda, shu paytgacha yozilgan hamma foizlar to‘lanadi. Omonatchi jismoniy shaxslar tomonidan bir necha yillar uchun hisoblangan foizlar yozilmagan omonat daftarchasi taqdim qilinganda, bu foizlar summasi omonat daftarchasida har bir yil uchun alohida yoziladi, omonat qoldig‘i esa, oxirgi yil uchun hisoblangan foizlar yozuvidan keyin foizlar summasini qo‘shgan holda so‘z bilan yoziladi.
32.Мижознинг асосий ҳисобварағини бошқа банкка ўтказиш, ҳисобварақ бўйича операцияларни тўхтатиш ва ҳисобварақни ёпиш тартиби (ариза, чек дафтарчалари, мижоз юридик йиғмажилди, банк ҳисобварағи шартномаси, тугатиш комиссияси).
Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish uchun mijoz tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka ariza taqdim etiladi va chek daftarchalari qaytariladi. Shundan so‘ng bank mijozning hisobvarag‘idagi qoldiqni yozma ravishda tasdiqlaydi.Mijoz asosiy hisobvarag‘i yopilayotgan bankdan olingan tasdiqnomani ariza bilan birga asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankka taqdim etadi. Ushbu arizaga asosan, asosiy hisobvaraq ochilayotgan bank mijozga vaqtinchalik 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘ini ochadi va bu to‘g‘risida mijoz hamda hisobvaraq yopilayotgan bankka yozma ravishda xabar beradi. Mijoz vaqtinchalik hisobvaraq ochilganligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan so‘ng asosiy hisobvaraq yopilayotgan bankka asosiy hisobvaraqdagi mavjud mablag‘lar qoldig‘ini asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankdagi vaqtinchalik ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazish to‘g‘risida to‘lov topshiriqnomasi taqdim etadi. Asosiy hisobvaraqni yopayotgan bank mijoz yuridik yig‘majildidagi hujjatlar va 2-sonli kartotekadagi (agar, mavjud bo‘lsa) to‘lov hujjatlari ro‘yxatini kiritib, ushbu hujjatlar asosiy hisobvaraq ochayotgan bankka topshirilganligi haqida ikki nusxada dalolatnoma tuzadi. Dalolatnomaga bank vakolatli xodimlarining imzolari va bank muhri qo‘yiladi.Dalolatnomaning har ikki nusxasiga mijozning yuridik yig‘majildidagi hujjatlar va 2-sonli kartotekadagi to‘lov hujjatlarining asl nusxalari ilova qilinib, pochta, feldyeger aloqasi yoki kuryer orqali asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankka yetkazib beriladi.Asosiy hisobvaraqni ochayotgan bank ushbu dalolatnomaga ilova qilingan hujjatlarni qabul qilib olgandan keyin mazkur dalolatnomaga ilova qilingan yuridik yig‘majilddagi hujjatlar va 2-sonli kartotekadagi to‘lov hujjatlarining asl nusxalarini olganligini tasdiqlash uchun bank vakolatli xodimlarining imzolari va bank muhri qo‘yiladi. Dalolatnomaning bir nusxasi pochta, feldyeger aloqasi yoki kuryer orqali asosiy hisobvaraq yopilayotgan bankka yetkazib beriladi.Ushbu hujjatlarni hisobvaraq egasi yoki uchinchi shaxslar orqali berib yuborish qat’iyan taqiqlanadi.Dalolatnomaning asosiy hisobvaraq ochayotgan bankning vakolatli xodimlari tomonidan imzolangan va muhr qo‘yilgan nusxasi olingandan keyin mijoz tomonidan yopilayotgan asosiy hisobvaraqdagi mablag‘larni ushbu hisobvaraq ochilayotgan bankda ochilgan vaqtinchalik hisobvaraqqa o‘tkazish to‘g‘risidagi to‘lov topshiriqnomasi ijro qilinadi.Asosiy hisobvaraqni yopayotgan bank berib yuborilgan barcha hujjatlardan nusxa ko‘chirib, belgilangan tartibda o‘z arxivida saqlaydi.Asosiy hisobvaraqni ochayotgan bank ushbu hisobvaraqni yopayotgan bankdan hujjatlar va mablag‘larni olgandan keyin mijozga yangi asosiy hisobvaraqni ochadi, unga vaqtinchalik hisobvarag‘idagi qoldiqni o‘tkazadi va mazkur vaqtinchalik hisobvaraqni yopadi.Asosiy hisobvaraq o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot axborotlar bazasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda saqlanadi. Ushbu muddat tugagandan so‘ng o‘tkazilgan asosiy hisobvaraq to‘g‘risidagi ma’lumot arxivlanadi va belgilangan tartibda saqlanadi. O‘tkazilgan asosiy hisobvaraq bo‘yicha kelib tushgan to‘lov hisob-kitob hujjatlari ro‘yxatdan o‘tkazilgach, quyidagi mazmundagi xabar bilan jo‘natuvchiga qaytariladi: “Hisobvaraq yopildi. __ bankning __ filialiga murojaat qiling”.

Download 138,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish