Banklarda buxgalteriya fanidan



Download 10,6 Mb.
bet11/98
Sana09.12.2022
Hajmi10,6 Mb.
#882409
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98
Bog'liq
БҲТ ва А МАЪРУЗА матн(ББҲ)

Ichki nazorat — bank rahbariyati va barcha bank xodimlari tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy hisobotlarning ishonchli-ligini ta’minlash tizimi.
Bunda ichki nazorat tijorat bankining mijozlarni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish, gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda terrorchilik yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish faoliyati ishtirokchisi yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan bog‘liq operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati sifatida qaraladi.
Shu bilan birga bevosita buxgalteriya hisobini yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan ichki nazorat alohida qaraladi. Buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq ichki nazoratni tashkil etish va o‘tkazish 1834-sonli yo‘riqnomada belgilangan.
Ichki nazorat ma’lum yoki aniq vaqt mobaynida amal qilinishi lozim bo‘lgan tartib yoki qoida bo‘lmasdan, balki u bankning barcha bo‘g‘inlarida kunlik bank operatsiyalarning boshlanishidan tortib tugagunga qadar doimiy yuritiladigan bank faoliyatining ajralmas qismidir.


2. Tijorat banklarida ichki nazorat tizimi
Bankning har bir xodimi o‘z vazifalarining tegishli tarzda bajarilishi uchun iqtisodiy, ma’muriy, intizomiy mas’ullikni his qilishi kerak. Bunda mas’ullik muayyan vazifaning muayyan shaxs tomonidan bajarilishi belgilangan bo‘lishi kerak.
Nazorat vazifalarining bajarilish sifati ichki nazoratning yuqoriroq lavozimli ishtirokchisi tomonidan nazorat qilinadi.

3.1-rasm. Tijorat banklarida ichki nazoratni amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalar va xodimlar
Bank Kengashi ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagi masalalarni hal qiladi:
a) samarali ichki nazoratning yaratilishi va ishlashi;
b) yig‘ilishlarda ichki nazorat samaradorligini muhokama qilish va Bank boshqaruvi bilan birgalikda ichki nazorat va uning samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qilish;
v) ichki nazorat tizimini tashkil etish bilan bog‘liq va Bank boshqaruvi, Ichki audit boshqarmasi, shuningdek bankda korporativ boshqaruv tizimini baholagan tashkilotlar tayyorlagan hujjatlar asosida qarorlar qabul qilish;
g) bankning Ichki audit boshqarmasining tekshirishlar rejasining bajarilishi, shu jumladan buxgalteriya (moliyaviy) va ichki hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartiblarga amal qilinishi bo‘yicha hisobotlarini tahlil qilish, amaldagi qonunchilik va bank ichki hujjatlari talablarining bajarilishi, bank operatsiyalari va boshqa bitimlarning samaradorligi hamda aktivlarning butligini monitoring qilish;
d) Bankning ichki audit boshqarmasi hisobotlarini har chorakda tinglash;
e) Bankning ichki audit boshqarmasi faoliyati samaradorligi monitoringi va tahlili;
yo) ichki nazorat tizimida kamchiliklar, amaldagi qonunchilik, ichki hujjatlar talablarini buzish, shuningdek tashqi auditorlar aniqlagan kamchiliklarni bartaraf qilish choralarni o‘z vaqtida qabul qilish;
j) Bank boshqaruvi tomonidan Bankning ichki audit boshqarmasi, audit o‘tkazgan auditorlik tashkiloti tavsiyalari va ko‘rsatmalarini operativ bajarishini ta’minlovchi choralarni ko‘rish;
z) ichki nazoratning amalga oshirilayotgan operatsiyalar xarakteri, salmog‘i, tavakkalchiliklar darajasiga mosligini o‘z vaqtida tekshirish;
i) Bank Ichki audit boshqarmasining hisobotlari asosida Bank Boshqaruvi va uning raisi tomonidan Kengash tomonidan tasdiqlagan siyosatlarga amal qilinayotganligini baholash.
Bank Boshqaruvining ichki nazorat doirasidagi vakolatiga quyidagi masalalar kiradi:
a) Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va Bank Kengashi qarorlarining bajarilishi, bankning ichki nazoratga oid strategiyasi va siyosatining amalga oshirilishi bo‘yicha mas’uliyatini o‘rnatish;
b) bank faoliyatining ichki nazorat tartibining amalga oshirilishini belgilovchi ichki hujjatlarga va ushbu hujjatlarning amalga oshirilayotgan operatsiyalar xarakteri va salmog‘iga mosligini tekshirish;
v) ichki nazorat samaradorligini davriy baholash materiallari va natijalarini ko‘rib chiqish;
g) zarur ma’lumotlarning foydalanuvchilarga etib borishini ta’minlovchi axborot uzatish va almashish tizimini yaratish (ushbu tizim bank faoliyatining operatsion siyosati va jarayonlarini belgilab beradi);
d) ichki nazoratda kamchiliklar va qonun buzilishlarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralari tizimini yaratish;
e) bank tavakkalchiliklari o‘z vaqtida aniqlash va boshqarish.
Filiallar boshliqlari (boshqaruvchilari) va buxgalterlari (ularning o‘rinbosarlari)ning ichki nazorat doirasidagi vakolatlari:
a) filialning buxgalteriya hisobini yuritish, buxgalteriya hisobida operatsiyalar va bitimlarning o‘z vaqtida aks ettirish, filial hisobotining to‘liq va ishonchli yuritilishi imkonini ta’minlash;
b) mulkning harakati va butligi, xodimlarning o‘z majburiyatlarini bajarishlarini nazorat qilish.
Bank Ichki audit boshqarmasining ichki nazorat doirasidagi vakolatiga quyidagilar kiradi:
a) Bank Kengashini bankning real ahvoli va ichki nazorat tizimi samaradorligi to‘g‘risidagi ichki audit natijalariga asoslangan ishonchli va xolis axborot bilan ta’minlash;
b) buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarning aniqlik va ishonchlilik bo‘yicha ma’lumot tayyorlash;
v) tavakkalchiliklarni boshqarish va tavakkalchiliklarni baholash metodologiyasi bo‘yicha samaradorligi va amaliyotlarning qo‘llanish bo‘yicha ma’lumot tayyorlash;
g) ichki nazorat tizimi samaradorligini bank boshqaruvi organlari (Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, Bank kengashi va boshqaruvi) qarorlarining bajarilishi mezoni bo‘yicha baholash;
d) ellik foizdan ziyod ulushi bankka tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar bilan o‘tkazilgan operatsiyalar ustidan nazoratni amalga oshirish;
e) Ichki nazorat boshqarmasi, Bank tavakkalchiliklarini boshqarish boshqarmasi va bankning boshqa bo‘linmalari faoliyatini o‘rnatilgan tartibda tekshirish.
Taftish komissiyasining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
a) Aktsiyadorlar va bank boshqaruvi organlari talabi bilan o‘rnatilgan qonunchilik va bankning ichki hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda bankning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish);
b) Bank nomidan tuzilgan kelishuvlar, bitimlar, kontragentlar bilan hisob-kitoblarning qonuniyligini tekshirish;
v) Moliyaviy-xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyatida o‘rnatilgan normativlar, qoidalar va boshqa talablarga amal qilinishini tekshirish;
g) Bankning moliyaviy ahvoli, uning to‘lov qobiliyati, aktivlarining likvidligi, xususiy va qarz mablag‘larining nisbatini tahlil qilish, iqtisodiy ahvolni yaxshilash zaxiralarini aniqlash va bankning boshqaruv organlari uchun tavsiyalarni ishlab chiqish;
d) Birlamchi buxgalteriya hujjatlariga murojaat qilish zaruriyati tug‘ilganda buxgalteriya va statistik hisob-kitoblarni mavjud normativ qoidalarga mos ravishda yuritilayotganligini tahlil qilish;
e) Bank Kengashi yoki Bank Boshqaruvi qabul qilgan qarorlarning to‘g‘riligi, ularning Bank nizomiga, Bank kengashi va Bank boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizomlarga, shuningdek Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorlariga mosligini tekshirish.
Bankning ichki nazorat tizimi bankning butun faoliyatini qamrab oladi va nazoratning quyidagi yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi:
a) boshqaruv organlari tomonidan bank faoliyatini tashkil etishning nazorat qilinishi;
b) bank tavakkalchiliklarini boshqarish va bank tavakkalchiliklarini baholash tizimining ishlashini nazorat qilish;
v) bank operatsiyalari va boshqa bitimlarni amalga oshirishda vakolatlarning taqsimlanishini nazorat qilish;
g) axborot oqimlarini boshqarish (axborotni qabul qilish va uzatish) va axborot xavfsizligi ta’minlanishini nazorat qilish;
d) bankning qimmatbaho qog‘ozlar bozorida professional ishtirokchi sifatida faoliyat yuritishini nazorat qilish;
e) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimini nazorat qilish;
yo) ichki nazorat tizimining ishlashini uning bank faoliyati kamchiliklarni aniqlash, takliflarni ishlab chiqish, bankning ichki nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarini amalga oshirilishini nazorat qilish kabi vazifalariga mosligi darajasini baholash maqsadida kuzatish.
Bank boshqaruvi organlari vakolati doirasiga quyidagilar kiradi:
a) qo‘yilgan maqsadlarga erishishga ta’sir etadigan tavakkalchiliklarni baholaydi va bank tavakkalchiliklarini baholash samaradorligini ta’minlash maqsadida o‘zgarayotgan vaziyatlar va sharoitlarga moslashishini ta’minlovchi choralarni ko‘radi. YAngi va ilgari kuzatilmagan bank tavakkalchiliklarini aniqlash va kuzatish uchun ichki nazorat tizimini tashkil etish bank tomonidan o‘z vaqtida qayta ko‘rib chiqilishi kerak;
b) barcha bank xodimlarining o‘z lavozimi majburiyatlariga binoan ichki nazoratda ishtirokini ta’minlaydi;
v) xodimlar professional etika me’yorlariga rioya etmaslik, suiste’mollar ro‘y bergan holatlarda, amaldagi qonunchilik, ta’sis va ichki hujjatlar buzilgan vaziyatlarda boshqaruv organlari va tuzilmaviy bo‘linmalar rahbarlariga ma’lumot etkazishi tartibini o‘rnatadilar;
g) Ichki audit boshqarmasining bank bo‘linmalari va xodimlarining o‘zaro hamkorligi masalalari bo‘yicha hujjatlarni qabul qiladi va ularga rioya qilinishini nazorat qiladi;
d) amaldagi qonunchilik va ichki nazorat maqsadlariga zid harakatlarni keltirib chiqaruvchi tartiblarni qabul qilish va ishlarni amalga oshirishni istisno qiladi.
Bank tavakkalchiliklarini boshqarish tizimining ishlashini nazorat qilish va bank tavakkalchiliklarini baholash ichki hujjatlarda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi va quyidagilar asosida quriladi:
a) bank faoliyatining asosiy turlari bilan bog‘liq asosiy va inkor etib bo‘lmaydigan tavakkalchiliklarini identifikatsiyalash;
b) tavakkalchiliklarni aniqlash, kuzatishga yo‘naltirilgan zaruriy amaliyotlar va jarayonlarni joriy etish;
v) qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun bank va uning bo‘linmalari o‘z zimmasiga olishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklar darajasini o‘rnatish;
g) o‘rnatilgan tavakkalchiliklar darajasidan oshib ketmaslik imkonini beruvchi nazoratning asosiy usullari va tuzilmalarini belgilash.

3. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishda ichki nazoratni o‘tkazish


Bankda o‘tkaziladigan xar bir operatsiya albatta bank tomonidan tekshirib borilishi kerak, ya’ni bank operatsiyalari bajarilayotganda ular qonuniy rasmiylashtirilishi, hamda mablag‘lar va boyliklar but saqlanishi tegishlicha nazorat qilinishi ta’minlanmoyoi lozim. Bu ichki bank nazoratidir. Bank ichki nazorati 3 xil yo‘l bilan amalga oshiriladi:


1. Dastlabki nazorat.
2. Joriy nazorat.
3. So‘ngi nazorat.

3.2-rasm. Bank ichki nazorati turlari
Dastlabki nazorat Front-ofis xodimlari (agar, bank tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofisga bo‘lingan bo‘lsa) yoki mas’ul ijrochi buxgalter (agar, buxgalteriya apparati bir butun yaxlit bo‘lgan taqdirda) tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning samaradorligini, bankning ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mos ekanligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar, operatsiyalar xorijiy valyutada xalqaro shartnomalar asosida amalga oshirilsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi kerak.
Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilishda, ularning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan shakldagi blankda yozilib to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, barcha rekvizitlar to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligi, ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaganligi, shu jumladan hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va muhr izi (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) taqdim etilgan namunalarga mos kelishi tekshiriladi.
Agar, mijoz taqdim qilgan pul hisob-kitob hujjatlarida belgilangan talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa, to‘lov hujjatlari mijozga ijroga qabul qilinmasdan qaytarilishi lozim. Summasi, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami o‘zgartirilgan to‘lov hujjatlari, hatto mijozlar tomonidan o‘zaro kelishilgan tartibda tuzatish kiritilgan bo‘lsa ham ijro uchun qabul qilinmaydi.
To‘lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo‘yish uchun foydalaniladigan e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, aks holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi (oldingi bank amaliyot kunida «kechki» muhri bilan qabul qilingan to‘lov hujjatlari bundan mustasno).
Mas’ul ijrochi buxgalter yoki Front-ofis xodimi to‘lov hujjati nusxalarini imzolashdan oldin, ularni solishtirib, o‘zaro bir xilligiga ishonch hosil qilishi lozim. SHundan so‘ng, ijro etish sanasi ko‘rsatilgan holda mas’ul xodim imzosi bilan tasdiqlangan va unga biriktirilgan bank shtampi qo‘yilgan hujjatning oxirgi nusxasi mijozga qaytariladi. Ushbu nusxa hujjatlar ijro uchun qabul qilinganini tasdiqlovchi tilxat vazifasini bajaradi.
Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar to‘ldirilgan kundan boshlab, (to‘ldirilgan kunni hisobga olgan va hujjatda ko‘rsatilgan sana to‘g‘rilanmagan holda) 10 kalendar kun davomida bank tomonidan qabul qilinadi.
Mijozning bankdan naqd pul olish uchun ishonchnoma berilgan vakili naqd pul chekini mas’ul ijrochi buxgalterga (Front-ofis va Bek-ofisga bo‘linmagan banklarda) yoki Front-ofisning ushbu mijozga xizmat ko‘rsatuvchi xodimiga taqdim etadi. Mas’ul ijrochi buxgalter yoki Front-ofis xodimi naqd pul chekini quyidagi rekvizitlari bilan uning to‘g‘riligini tekshiradi:
naqd pul cheki sanasi muddatining o‘tmaganligi;
naqd pul chekining raqamini imzo namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchadagi raqam bilan mosligi;
mijozning nomi, uning hisobvarag‘i raqami, naqd pul cheki bilan olinadigan mablag‘ning raqam va so‘z bilan yozilgan summalari, naqd pul chekida qo‘yilgan imzo va muhrni bankdagi imzolar va muhr namunalariga (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) mos kelishi, shuningdek vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi ma’lumotlarning naqd pul chekida qayd etilgan ma’lumotlarga to‘g‘ri kelishi;
mijozning depozit hisobvarag‘idagi mablag‘larining naqd pul chek bilan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘dan kam emasligi.
Front-ofisning ushbu mijozga xizmat ko‘rsatuvchi xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalter (Front-ofis va Bek-ofisga bo‘linmagan banklarda), tekshirish amallarini bajarib, e’tiroz bo‘lmaganidan so‘ng, naqd pul chekining orqa tomoniga tegishli kassa ramzi raqami va sanani ko‘rsatgan holda imzolab, naqd pul chekini Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalterga (Front-ofis va Bek-ofisga bo‘linmagan banklarda) beradi. Naqd pul chekining nazorat markasini mijozga qaytaradi.
Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalter mijozlardan qabul qilingan barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalariga asosan ma’lumotlarni dasturga kiritadi va to‘lov hujjatlarini imzolab, elektron to‘lov tizimi orqali ularni joriy nazoratdan o‘tkazish uchun Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter bank ichki hujjat aylanish tartibiga asosan Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalterdan kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarini qabul qilgandan keyin joriy nazoratni amalga oshiradi.
Joriy nazoratda dastlabki nazoratdan o‘tkazilgan to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va ularning elektron nusxalarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi qaytadan tekshiriladi hamda ulardagi imzolar va muhr izini (tadbirkorlik sub’ektlaridan muhr izi talab etilmaydi) o‘zlarida mavjud imzolar va muhr izi namunalari bilan solishtiriladi.
Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalterning imzolari va shtampi borligini hamda ularni o‘zida mavjud bo‘lgan imzo namunalariga mos kelishini tekshiradi.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter naqd pul cheki va e’lonnomani o‘rnatilgan tartibda tekshirib, ularni imzolab Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalterga qaytaradi.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan bankning ichki moliya-ho‘jalik operatsiyalari bo‘yicha kelib tushgan to‘lov hujjatlarining asl va elektron nusxalari hamda ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan bank tegishli bo‘linmalarining Xizmat farmoyishlarining nusxalari to‘g‘ri rasmiylashtiril-ganligi, xato va kamchiliklar yo‘qligi tekshiriladi.
Pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari yoki ularning elektron faylida xato va kamchiliklar aniqlanganda, Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter to‘lov hujjatining asl nusxasiga imzo chekmasdan ularning xato va kamchiliklarini ko‘rsatgan holda Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalterga ijrosiz qaytaradi.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan joriy nazorat natijalari ijobiy bo‘lgan taqdirda, u to‘lov hujjatining asl nusxasiga imzo chekadi va uni Bek-ofis boshlig‘iga yoki bosh buxgalterga tasdiqlash uchun jo‘natadi.
Bek-ofis boshlig‘i yoki bosh buxgalter belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, dastlabki va joriy nazoratdan o‘tgan pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarini qabul qilib oladi va ushbu to‘lov hujjatlarida qonunchilik hamda bankning ichki siyosatida o‘rnatilgan talablarga rioya qilinishi bo‘yicha umumiy nazoratni amalga oshiradi.
Bek-ofis boshlig‘i yoki Bosh buxgalter barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalariga o‘rnatilgan tartibda imzo (shu jumladan, elektron imzo) chekib, tasdiqlaydi va buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshiradi, bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar bundan mustasno. Bank rahbari buyrug‘i bilan to‘lovlarni tasdiqlash boshqa bank xodimiga topshirilishi mumkin.
Banklarda (filial, bank xizmatlari ofisi) amaliyot kuni yakunlangandan so‘ng, kunlik operatsiya hujjatlari o‘rnatilgan tartibda tikilib va rasmiylashtirilib yakuniy nazoratdan o‘tkazish uchun yakuniy nazorat xizmati xodimlariga topshiriladi va ularga elektron ma’lumotlar bazasiga kirish uchun ruxsat beriladi.
Bunda, yakuniy nazorat xizmati xodimiga topshirilayotgan kunlik yig‘majild raqamlangan va broshyuralanib tikilgan bo‘lishi shart.
Yakuniy nazorat xizmati tomonidan keyingi bank ish kunidan kechikmagan holda elektron ma’lumotlar bazasiga kirib, bankda amalga oshirilgan barcha operatsiyalar Bosh va yordamchi kitoblardagi amal qilib turgan shaxsiy hisobvaraqlarda to‘g‘ri aks ettirilganligini pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari bilan solishtirib tekshirishdan o‘tkazilishi shart.
Kunlik chop etilib, yig‘majildga tikilgan balans ma’lumotlari bilan uning elektron balans ma’lumotlari bir-biriga mos kelmagan holda, zudlik bilan rahbariyatga ma’lumot beriladi va shu kunning o‘zida uning sabablari to‘g‘risida Bek-ofis boshlig‘i yoki bosh buxgalter va Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish xizmati xodimlari ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
Yakuniy nazorat xodimi bank operatsiyalarini bajarish uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlarni talab qilishga va ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada to‘g‘ri bajarilganligi bo‘yicha bank rahbariyatiga davriy ravishda xulosa berib boradi. Yakuniy nazorat tekshiruvlari natijalari alohida yig‘majildga tikilishi lozim.



Download 10,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish