Banklarda buxgalteriya fanidan


Akkreditiv orqali hisob-kitoblarda hujjatlar aylanish chizmasi



Download 10,6 Mb.
bet26/98
Sana09.12.2022
Hajmi10,6 Mb.
#882409
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   98
Bog'liq
БҲТ ва А МАЪРУЗА матн(ББҲ)

Akkreditiv orqali hisob-kitoblarda hujjatlar aylanish chizmasi


Ҳисоб маркази



5 4

Маҳсулот олувчининг банки

Маҳсулот жўнатувчининг банки



6 10 3


11


9 7 2 5



Маҳсулот олувчи корхона

Маҳсулот жўнатувчи корхона
1
8

7-rasm. Akkreditivlar bilan xisob-kitoblar hisobi.


Ushbu chizmaning mazmuni quyidagicha tavsiflanadi:


1. Mahsulot etkazuvchi va mahsulot oluvchi o‘rtasida xo‘jalik shartnomasi tuzish; 2. Mahsulot oluvchi o‘z bankiga akkreditiv ochish haqida ariza taqdim etishi; 3. Mahsulot oluvchi korxona banki arizaga asosan mahsulot oluvchi korxona hisobvarag‘idan to‘lovni o‘tkazishi; 4. Akkreditiv ochish haqida elektron ariza hisob Markaziga “Elektron pochta” orqali o‘tkazilishi; 5. Hisob Markazi elektron to‘lov tizimi orqali mahsulot oluvchi korxona bankining vakillik hisobvarag‘idan pul mablag‘larini mahsulot sotuvchi korxona bankining vakillik hisobvarag‘iga pul o‘tkazilishi; 6. Kelib tushgan mablag‘lar mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha hisobvarag‘ida deponentlashtirilishi; 7. Akkreditiv ochilgani haqida mahsulot etkazuvchiga xabar berishi; 8. Mol sotuvchi mol oluvchi korxonaga tovar jo‘natishi; 9. Mahsulot etkazuvchi mahsulot jo‘natilganligi haqidagi hujjatlarni bankka taqdim etishi; 10. Bank deponentlangan summani mahsulot hisobvarag‘iga o‘tkazishi va akkreditivni yopishi; 11. Bajaruvchi bank akkreditivni yopilganligi haqida emitent bankka xabar beradi.

5. Banklarda hisob-kitob cheklar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi




Hisob-kitob cheki - bu mijozning xizmat ko‘rsatuvchi bankka, chek beruvchining hisobvarag‘idan, chek qabul qiluvchining hisobvarag‘iga chekda ko‘rsatilgan summani o‘tkazib berish uchun bankining maxsus blankasida bankka bergan topshiriqidir.
Tijorat banklarida qabul qilingan cheklarning hisobi qimmatbaho blanklarning harakati hisobini yuritishga doir daftarda olib boriladi va balansdan tashqari ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha 93609- “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvarag‘ida hisobga olib boriladi. Shu kun davomida ishlatilgan chek varaqalari chiqim orderi bo‘yicha 93609- “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi.
Chekning maksimal summasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan, minimal summasi esa - tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Mijozlarning arizasiga binoan, bank tomonidan chek berilganda chekning summasiga 20206- "Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar" hisobvarag‘iga alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraq ochiladi va to‘lovlarni faqat shu hisobvaraqdan amalga oshiradilar. Chek omonat qo‘yuvchi jismoniy shaxsning depozit hisobvarag‘ida saqlanayotgan mablag‘lar hisobiga yoki topshirilgan naqd pul summasiga beriladi va u ikki qismdan, ya’ni chekning o‘zi hamda uning milki (koreshogi)dan iborat bo‘lib, milk chekida ko‘rsatilgan summani tasdiqlovchi nazorat raqamlari ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Chekning amal qilish muddati tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Agar chekning amal qilish muddatida bankka taqdim qilinmagan bo‘lsa, u holda, chek summasi 29842- "Harakasiz depozit majburiyatlari" hisobvarag‘ida o‘tkaziladi. Chek egasi amal qilish muddati tugagan chek bilan bankka murojaat qilgan takdirda, bank qarshiliksiz chek egasining pasporti bo‘yicha chekni qabul qilishi va to‘lab berishi lozim. Mijoz chekni berayotganda bankning javobgar xodimi quyidagi rekvizitlar: chek berilgan sanani, chek bo‘yicha beriladigan summani raqam va so‘z bilan yozilishi, oluvchining familiyasi, ismi va sharifini, pasport ma’lumotini, chek beruvchining talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘ini, chek bergan bankning xos raqami va nomini, chekning amalda bo‘ladigan oxirgi sanani tekshirishi lozim. SHundan so‘ng, uni talab bo‘yicha rasmiylashtiradi va kassirga beradi. Kassir barcha hujjatlarni tekshirib, rasmiylashtirgandan keyin hisob-kitob chekini oluvchi shaxsni chaqiradi, oluvchidan chek uchun to‘lovni qabul qilib, oluvchiga hisob-kitob chekini qaytaradi va chek milkini operasion kunining oxirigacha o‘zida qoldiradi.
Hisob-kitob chekining milki raqamlari va sanalari bo‘yicha to‘langan yoki qoplangan chek taqqoslash yoki chek summasi bron qilingan 20206- "Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari" hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish uchun bankka kelgunga qadar saqlanadi. Shundan so‘ng, hisob-kitob cheklarining milklari bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikib qo‘yiladi.
Chek - chek beruvchining hisobvarag‘idan chek oluvchining hisobvarag‘iga chekda belgilangan summani o‘tkazish bo‘yicha topshiriq nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati. Cheklar banklar buyurtmasiga muvofiq "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi. Chekning seriyasi va tartib raqami, mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va firma belgisi bosma shaklda chop etiladi. Cheklar jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo‘llaniladi. Chekning maksimal summasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan, minimal summasi, shuningdek chekning amal qilish muddati banklar tomonidan belgilanadi.
Bank tomonidan chek berilganda jismoniy shaxsning arizasiga asosan chekning summasiga 20206-"Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar" hisobvarag‘ida alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraq ochiladi va to‘lovlar ushbu hisobvaraq orqali amalga oshiriladi. Chek jismoniy shaxslar tomonidan omonat hisobvarag‘idagi mablag‘lar yoki topshirilgan naqd pul mablag‘lari hisobidan beriladi.
Chek amal qilish muddati davomida bankka taqdim qilinmagan bo‘lsa, u holda chek summasi 29842-"Harakatsiz depozit majburiyatlari" hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Chek egasi amal qilish muddati tugagan chek bilan bankka murojaat qilgan taqdirda, bank chek egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida chekni qabul qilishi va unda ko‘rsatilgan summani to‘lab berishi lozim. Cheklarni berish tartibi:
a) chek berilayotgan vaqtda, unda bankning mas’ul xodimi tomonidan quyidagi rekvizitlar ko‘rsatilishi shart: chek berilgan sana; chek bo‘yicha beriladigan summa; jismoniy shaxsning (chek beruvchining) familiyasi, ismi va otasining ismi; shaxsni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va tartib raqami; chek beruvchining hisobvarag‘i; chek bergan bankning nomi va unikal kodi (xos raqami); chek amalda bo‘ladigan oxirgi sana. Mazkur rekvizitlar to‘ldirilgandan so‘ng, bank buxgalteri va kassiri tomonidan chekka imzo qo‘yilib, kesish chizig‘ida qolgan sonlar chek summasiga muvofiq bo‘lishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Chek milki imzolash uchun chek oluvchiga berilishi kerak. Chekning seriyasi va tartib raqami, chek yozilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek chek summasi va uning kelib chiqish manbalari ko‘rsatilgan holda alohida daftarga yozib qo‘yiladi;
b) bank kassiri bankning mas’ul xodimidan barcha zarur hujjatlarni olgach: hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirganligini tekshiradi va ularni imzolaydi; chek oluvchi shaxsni chaqiradi, undan chek uchun to‘lovni qabul qiladi; chek oluvchiga chekni beradi; amaliyot kunining oxirigacha chek milkini o‘zida saqlaydi;
v) amaliyot kunining oxirida bank kassiri naqd pullarda olingan summa va omonat daftarchasidan hisobdan chiqarilgan summani ko‘rsatadi hamda chekning milklarini bankning mas’ul xodimiga topshiradi. Chekning milki 20206-"Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar" hisobvarag‘idagi alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraqdan hisobdan chiqarish uchun kelgunga qadar bankda saqlanadi. Cheklarning milklari bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
g) chek blankini to‘ldirishda xatoga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, ushbu blank buzilgan deb topiladi va o‘rniga yangisi to‘ldiriladi. Buzilgan chek blanki quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi: "hisob-kitob cheki" degan so‘zlarning bir qismi qirqib olinadi; chek blankiga "buzilgan" degan yozuv kiritiladi va sana ko‘rsatiladi; bosh buxgalter va kassir tomonidan imzolanadi.
d) qabul qilingan, ishlatilgan va qaytarilgan chek blanklarining hisobi qat’iy hisobda turuvchi blanklar hisobi qayd etib boriladigan daftarda va ko‘zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag‘ida yuritiladi. Amaliyot kuni davomida chek blanklari chiqim orderi bo‘yicha ko‘zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag‘idan hisobdan chiqarib boriladi. Cheklar bilan to‘lovlar quyidagicha amalga oshiriladi:
a) chek to‘lovga taqdim qilingandan so‘ng, chekni to‘lovga qabul qilgan tashkilot xodimi chekning orqa tomoniga tashkilot muhri va mansabdor shaxsining imzosini qo‘yadi;
b) tovar (ish, xizmat) qiymati chekda ko‘rsatilgan summadan kam bo‘lgan taqdirda, chekni to‘lovga qabul qilgan tashkilot ushbu chek summasining 25 foizigacha bo‘lgan qiymatini naqd pulda berishi mumkin;
v) to‘lovga qabul qilingan cheklar uni to‘lovga qabul qilgan tashkilot tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka pul tushumi bilan birga inkassator orqali yuboriladi;
g) bank tomonidan qabul qilingan cheklar bo‘yicha to‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi: -chek beruvchi va chek oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko‘rsatilgan taqdirda, cheklar bo‘yicha to‘lovlar chekni to‘lovga qabul qilgan tashkilot hisobvarag‘ining krediti va 19903-"Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar" hisobvarag‘i orqali chek taqdim etuvchi hisobvarag‘ining debeti bo‘yicha o‘tkaziladi.
CHekning asl nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; -chek beruvchi va chek oluvchiga turli banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilgan taqdirda: -chekda ko‘rsatilgan summa chek oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan chek oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi; -bankning elektron hisob-kitob cheki elektron to‘lovlar tizimi orqali chek beruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yuboriladi hamda chekning asl nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; -elektron chekda ko‘rsatilgan summa chek beruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan dasturiy ravishda chek beruvchining ikkilamchi hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi hamda elektron chek chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
d) chek merosxo‘rlar va boshqa vakolatli shaxslar tomonidan chekning amal qilish muddati o‘tganligidan qat’i nazar, xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim qilinishi mumkin. Bank tomonidan merosxo‘rlar va boshqa shaxslarning chekni tasarruf qilish uchun vakolatliligi aniqlangach, chekda ko‘rsatilgan summa to‘lab beriladi;
e) foydalanilmagan cheklar bankka taqdim qilingan taqdirda, bank xodimi: chekning haqiqiyligini va uni taqdim qilgan shaxsning vakolatliligini tekshiradi; chekning old tomoniga "Summa _______-sonli hisobvaraqqa o‘tkazilsin" deb ustxat yozadi; chekni bosh buxgalterga beradi;
j) yo‘qotilgan cheklar bo‘yicha unda ko‘rsatilgan summa hisobdan chiqarilganligi uchun bank javob bermaydi.
Hisob-kitob chekining maksimal summasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘rnatiladi, minimal summasi esa tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Hisob-kitob cheklari bilan bir bank orqali operatsiyalarni amalga oshirish tartibini ko‘rib chiqamiz (8-rasmga qarang).

8-rasm. Hisob-kitob cheklari bilan bir bank orqali operatsiyalarni amalga oshirishda hujjatlarning aylanishi.


Bu erda,
1. Jismoniy shaxs naqd pul hisobiga yoki bankdagi omonati hisobidan hisob-kitob cheki olish uchun bankga murojaat etadi.
2. Bank hisob-kitob chekini jismoniy shaxsga berganda quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi:
-naqd pul topshirganligi haqidagi kassa kirim orderiga asosan:
Debet 10101 –«Aylanma kassaning naqd pullari»,
Kredit 20206 -«Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlari» (alohida ikkilamchi hisobvaraqda).
-omonat hisobidan to‘langanda:
Debet 20406 yoki 20606 –«Jismoniy shaxsning jamg‘arma yoki muddatli omonat hisobvarag‘i»,
Kredit 20206 -«Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari» (alohida ikkilamchi hisobvaraqda).
3. Bank hisob-kitob chekini jismoniy shaxsga topshiradi. Chek ikki qismdan: hisob-kitob cheki va milk (koreshok) dan iborat. Ushbu milk hisob-kitob chekida ko‘rsatilgan summalarni tasdiqlash uchun belgilangan nazorat raqamlarini o‘z ichiga oladi. Chekning amal qilish muddati tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Hisob-kitob chekini oluvchi chekni olganligi haqida milk (koreshok)ga imzo chekadi. Alohida daftarga hisob-kitob chekining seriyasi va raqamini, chek nomiga yozilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi va chek summasi (omonat bo‘yicha hisobvaraqda saqlanayotgan mablag‘lar yoki depozit hisobvarag‘idan ko‘chirilgan hamda naqd pullarda qo‘yilgan mablag‘lar hisobiga berilganligi alohida ko‘rsatilib) yozib qo‘yiladi.
4. Chek tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sotuvchiga taqdim etildi.
5. Savdo yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot chekni qabul qilishda uning haqiqiyligini, muddati, muhr va imzolarni va boshqa rekvizitlarni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazadi. Chekni bankka taqdim etishdan oldin uning teskari tomoniga tashkilot muhri va rahbarning imzosi qo‘yiladi.
6. Tovar yoki xizmatlar ko‘rsatiladi.
7. Savdo tashkiloti o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga chekni pul tushumi bilan birga, inkassatorlar orqali belgilangan tartibda topshiradi.
8. Inkassatorlar orqali qabul qilingan kuzatuv vedomostidagi chek summasiga kunning boshida quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
Debet 19903 –“Inkassatsiya qilingan pullar va cheklar”,
Kredit 20208 -“Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” hisobraqami.
9.Bank savdo tashkilotiga hisobvarag‘idan ko‘chirma taqdim etadi.
Inkassatorlar sumkasi ochib sanalgandan so‘ng kuzatuv vedomostidagi summaga chek summasi to‘g‘ri kelsa quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi va chekning asl nusxasi bankning kunlik hujjatlari yig‘ma jildiga tikiladi:
Debet 20206- “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” (alohida ikkilamchi hisobvaraqda),
Kredit 19903 –“Inkassatsiya qilingan pullar va cheklar”.
Chek beruvchi va chek qabul qiluvchiga turli banklarda xizmat ko‘rsatilganda, chek beruvchining banki chekda ko‘rsatilgan summani mijozning hisobvarag‘iga o‘tkazib, elektron to‘lov tizimi orqali hisobkitob chekini chek beruvchining bankiga jo‘natadi. Chekning asl nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘ma jildiga tikiladi. Agar chek amal qilish muddatida bankka taqdim qilinmagan bo‘lsa, chek summasi 29842-"Harakatsiz depozit majburiyatlari" hisobvarag‘ida hisobga olinadi. CHek egasi amal qilish muddati tugagan chek bilan bankka murojaat qilgan taqdirda, bank qarshiliksiz chek egasining pasporti asosida chekni qabul qilishi va to‘lab berishi lozim.

6. Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar hisobi


Plastik kartochkalar bank tomonidan chiqarilgan personi-fitsirlangan to‘lov vositasi bo‘lib, kartochka egasining tegishli bankdagi hisobvarag‘ida mablag‘ borligiga guvohlik beruvchi va naqd pul to‘lamasdan tovarlar (ish va xizmat) larni sotib olish huquqini o‘zida aks ettiradi. Plastik kartochkada bir xil ma’noda tenglashtiruvchi emitentning nomi va bosma usulda terilgan bo‘g‘inli belgilari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Plastik kartochkalar barcha yuridik va jismoniy shaxslarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovarlar (ish va xizmat)lar bo‘yicha o‘zaro naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirishlarida, shuningdek, bank shaxobchalaridan va bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olishlarida qo‘llaniladi.



Download 10,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish