Buxgalteriya hisobi registrlari — ikkiyoqlama yozuv usulida operatsiyalar qayd etiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlangan blanklar
Bosh kitobda birinchi navbat balans hisobvaraqlari bo‘yicha jamlama ma’lumotlar qayd etiladi. Demak, hisobvaraqlar Bosh kitobda umumiy ma’lumotni qayd etadi, lekin, batafsil axborot bilan ta’minlamaydi. Batafsil axborot yordamchi kitob ma’lumotlari asosida olinishi mumkin, chunki birlamchi buxgalteriya operatsiyalari yordamchi kitobda aks etiriladi. Undagi hisobvaraqlar guruhi xar bir alohida operatsiya bo‘yicha o‘tkazilgan summalar xaqida kerakli axborot beradi. Yordamchi kitob hisobvaraqlariga nisbatan olganda Bosh kitob hisobvaraqlari nazorat hisobvaraqlari vazifasini bajaradi. YOrdamchi kitob lardagi yakuniy summalar xar kun oxirida, shuningdek oy oxirida yangi oyning birinchi kundagi holatiga ko‘ra ularning Bosh kitobdagi nazorat yakunlari balansi bilan bir xil chiqish lozim. Bosh kitob nazorat hisobvaraqlarning ma’lumotlari yordamchi kitobdagi tegishli hisobvaraqlar yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki yozuvlarda xatolarga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa Bosh kitob va Yordamchi kitob summalari teng chiqadi.
Tijorat banklari mijozlarga so‘mda yuritiladigan hisobvaraqlar bilan bir qatorda xorijiy valyutadagi operatsiyalar hisobini yuritish maqsadida xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni ochadi. Xorijiy valyutadagi operatsiyalar bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblar xar bir valyuta turi bo‘yicha alohida yuritiladi. Bank operatsiyalarini hisob registrlarida qayd etish dasturiy yo‘l bilan amalga oshiriladi.
2. Yordamchi kitob va uning materiallari.
Birlamchi buxgalteriya operatsiyalarini o‘zida aks ettirib, ular xaqida mufassal axborot beruvchi hisobvaraqlar guruhi analitik hisob, ya’ni yordamchi kitob deb yuritiladi.
Yordamchi kitob — bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag‘lar turi va qimmatliklar bo‘yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar.
Yordamchi kitob bu biznes tranzaktsiyalarini xronologik asosda debet va kredit bo‘yicha hujjatda ro‘yxatga olish5.
Bank tomonidan amalga oshiriladigan birlamchi operatsiyalarning hisobi dastlab shaxsiy hisobvaraqlarda (kartochkalar, kitoblar, jurnallarda) aks ettiriladi. Shaxsiy hisobvaraqlarga yozuvlar faqat tegishlicha rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlar asosida kiritiladi. Shaxsiy hisobvaraq quyidagi rekvizitlardan iborat:
shaxsiy hisobvaraqning nomi; chiqish shaklining raqami; shaxsiy hisobvaraqni chop etish tartib raqami (ya’ni kompyuter qo‘ygan raqam); shaxsiy hisobvaraqni tuzgan bank kodi va nomi; shaxsiy hisobvaraqning raqami va uning nomi; hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi buxgalterning raqami, uning familiyasi, ismi, otasining ismi; ishlov berish sanasi; hisobvaraqdagi so‘nggi harakat sanasi; kun boshidagi qoldiq summasi; kun oxiridagi qoldiq summasi; buxgalteriya yozuvlarining tartibi bo‘yicha raqami; hujjat turi; hujjat raqami; hujjat turi (toifasi); vakil bankning kodi; debet bo‘yicha aylanmalar summasi; kredit bo‘yicha aylanmalar summasi; debet bo‘yicha aylanmaning umumiy summasi; kredit bo‘yicha aylanmaning umumiy summasi.
Shaxsiy hisobvaraqning sodda qo‘rinishini quyidagi jadvalda ko‘rib chiqamiz.
1-jadval
Shaxsiy hisobvaraqning sodda qo‘rinishi
Sana
|
Korespondentsiyalashgan hisobvaraq nomeri
|
Dokument nomeri
|
Hujjat turi
|
Oborotlar (so‘m)
|
Qoldiq (so‘m)
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |