Бухгалтерия ҳисоби регистрлари ва уларни юритиш. Бош ва ёрдамчи китоблар (синтетик ҳисоб, аналитик ҳисоб, молиявий ҳисоботлар, баланс, журналлар, карточкалар)
21.Бухгалтерия ҳисоби регистрлари ва уларни юритиш. Бош ва ёрдамчи китоблар (синтетик ҳисоб, аналитик ҳисоб, молиявий ҳисоботлар, баланс, журналлар, карточкалар). Banklarda jamlanma va tahliliy hisob operatsiyalari alohida buxgalteriya registrlarida qayd etiladi. Sintetik hisob yuritishda Bosh kitobdan va analitik hisob yuritishda Yordamchi kitoblardan foydalaniladi.Bosh kitobda bank operatsiyalarini hisobini yuritish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llaniladigan jamlanma ma’lumotlar qayd etiladi. Unda har bir hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq, kun davomida amalga oshirgan operatsiyalarning aylanmasi va kun oxiriga qoldiq summalari aks ettiriladi.Yordamchi kitoblarda buxgalteriya operatsiyalari batafsil va to‘liq aks ettiriladi. Yordamchi kitoblarning shakli va turlari har bir bank tomonidan mustaqil belgilanadi.Bosh kitob va Yordamchi kitob hisobvaraqlarida hisob operatsiyalari albatta ikkiyoqlama yozuv qoidasiga amal qilgan holda qayd etish yoki ushbu hisobvaraqlar bilan korrespondensiya bo‘lgan hisobvaraqlar raqamlari ko‘rsatilishi shart.Yordamchi kitob hisobvaraqlariga nisbatan olganda Bosh kitob hisobvaraqlari nazorat hisobvaraqlari hisoblanadi. Yordamchi kitobdagi yakuniy summalar har bank ish kunining oxirida, shuningdek oy oxirida, yangi oyning birinchi kuni holatiga ko‘ra ularning Bosh kitobdagi nazorat summasi balansdagi summa bilan bir xil bo‘lishi lozim.Xorijiy valyutadagi operatsiyalar bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblar har bir valyutaning turi bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi.Ko‘p valyutali buxgalteriya hisobi tizimida bankning asosiy vositalari, kapitali, daromadlari va xarajatlarining hisobi faqat milliy valyutada yuritiladi.Bank operatsiyalarini hisob registrlarida qayd etish dasturiy yo‘l bilan amalga oshiriladi.
22.Шахсий ҳисобварақларда операцияларни акс эттириш тартиби (аналитик ҳисоб, реквизитлар, ҳужжат тури, операция тури, дубликат). Bank tomonidan amalga oshiriladigan birlamchi operatsiyalarning hisobi dastlab shaxsiy hisobvaraqlarda (kartochkalar, kitoblar, jurnallarda) aks ettiriladi. Shaxsiy hisobvaraqlarga yozuvlar faqat tegishlicha rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlari asosida kiritiladi. Shaxsiy hisobvaraq quyidagi rekvizitlardan iborat:
-shaxsiy hisobvaraqning nomi;
-chiqish shaklining raqami;
-shaxsiy hisobvaraqni chop etish tartib raqami (ya’ni kompyuter qo‘ygan raqam);
-shaxsiy hisobvaraqni tuzgan bank kodi va nomi;
-shaxsiy hisobvaraqning raqami va uning nomi;
-hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi buxgalterning raqami, uning familiyasi, ismi, otasining ismi;
-ishlov berish sanasi;
-hisobvaraqdagi so‘nggi harakat sanasi;
-kun boshidagi qoldiq summasi;
-kun oxiridagi qoldiq summasi;
-buxgalteriya yozuvlarining tartibi bo‘yicha raqami;
-hujjat turi;
-hujjat raqami;
-hujjat turi (toifasi);
-vakil bankning kodi va nomi;
-debet bo‘yicha aylanmalar summasi;
-kredit bo‘yicha aylanmalar summasi;
-debet bo‘yicha aylanmaning umumiy summasi;
-kredit bo‘yicha aylanmaning umumiy summasi.
-korrespondensiyalanuvchi hisobvaraq raqami va nomi;
-to‘lovning maqsadi.
Shaxsiy hisobvaraqlarda amalga oshiriladigan operatsiyalarda foydalaniladigan to‘lov hujjatlarining turi mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasida nazarda tutilgan shartli raqam belgilarga (shifrlar) muvofiq aniqlanadi. Mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari boshlang‘ich hujjatlar asosida dasturiy yo‘l bilan tayyorlanadi. Mijozga berish uchun shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma bir nusxada chop etiladi va u mijozning hisobvarag‘idan amalga oshirilgan operatsiyalarni bank tomonidan tasdiqlovchi hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ko‘chirma mijoz bilan kelishilgan tartibda uning bankka taqdim qilgan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan shaxslari yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxs tomonidan olinadi.Shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalar integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimida tayyorlanadi, ular mijozlarga berilayotganda mazkur mijozga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochi buxgalter (Front-ofis xodimi) imzosi va unga biriktirilgan bank shtampi bilan rasmiylashtiriladi.
Banklar uchun shaxsiy hisobvaraqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur bo‘lgan hollarda integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimining elektron ma’lumotnomalar yagona bazasidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Bir bank xizmat ko‘rsatuvchi mijozlar o‘rtasidagi to‘lov topshiriqnomasi asosida amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha pul oluvchiga to‘lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi, e’lonnoma asosida topshirilgan naqd pul kirimining tasdig‘i sifatida order ilovalarga qo‘shiladi.Ko‘chirmalarga ilova qilinadigan hujjatlarga shtamp, shuningdek hujjat shaxsiy hisobvaraq bo‘yicha o‘tkazilgan sana kalendar shtempeli bosilishi kerak (agar bu sana hujjat yozilgan sanaga mos kelmasa). Shtamp faqat ko‘chirmaning asosiy ilovasiga qo‘yiladi. Asosiy ilovada qayd etilgan operatsiyalarning mundarijasi va umumiy summasini tushuntiruvchi hamda talqin etuvchi qo‘shimcha hujjatlarga shtamp qo‘yilmaydi.Mijozlar hisobvaraqlaridan ko‘chirmalariga ilova qilinadigan, puli to‘langan hisob-kitob hujjatlarining ishlov berishning dastlabki bosqichidayoq, bank shtampi yoki muhri bosiladigan ikkinchi nusxalari, shuningdek kirim-kassa operatsiyalariga doir hujjatlar yuqorida aytilgan shtamp bilan tasdiqlanmaydi.Bank mijozlar hisobvaraqlari ahvoli to‘g‘risida yozma ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda beriladi. Mijoz shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirmani yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, uning dublikati mijoz bilan tuzilgan bank hisobvarag‘i shartnomasiga muvofiq mijoz arizasi (elektron so‘rovi) asosida beriladi.