Banklarda buxgalteriya fanidan


Tayanch so‘zlar va tushunchalar



Download 10,6 Mb.
bet17/98
Sana09.12.2022
Hajmi10,6 Mb.
#882409
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   98
Bog'liq
БҲТ ва А МАЪРУЗА матн(ББҲ)

Tayanch so‘zlar va tushunchalar:

Joriy kun operatsiyalari
Bosh kitob
Yordamchi kitob
Analitik hisob
Sintetik hisob
Shaxsiy hisobvaraq
Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma

Rekvizit
Kunlik balans
Oborot va qoldiqlar qaydnomasi
Kirim kassa jurnali
Chiqim kassa jurnali
Yillik, kvartallik oylik balans.



Nazorat savollari va topshiriqlar:



  1. Analitik hisob deganda nimani tushunasiz va unga misol keltiring?

  2. Sintetik hisob deganda nimani tushunasiz va unga misol keltiring?

  3. Banklarda bosh kitob va yordamchi kitoblardagi xatoliklar qanday tuzatiladi?

  4. Analitik va sintetik hisob ma’lumotlari o‘zaro qanday solishtiriladi?

  5. Analitik hisob registrlarining mazmunini kengroq yoritib bering?

  6. Sintetik hisob registrlarining mazmunini kengroq yoritib bering?

  7. Xatoni tuzatish orderi nechta nusxada kim tomonidan tuziladi?

  8. Balansning tog‘riligi qanday tekshiriladi?

  9. Buxgalteriya hisobida xatoni tuzatishda stornolash usuli qanday amalga oshiriladi?

  10. Buxgalteriya hisobida xatoni tuzatishda qo‘shimcha provodka usuli qanday amalga oshiriladi?



5-MAVZU. MIJOZLARGA HISOBVARAQ OCHISH VA YURITISH TARTIBI
MA’RUZA MASHG‘ULOTI
1. Banklarda ochiladigan hisobvaraqlar va ularni yuritish bo‘yicha shartnoma tuzish
Bank hisobvarag‘i - bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (hisobvaraq egasi) hisobvarag‘iga kelib tushgan pul mablag‘larini qabul qilish va kiritib qo‘yish, mijozning hisobvarag‘idagi tegishli mablag‘larni o‘tkazish va berish hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi topshiriqlarni bajarish vazifasini o‘z zimmasiga olishi natijasida bank va mijoz o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni amalga oshirish vositasi.
Mijozlar banklarda quyidagi turdagi bank hisobvaraqlarini ochishlari mumkin:
a) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari;
b) jamg‘arma depozit hisobvaraqlari;
v) muddatli depozit hisobvaraqlari;
g) ssuda hisobvaraqlari;
d) boshqa depozit hisobvaraqlari7.
Jamg‘arma depozit hisobvarag‘i - bu mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan va shu maqsad uchun yo‘naltiriladigan yoxud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablag‘lar hisobi yuritiladigan hisobvaraqdir.
Muddatli depozit hisobvarag‘i - shartnomada qat’iy kelishilgan muddatga qo‘yilgan mijozlarning mablag‘lari hisobi yuritiladigan hisobvaraq.
Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i - mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki o‘tkazib beriladigan mablag‘larning hisobi yuritiladigan hisobvaraq.
Ssuda hisobvarag‘i - belgilangan tartibda mijozlarga berilgan kreditlarning hisobi yuritiladigan hisobvaraq.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt asosiy hisobvarag‘ini ochgandan keyin milliy va chet el valyutasida ochadigan barcha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uning ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar yuridik shaxsning asosiy hisobvarag‘idan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
YUridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko‘rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha banklarda milliy va chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, shuningdek, jamg‘arma, muddatli, ssuda va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish huquqiga egalar.
Byudjetdan mablag‘ oluvchi muassasalarga Davlat byudjeti hisobidan ajratiladigan mablag‘larni kirim qilish va bu mablag‘lardan foydalanish uchun byudjet hisobvaraqlari, shuningdek ushbu muassasalarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobini olib borish uchun talab qilib olinguncha, jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlari ochiladi. Markazlashgan mablag‘lar hisobidan kapital qurilishni moliyalashtirish uchun yagona buyurtmachiga har bir qurilish ob’ekti bo‘yicha alohida ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ochiladi.
Bank o‘zining mijozlari yuridik va jismoniy shaxslarga hisobvaraqlar ochilayotganda, bank hisobvaraqlari (milliy yoki chet el valyutasidagi jamg‘arma depozit, muddatli depozit, talab qilib olinguncha depozit va ssuda hisobvaraqlari) bo‘yicha shartnoma tuziladi. Bank hisobvarag‘i shartnomasi bo‘yicha yuzaga keladigan munosabatlar tegishli qonuniy va me’yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida bank mijozning hisobvarag‘iga kelib tushayotgan mablag‘larni hisobvaraqqa kirim qilish va uni kiritib qo‘yish, mijozning hisobvaraqdagi mablag‘larni tasarruf etish borasidagi topshiriqlarini ijro etish shartlari, bu boradagi mijoz hamda bank huquqlari va majburiyatlari, bank xizmatlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan komissiyalar hamda boshqa shartlar belgilab olinadi.
Tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni to‘lanishiga qarab, pullik va bepul xizmat turlariga bo‘linadi. Ammo bu bankdagi xizmat turlarining ba’zilari bepul yoki pulli degan ma’noni bildirmaydi. CHunki, tijorat banklari o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, hisob-kitob, depozit va kredit operatsiyalarining tarkibidagi ba’zi xizmat turlariga haq to‘lashni belgilamasliklari mumkin8.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturining ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda amaldagi bank xizmatlariga belgilangan tariflarni qayta ko‘rib chiqdi. Bank xizmatlari bo‘yicha Tavsiyaviy tariflar ishlab chiqildi va mamlakat tijorat banklarining tarif siyosatlarini optimallashtirish bo‘yicha Banklararo kelishuv imzolandi. Tavsiyaviy tariflarga muvofiq, 187 ta xizmat turi ko‘rib chiqilib, 63 ta xizmat turi bepul amalga oshirilishi, 86 ta xizmat haqi 15 foizdan 95 foizgacha arzonlashtirilishi, shuningdek, xorijiy valyutada o‘rnatilgan 7 ta xizmat haqi milliy valyutaga o‘tkazilishi yuzasidan kelishuvga erishildi. Bepul amalga oshirilishi belgilangan xizmatlarning 29 tasi jismoniy shaxslarga, 25 tasi yuridik shaxslarga, 9 tasi esa yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlardir.



Download 10,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish