Банкларда молиявий ҳисоб


Бек офис ва унинг фунциялари (дастлабки назорат, якуний назорат бўлими, ссуда-депозит (омонат) операциялари, ички хўжалик операциялари)



Download 138,06 Kb.
bet13/56
Sana26.02.2022
Hajmi138,06 Kb.
#468026
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
Bog'liq
ЯН саволлари - Abdijabbar Nurmukhammedov

16.Бек офис ва унинг фунциялари (дастлабки назорат, якуний назорат бўлими, ссуда-депозит (омонат) операциялари, ички хўжалик операциялари)
Bek-ofisning asosiy vazifasi Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan oʻtkazilib, maʼqullangan barcha bank operatsiyalarni qaytadan joriy nazoratdan oʻtkazib, ularni ikkiyoqlama yozuv yordamida buxgalteriya registrlarida qayd etish va tegishli hisobotlar tayyorlashdan iborat. Bek-ofis mijozlar bilan bevosita muloqotda boʻlmaydi. U, mijozlar operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boʻyicha Front-ofis bilan, bankning ichki moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boʻyicha bank maʼmuriyati bilan aloqada boʻladi. Bek-ofisga Bek-ofis boshligʻi rahbarlik qiladi va u oʻz navbatida bank rahbariga boʻysunadi. Bek-ofis quyidagi boʻlimlardan iborat boʻlishi mumkin: hisob va hisob-kitob operatsiyalari boʻlimi; kliring va plastik kartochkalar emissiyasi boʻlimi; ssudadepozit bitimlar boʻlimi (guruhi); statistik maʼlumotlar boʻlimi; ichki xoʻjalik operatsiyalari boʻlimi; yakuniy nazorat boʻlimidan iborat boʻladi.
17.Ҳужжат реквизитлари ва уларни банк операцияларидаги аҳамияти (ҳужжат турлари, томонлар, расмийлаштириш, архивлаш)
Buxgalteriya hisobida hujjat deganda – amalga oshirilgan xoʻjalik muomalasi toʻgʻrisida yozma guvohlikni tasdiqlash va buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga yuridik kuch bagʻishlashdir. Bank hujjatlari – operatsion kun davomida mijozlardan qabul qilingan pultoʻlov-hujjatlari yoki bankning ichki xojalik operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida rasmiylashtiriladigan namunaviy shakldagi ish qogʻozlari (blanka) tushuniladi. Ushbu namunaviy shakldagi ish qogʻoz (blanka) lar bank xodimlari tomonidan kuzatish, yigʻsih, guruhlash va qayta ishlash orqali tegishli hisob regisrtrlari hamda shakllarida hujjatlashtirib boriladi. Buxgalteriya hisobining registrlari deb, boshlangʻich va yigʻma hujjatlarda aks ettirilgan xoʻjalik mablagʻlari, ularning tashkil topish manbalarini iqtisodiy mazmuniga koʻra guruhlash hamda xoʻjalik muomalalarining tarkibi va harakatini hisobga olishda qoʻllaniladigan maxsus shakldagi jadvallarga aytiladi. Buxgalteriya hisobi registrlariga jurnallar, qaydnomalar, daftarlar, kartochkalar hamda tasdiqlangan blanklar kiradi. Buxgalteriya hisobining shakli deb, buxgalteriya hisobi yozuvlarini ma’lum texnika vositasidan foydalanib tashkil qilishga aytiladi. Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining obyektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish usulidir. Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining obyektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish usulidir. Buning uchun har bir alohida operastiya uchun yoki ularning bir turdagi guruhi uchun dastlabki hisob axborotini muayyan moddiy tashuvchisi tuziladi. Unda amalga oshirilgan operasiyaning mazmuni qayd etiladi. Hisob ishlarini umumlashtirishga faqat toʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar, ya’ni belgilangan texnik andozalarda koʻzda tutilgan barcha rekvizitlari toʻldirilgan hujjatlar qabul qilinadi. Buxgalteriya hisobi hujjatlarining rekvizitlari quyidagilardir: subyektning nomi; hujjatning nomi; uning raqami va sanasi; xoʻjalik muomalasining qisqacha mazmuni; uning miqdoriy puldagi ifodasi; mazkur xoʻjalik muomalasi uchun javobgar shaxslarning ism-sharifi; mazkur xoʻjalik muomalasi uchun javobgar shaxslarning shaxsiy imzolari; xoʻjalik muomalalarining xarakteri va hisob axborotiga ishlov berish texnologiyasiga bogʻliq holda birlamchi hujjatlarga boshqa zarur rekvizitlar ham kiritilishi mumkin. Hujjatlarga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilardir: oʻz vaqtida tuzish; toʻliq va ishonchli boʻlishi; xoʻjalik faoliyati ustidan dastlabki va joriy nazoratni olib borish. Buxgalteriya hisobida qoʻllaniladigan hujjatlar belgilari boʻyicha tavsiflanadi: tuzilgan joyi boʻyicha; aks ettirilgan xoʻjalik muomalalarning hajmiga koʻra; qamrab olish usuliga koʻra; maqsadiga koʻra.
Tuzilgan joyiga koʻra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga boʻlinadi. Tashqi hujjatlar ‒ mol yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar, soliq idoralari hamda boshqa yuridik shaxslardan kelib tushadigan hujjatlar (yukxatlar, hisobvaraq-fakturalar, bank koʻchirmalari, inkasso topshiriqnomalari va boshqalar) kiradi. Ichki hujjatlar – subyektning oʻzida rasmiylashtirilgan va korxona doirasidan chetga chiqmaydigan hujjatlar (subyekt rahbarining buyruqlari, moddiy boyliklarni ichki koʻchirish yukxatlari va boshqalar) kiradi. Aks ettirilgan xoʻjalik muomalalarining hajmiga koʻra birlamchi hujjatlar va yigʻma hujjatlarga boʻlinadi. Birlamchi hujjatlar – sodir etilgan paytida bitta xoʻjalik muomalasiga rasmiylashtiriladigan hujjatlar. Yigʻma hujjatlar - muayyan bir hisob obyektiga tegishli boʻlgan birlamchi hujjatlar boʻyicha tegishli guruh va tizimlarga ajratish yoʻli bilan tuziladi. Qamrab olish usuliga koʻra, bir martalik hujjatlar va jamgʻaruv hujjatlariga boʻlinadi. Bir martalik hujjatlar - xoʻjalik operatsiyasi bir martada amalga oshirilganda va ushbu jarayon ana shu bilan yakunlanganda tuziladi. Jamgʻaruv hujjatlari - ma’lum bir davr mobaynida bir hisob obyektiga tegishli boʻlgan xoʻjalik operatsiyalariga doir hujjatlarni jamgʻarish yoʻli bilan tuziladi. Maqsadiga koʻra hujjatlar quyidagi turlarga boʻlinadi: farmoyish hujjatlari; tasdiqlovchi hujjatlar; kombinatsiyalashtirilgan hujjatlar; buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatlari; axborot hujjatlari. Farmoyish hujjatlari biror-bir xoʻjalik muomalasini amalga oshirish uchun buyruq yoki koʻrsatma beradigan hujjatlardir. Ushbu turdagi hujjatlarga xodimni ishga olish yoki uni ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruq va boshqa shu kabi hujjatlar kiradi. Farmoyish hujjatlarida berilagʻtgan topshiriqning mazmuni, bajarilish muddati va tartibi, shuningdek bajaruvchi shaxs koʻrsatiladi. Bunday hujjatlar asosida buxgalteriya hisobvaraqlarida yozuv qilinmasdan, balki subyekt rahbarining xodimlar faoliyati yuzasidan nazorat oʻrnatishni ta’minlaydi. Tasdiqlovchi hujjatlar - subyektlarda muayyan bir xoʻjalik muomalasining sodir boʻlganligini isbotlovchi hujjatlardir. Bunday turdagi hujjatlarga yukxatlar, dalolatnomalar, kvitansiyalar, hisobvaraq-fakturalar va boshqa shu kabi hujjatlar misol boʻladi. Tasdiqlovchi hujjatlar xoʻjalik muomalasi sodir boʻlgan paytda tuziladi, shuning uchun ham boʻlib oʻtgan xoʻjalik muomalasini hisobda aks ettirishda asos boʻlib xizmat qiladi. Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlar farmoyish va tasdiqlovchi hujjatlarning xususiyatlarini oʻzida mujassam qiladi. Ushbu turdagi hujjatlarda xoʻjalik muomalasini amalga oshirish uchun berilgan farmon va shu muomala bajarilganligini aks ettiruvchi hisobotning boʻlishi juda qulaydir. Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlarga kassa chiqim orderi kiradi. Bu hujjatda pulning kassir tomonidan berilganligini isbotlovchi ma’lumot bilan birga pulning toʻlanishi zarur ekanligini koʻrsatuvchi farmoyish ham mavjuddir.
Buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatlari - buxgalteriya hisobi xodimlari tomonidan hisob ishlarini tezlashtirish va ixchamlashtirish uchun tuziladi. Bunday hujjatlarga buxgalteriya ma’lumotnomalari, amortizatsiya hisoblash jadvallari, foydani taqsimlash boʻyicha hisob-kitoblar va boshqa hujjatlar kiradi. Axborot hujjatlari subyekt rahbarlariga va tegishli yuqori organlarga zarur axborot ma’lumotlarini berish uchun xizmat qiladi. Bunday hujjatlarga moddiy boyliklarni sotib olish uchun tuzilgan shartnomalar, moddiy qiymatliklarning normativlari va boshqa shu kabi hujjatlar kiradi. Hozirgi vaqtda hisob ishlarini avtomatlashtirish keng yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu, oʻz navbatida, xoʻjalik muomalalarini hujjatlashtirishni yangi bosqichga koʻtarmoqda. Xoʻjalik muomalalarini hujjatlashtirishning va dastlabki hujjat ma’lumotlarini hisoblash mashinalariga kiritishning yaxshilanishini har xil zamonaviy ma’lumot tashuvchi vositalardan foydalanish yoʻli bilan amalga oshirish istiqbolli yoʻllardan biri hisoblanadi. Dastlabki hujjatlar qayta ishlanib, guruhlarga ajratiladi va yigʻma hujjatlar shaklida tikiladi hamda bu hujjatlar maʼlum bir davr ichida roʻy bergan operatsiyalar yuzasidan toʻla maʼlumotlar olish imkoniyatini beradi. Yigʻma hujjatlarga bank amaliyotida sodir boʻlgan hisob-kitob-pul hujjatlari, kassir hisobotini misol tariqasida keltirish mumkin.
18.Бухгалтерия аппаратини Фронт-офис ва Бек-офисга ажратиш зарурияти (мижозларга хизмат кўрсатиш, банк ходимларини ўзаро назорат қилиш тизими, мижоз операцияларининг назорати, ҳужжатларнинг расмийлаштирилиши)
Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratishning zarurati quyidagilar bilan izohlanadi: – tarkibiy boʻlinmalarning asosiy vazifalari; – mijozlarga xizmat koʻrsatish; – nazoratni amalga oshirish.
Tarkibiy boʻlinmalarning asosiy vazifalari Bank tarkibiy tuzilmasining masʼuliyatini belgilash uchun, ular bajaradigan operatsiyalari tavsifidan kelib chiqqan holda, boʻlimlar boʻyicha vazifalar taqsimlashning taxminiy doirasi aniqlanadi. Shuni qayd etish zarurki, boʻlinmaga yuklatiladigan vazifalar doirasi qatʼiy boʻlishi shart emas. Bank boʻlinmalarida koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmi va bank operatsiyalarining avtomatlashtirilgan darajasiga bogʻliq ravishda, Bek-ofis yoki Front-ofis tarkibida ayrim boʻlim/sektor boʻlmasligi mumkin. Bunday hollarda, bir boʻlim/sektor vazifalarini boshqa boʻlim/sektor bajarishi koʻzda tutiladi. Vazifalar, bank tarkibiy tuzilmasining har bir boʻlimi uchun alohida taqsimlanadi. Mijozlarga xizmat koʻrsatish. Mijozlarga bankning barcha xizmatlar majmuasi faqat Front-ofis boʻlimida koʻrsatilganligi bois, mazkur boʻlim bank xizmatlarining barcha turlarini yaxshi biladigan malakali mutaxassislardan tashkil etilishi shart. Bunda, shart-sharoitlar va bank tomonidan mijozlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar roʻyxati eʼlon qilinishi hamda mazkur xizmatlardan bankning mavjud va boʻlgʻusi mijozlari xabardor qilinadi. Xizmat koʻrsatish jarayonida nostandart - koʻzda tutilmagan holatlar kelib chiqishi ehtimoli mavjudligini inobatga olgan holda, aniq xizmatlar turi boʻyicha paydo boʻlgan savollarni joyida hal qiluvchi va tegishli operatsiyalarni butunlay nazorat qilish salohiyatiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan jamlangan boʻladi. Shundan kelib chiqqan holda, operatsiyalarni amalga oshirishda masʼul ijrochi bilishi lozim boʻlgan qonunchilik doirasi qanchalik kichik boʻlsa, uning ishi tez va sifatli boʻladi. Shuning uchun, Front-ofis masʼul ijrochilari oʻrtasida mijozlarni taqsimlashda, bir masʼul ijrochida bir toifali mijozlar boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Bunda, mijozning mavjud barcha hisobvaraqlariga bir masʼul ijrochi tomonidan xizmat koʻrsatiladi. Nazoratni amalga oshirish. Front-ofis zimmasiga mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning rasmiylashtirilishi va ular tomonidan boshlangan operatsiyalarning toʻgʻriligini dastlabki nazorat qilish yuklatiladi. Qoʻshimcha nazorat zarur hollarda Front-ofis xodimi operatsiyalar boʻyicha hujjatlarni nazoratchi xodimga taqdim etadi. Bank tomonidan amalga oshiriladigan mijoz operatsiyalarining nazoratini oʻz xususiyatlari boʻyicha quyidagi turlarga ajratish mumkin: mijozning shartnomaga asoslangan harakatini tekshirish; mijoz oʻz operatsiyalarini qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda bajarayotganligini tekshirish; hujjatlarning rasmiylashtirilishiga qoʻyilgan talablarga rioya qilinishini taʼminlash; toʻlovlarni amalga oshirish uchun moliyaviy sharoitlar mavjudligini aniqlash.
19.Банк бош бухгалтерининг вазифалари, ҳуқуқлари ва жавобгарлиги (пул маблағлари, бухгалтерия ҳисоби ва назорат ишлари тўғри ташкил этилиши, текшириш, мижозларга ҳисобварақлар очиш, банк амалиёт кунини тўлиқ якунлаш, кунлик баланс)
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish va buxgalteriya xodimining huquq hamda majburiyatlari qonunchilik talablari asosida belgilab qoʻyilgan (Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonuni. 2016- yil 13 aprel, OʻRQ-404-son, 11- va 12-moddasi). Bosh buxgalterning huquqlari. Bosh buxgalter oʻziga boʻysunuvchi xodimlar uchun xizmat vazifalarini belgilab beradi. Bunda har bir xodim oʻz majburiyatlarini bilishi hamda ularning bajarilishi uchun javobgar boʻlishi zarur. Boshqa boʻlinmalar va xizmatlarning buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish hamda uni tashkil etish masalalari bilan shugʻullanuvchi xodimlari oʻz vazifalari boʻyicha bosh buxgalterga boʻysunadilar. Bosh buxgalterning bajarilgan operatsiyalarni rasmiylashtirish hamda ma’lumotlarni hisoblash qurilmalari orqali joʻnatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va ma’lumotlarni buxgalteriyaga taqdim etish borasidagi talablari bankning barcha boʻlinmalari va xizmatlari uchun majburiydir. Bosh buxgalter oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib bergan koʻrsatmalarining bajarilmaganligi yoki buzilganligi uchun aybdor shaxslar belgilangan tartibda bank rahbarining farmoyishiga binoan mukofotdan toʻliq yoki qisman mahrum etilishi, zarur hollarda esa qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin. Moddiy javobgar shaxslarni (kassirlar, ombor mudirlari va boshqalar) lavozimga tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga oʻtkazish masalasi bosh buxgalter bilan kelishib hal qilinadi. Xodimlarga mansab maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarni belgilash toʻgʻrisidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh buxgalter koʻrib chiqadi va ularga imzo chekadi. Bosh buxgalter quyidagi huquqlarga ega: a) buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari toʻgʻri tashkil etilishini ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar koʻrishni bank rahbaridan talab qilish; b) tarkibiy boʻlinmalarda pul mablagʻlari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibda amal qilinishini tekshirib turish; d) mukofotlar hajmlarini pasaytirish yoki mukofotdan mahrum etish toʻgʻrisida takliflar berish. Bank rahbari bosh buxgalterga oʻz majburiyatlarini bajarishi hamda huquqlaridan foydalanishida atroflicha yordam berishga majbur. Bosh buxgalter ana shu majburiyatlarni bajargani hamda oʻz huquqlaridan foydalangani uchun unga tazyiq oʻtkazish borasida qilinadigan har qanday urinishlarga qat`iyan barham berishi, bunga aybdor boʻlgan shaxslar esa qat'iy javobgarlikka tortilishi lozim. Bosh buxgalterlarning javobgarligi. Bosh buxgalter quyidagi hollarda javobgar boʻladi: a) buxgalteriya hisobi notoʻgʻri yuritilib, oqibatda pala-partish holatga kelgan va buxgalteriya hisoboti buzilganda; b) pul mablagʻlari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, ularni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda; d) talab qilib olinguncha va boshqa hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda notoʻgʻri amalga oshirilganda; e) kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yoʻqotishlarni buxgalteriya balans hisobotlaridan chiqarish tartibi buzilganda; f) buxgalteriya xodimining aybi bilan notoʻgʻri buxgalteriya hisoboti tuzilganda; g) buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda.
Bosh buxgalter quyidagi holatlar uchun bank rahbari bilan teng javobgar hisoblanadi: a) moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining buzilishi; b) mansabdor shaxslardan ular yetkazgan zarar summasini oʻz vaqtida undirib olmaslik; d) kunlik, oylik, choraklik va yillik balans hisoboti hamda boshqa buxgalteriya hisobotlarini tegishli organlarga taqdim etish muddatlarining buzilishi; e) bankning balans hisobotida aks ettirilgan ma’lumotlar hamda elektron toʻlovlar tizimi orqali oʻtkazilgan toʻlov hujjatlarining but saqlanish hamda kunlik arxivlash tartibi uchun. Bosh buxgalterlarning tartib-intizomi, moddiy va jinoiy javobgarligi amaldagi qonunchilikka muvofiq tarzda belgilanadi. Bunda bosh buxgalter boʻysunish tartibiga muvofiq tegishli yuqori bank tomonidan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Download 138,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish