Tayanch so‘zlar va tushunchalar:
Depozit hisobvarag‘i.
Talab qilinguncha saqlanadigan depozit
Muddatli depozit
Jamg‘armali depozit
|
Suartnoma
Hisobvaraqlar nomeri
Milliy valyutadagi ochilgan hisobvaraq
|
Nazorat savollari va topshiriqlar:
Moliyaviy majburiyatlar deganda nimani tushunasiz?
Moliyaviy majburiyatlar qanday hususiyatlarga ega?
Majburiyatlar tan olinishi tartibini tushuntiring.
Joriy majburiyatlarga tavsif bering va ularning turlarini sanab o‘ting.
Uzoq muddatli majburiyatlarning mazmuni nimalardan iborat?
Uzoq muddatli majburiyatlarni baholash va o‘lchashda qanday tamoyillar hisobga olinadi?
O‘zbekiston Respublikasi bank amaliyotida tijorat banklarining majburiyatlari qanday guruhlanadi?
Depozitlarning mazmuni va ularning majburiyatlardagi o‘rnini tushuntiring.
Depozitlarning turlariga izox bering.
Depozitlar bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?
7- MAVZU. NAQD PULSIZ HISOB-KITOB OPERATSIYALARI HISOBI
1. Naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalar hisobi
Tijorat banklari tomonidan mijozlarga milliy va xorijiy valyutada bank hisobvaraqlarini ochishi, ularni qayta rasmiylashtirishi hamda yopishi mumkin. Bank hisobvarag‘i – bu bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan maxsus shartnomaga (xizmat ko‘rsatish) muvofiq, mijozning pul mablag‘larini saqlash uchun ochilgan hisobvarag‘i tushuniladi.
1-rasm. Xisob-kitob shakllari.
2. Memorial orderlar va to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi
Bank to‘lovchi bo‘lib chiqqan va memorial orderlar ishlatilgan hollarda, ular bank rahbarining va bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlanadi, boshqa holatlarda memorial orderlar ushbu bank hisobvarag‘ini olib boruvchi bosh buxgalter va buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi. Memorial orderlar bilan sodir etilayotgan operasiyalarning to‘g‘riligi bo‘yicha javobgarlik bankning rahbariga va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi. Banklar memorial orderlardan fuharolarning olib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, yozma topshiriqnomalari bo‘yicha naqd pulsiz pul mablag‘larini o‘tkazishni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin. Bunda, topshiriqnoma bo‘yicha to‘lash amalga oshirilgandan so‘ng memorial order bilan birga bankning kunlik hujjatlariga tikib qo‘yiladi.
To‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarida mablag‘lar mavjud bo‘lgandagina qabul qilinadi va unda to‘lov topshiriqnomasining sanasi, uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi, ular mos kelmagan holda to‘lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul qilinmaydi.
Agar kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar hisobvarag‘idagi mablag‘lardan foydalanish xo‘jalik sub’ektlarining bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq mijozlarning to‘lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi. To‘lov topshiriqnomasining to‘lov maqsadi satriga «Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar summasi hisobidan» deb yozib qo‘yiladi. To‘lovchi va oluvchiga bitta bankda xizmat ko‘rsatilsa, ular tomonidan bankka taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari uch nusxada yozilib, birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikilishi, ikkinchi nusxasi esa mablag‘ oluvchining shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmaga ilova qilinishi va uchinchi nusxa to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmaga ilova qilinishi lozim.
Agar to‘lovchi va oluvchiga boshqa-boshqa banklarda xizmat ko‘rsatilgan taqdirda, topshiriqnomalar ikki nusxada yozilib, birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga va ikkinchi nusxasi esa mablag‘ oluvchining shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmaga ilova qilinadi. "Bank-Mijoz" tizimidan foydalanadigan mijozlardan aloqa kanali orqali olingan elektron to‘lov topshiriqnomalari dasturiy nazoratdan o‘tkaziladi va zarurat tug‘ilganda qog‘ozga chiqariladi hamda tegishli tekshiruvdan so‘ng uzatiladi.
To‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng mijozlardan olingan elektron topshiriqnomalar ikki nusxada qog‘ozga chiqarilib, bir nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga va ikkinchi nusxasi pul-hisob-kitob hujjatlarining asl nusxasi olingunga qadar taqqoslash uchun bankda qoldiriladi, so‘ng belgilangan tartibda bankning kunlik xujjatlar yig‘masiga tikilishi lozim. Agar elektron to‘lovlar tizimi orqali olingan elektron to‘lov topshiriqnomalari mablag‘larni oluvchi bankda ikki nusxada qog‘ozga chiqarilib, birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga va ikkinchi nusxa esa mablag‘ oluvchining shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmaga ilova qilish uchun foydalaniladi.
5-rasm. To‘lov topshiriqnomalar bilan xisob-kitoblar hisobi.
Do'stlaringiz bilan baham: |