Banklarda buxgalteriya fanidan


Balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanma-qoldiq summalari qaydnomasi



Download 10,6 Mb.
bet16/98
Sana09.12.2022
Hajmi10,6 Mb.
#882409
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98
Bog'liq
БҲТ ва А МАЪРУЗА матн(ББҲ)

Balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanma-qoldiq summalari qaydnomasi

Bank nomi

Filiallararo oborot bo‘yicha bank nomeri

Sana






Hisobvaraqlar nomeri

Oborotlar

Qoldiq

Debet

Kredit

Aktiv

Passiv

10000 Aktivlar
10100 Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari
..........

+

+

+




20000 Majburiyatlar
20200 Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
..........

+

+




+

30000 Xususiy kapital
30300 Ustav kapitali
..........

+

+




+

40000 DAROMADLAR
40200 O‘zRMBdagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar
..........

+

+




+

50000 XARAJATLAR
50100 Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar
..........

+

+

+




Jami









90000 Ko‘zda tutilmagan holatlar
90100 To‘lovga yaroqsiz va ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar
..........

+

+

+

+

Balans jami









Balans hisobvaraqlari bo‘yicha oborotlar va qoldiqlar xaqidagi jamlama ma’lumotlarda jadvaldan ko‘rib turganingizdek, bank nomi uning filiallararo oborotlar bo‘yicha nomeri, sana, debet va kredit oborotlari, aktiv va passiv hisobvaraqlarning qoldiqlari ko‘rsatiladi. Bunday jamlama ma’lumotlar bilan birga bank rahbariyatining xoxishiga ko‘ra, xar kuni, shu bilan birga oborot va qoldiq summalarining o‘sib borish tartibida bir oylik va choraklik, ya’ni hisobot davri uchun tayyorlanishi mumkin.


Kassa jurnallari dasturiy yo‘l bilan kassa kirimi va chiqimi bo‘yicha alohida ikki nusxada tuziladi hamda balans hisobvaraqlari va butun jurnal bo‘yicha yakunlar chiqariladi. Yakunlar kassa bilan taqqoslangandan so‘ng, birinchi nusxalar Yordamchi kitob ma’lumotlarini Bosh kitob ma’lumotlari bilan taqqoslash, shuningdek, kirim-chiqim hujjatlarini taqqoslash va yig‘majildga tikish hamda har kuni kompyuterda arxivlash uchun javob beradigan xodimga beriladi.
4.4-jadval
Kirim kassa jurnali






















Forma №_________

Kirim kassa jurnali

_________bank kodi



















Sana

Mijoz hisob raqami

Kirim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























Sana

Mijoz hisob raqami

Kirim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























4.5-jadval
Chiqim kassa jurnali






















Forma №_________

Chiqim kassa jurnali

_________bank kodi



















Sana

Mijoz hisob raqami

Chiqim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























Sana

Mijoz hisob raqami

Chiqim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























Xar kuni bank kassasiga topshiralayotgan naqd pul summasi kassaning kirim jurnalida nazoratchi tomonidan qayd etib boriladi. Unda sana, pul topshirayotgan korxona hisobvarag‘i nomeri, hujjat nomeri, operatsiya mazmuni, summa ko‘rsatiladi.


Kassaning chikim jurnali, ham kundalik chiqim kassa operatsiyalari bajarilganda nazoratchi tomonidan rasmiylashtiriladi. Jurnalda sana, mijozning talab qilib olinadigan depoziti bo‘yicha hisobvaraq nomeri, korrespondentsiya hisobvarag‘i nomeri, operatsiyalar mazmuni, hujjat nomeri, hisobot simvoli, chek summasi ko‘rsatiladi. Shu bilan birgalikda nazoratchi va kassirning imzosi uchun ham alohida joy ajratilgan.

4. Bosh va Yordamchi kitoblarni tekshirish, buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatish


Bankda bajarilayotgan barcha operatsiyalar bank buxgalteriya hisobi materiallarida aks ettiriladi, lekin buxgalteriya yozuvlarini bajarishda, xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun yordamchi kitob materiallaridagi yozuvlar qanchalik to‘g‘ri aks ettirilgani, ularni umumiy ma’lumotlar bo‘yicha yozuvlarning Bosh kitob ma’lumotlari bilan mos kelishi doimo nazorat qilinadi. Nazorat qilish shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni tekshirishdan boshlanadi. Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni shu hisobvaraqlarni yuritish topshirilgan buxgalteriya xodimlari nazorat qiladilar. Bunda shaxsiy hisobvaraqadagi barcha yozuvlar bankning vakolatli xodimlari nazoratidan o‘tgan va operatsiyalar rasmiylashtirilayotganida ular imzolagan tegishli hujjatlarga mosligi, hujjatlarga tegishli rekvizitlar va hujjatlarning summalari shaxsiy hisobvaraqlarga to‘g‘ri o‘tkazilganligi tekshiriladi. Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlar debet va alohida kredit bo‘yicha hujjatlardagi yozuvlarning summalarini bankka kelib tushgan hujjatlar bilan, shuningdek boshqa banklardan kelgan elektron to‘lov hujjatlari bilan bandma-band solishtirish orqali tekshiriladi.
Shaxsiy hisobvaraqlardagi kun boshidagi qoldiq summalari ularni o‘tgan kundagi shaxsiy hisobvaraqlar qaydnomasining kun oxiridagi qoldiqlar summalari bilan solishtirish orqali tekshirib chiqiladi. Shaxsiy hisobvaraqlarning kun oxiridagi qoldiqlari kundalik aylanma-qoldiq summalar qaydnomasi bo‘yicha hamda quyidagilarni taqqoslash yo‘li bilan tekshiriladi:
hisobvaraq raqami, hisobvaraq nomi va kun oxiridagi qoldiq (bu qoldiq shaxsiy hisobvaraqlardagi qoldiqlar bilan taqqoslanadi).
Bosh kitobning nazorat hisobvaraqlaridagi ma’lumotlar Yordamchi kitobdagi tegishli hisobvaraqlarning yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki yozuvlarda xato bo‘lmasa, summalar teng chiqadi.
Balansning to‘g‘ri tuzilganligi quyidagi tartibda tekshiriladi:
kunlik balansning aktiv va passivlarning qoldiqlar bo‘yicha yakunlari tengligi (aktiv hisobvaraqlari qoldiqlarining majburiyatlar hisobvaraqlari qoldiqlari plyus kapital hisobvaraqlari qoldiqlariga tengligi);
«Ko‘zda tutilmagan holatlar» hisobvaraqlari qoldiqlari yakunining to‘g‘riligi, shu hisobvaraqlar bilan ularga tegishli kontr-hisobvaraqlar qoldiqlarining o‘zaro tengligi;
aktiv hisobvaraqlarda kredit qoldiq (kontr-aktiv hisobvaraqlardan tashqari), passiv hisobvaraqlarda debet qoldiq (kontr-passiv hisobvaraqlardan tashqari) bo‘lmasligi;
aktiv hisobvaraqlarga ochilgan kontr-aktiv hisobvaraqlar qoldig‘i shu aktiv hisobvaraq qoldig‘idan ortiq bo‘lmasligi, passiv hisobvaraqlarga ochilgan kontr-passiv hisobvaraqlar qoldig‘i shu passiv hisobvaraq qoldig‘idan ortiq bo‘lmasligi;
Bosh bankda ochilgan 16100 va 22200-hisobvaraqlari qoldiqlari hamda ular bo‘yicha ochilgan ikkinchi tartibli mos hisobvaraqlarning qoldiqlari o‘zaro teng bo‘lishi;
asosiy vositalar, daromadlar va xarajatlar hamda bank kapitali hisobi faqat milliy valyutada yuritilishini ta’minlash va balansning rezident va norezident ustunlarini shunga mos ravishda to‘ldirilganligi.
Bank rahbari va bosh buxgalteri Bosh va yordamchi kitob materiallaridagi yozuvlarini o‘z vaqtida taqqoslab, ular bo‘yicha xato yozuvlarni tuzatish, ustidan nazorat olib borishlari lozim.
Kunlik balans hisobotlari va shaxsiy hisobvaraqlarga qo‘lda biron-bir tuzatishlar qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Summalarni o‘chirib yozish va tuzatish, shuningdek o‘chiruvchi suyuqliklardan foydalanib, ularga tuzatishlar kiritish qat’iyan taqiqlanadi.
Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga jo‘natilganidan so‘ng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya yozuvlari kiritish (storno berish) yo‘li bilan, tuzatish memorial orderlari asosida to‘g‘rilanishi lozim. Bunday hollarda hisobvaraqlardan summalar mijozlarning roziligisiz hisobdan chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi shart.
Tuzatish orderlari, agar mijozlarga bitta bank filiali xizmat ko‘rsatsa to‘rt nusxada tuzilishi lozim. Ularning birinchi nusxasi order bo‘lib xizmat qiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalari mijozlar uchun debet va kredit yozuvlari bo‘yicha bildirishnomalar bo‘lib hisoblanadi, to‘rtinchi nusxa esa order kitobchasida qoladi. Bu kitobcha bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosarida saqlanishi lozim. Orderlarga boshqa hujjatlardan farqlanadigan tartib raqamlari qo‘yilishi shart.
Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xato yozuvga yo‘l qo‘yilgani ko‘rsatilishi kerak. Agar unga mijoz arizasi sabab bo‘lgan bo‘lsa, shu sabab ko‘rsatiladi. Bunda memorial orderning to‘rtinchi nusxasining orqa tomoniga kimning aybi bilan xatolikka yo‘l qo‘yilganligi qayd etiladi, ijrochining, shuningdek noto‘g‘ri yozuvni nazoratdan o‘tkazgan shaxsning lavozimi va familiyasi ko‘rsatiladi. Tuzatish memorial orderlari tuzilishida asos bo‘lgan arizalar kitobga tikilgan memorial orderlar bilan birga saqlanishi lozim.
Summasi keyinchalik teskari buxgalteriya o‘tkazmalari bilan tuzatilgan shaxsiy hisobvaraqdagi xato yozuv qarshisiga albatta «To‘g‘rilangan» belgisi qo‘yilishi, to‘g‘rilash kiritilgan sana va to‘g‘rilangan memorial orderining raqami ko‘rsatilishi shart. Bu qayd to‘g‘rilangan memorial orderini imzolagan bosh buxgalter (Bek-ofis boshlig‘i, etakshi buxgalter) yoki uning o‘rinbosari (bo‘lim boshlig‘i) imzosi bilan tasdiqlanadi.
Bosh buxgalter (Bek-ofis boshlig‘i, etakshi buxgalter) to‘g‘rilangan memorial orderlarning kitobchada qolgan nusxalaridan foydalanib, xodimlarning ishidagi xatolar hisobini yuritadi va ushbu xatolar sabablarini o‘rganib ishni yaxshilash choralarini ko‘radi.
Banklararo va filiallararo elektron to‘lovlar bo‘yicha xatolarni memorial orderlar bilan to‘g‘rilash qat’iyan man etiladi. Banklararo va filiallararo elektron to‘lovlar bo‘yicha xatolarni to‘g‘rilash uchun xatolikka yo‘l qo‘ygan (tashabbuskor) bank filiali, xato elektron to‘lovi jo‘natilgan (benifitsiar) bankka «Lotus-Notes» aloqa elektron pochtasi orqali xato o‘tkazilgan to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rsatgan holda, xato yuborilgan to‘lov hujjatini qaytarish to‘g‘risida iltimosnoma xati jo‘natadi. Bu holda, xato o‘tkazilgan mablag‘ni qaytarilmasligidan qat’i nazar, tashabbuskor bank mablag‘ni xatolik aniqlangan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan «19997 – Boshqa aktivlar» hisobvarag‘i orqali oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazishi shart.
Xar bir bankda buxgalteriya yozuvlarida xatoliklarga yo‘l qo‘yish xollari uchrab turadi. Shu sababli bank bosh buxgalteri buxgalteriya xodimlari ishidagi xatolar hisobini yuritadi, buning uchun tuzatish orderlarida qolgan orderning oxirgi to‘rtinchi nusxasidan foydalaniladi. Lekin bosh buxgalter bank buxgalteriya xodimlari ishidagi yo‘l qo‘yilgan xatolarni faqat nazorat qilibgina qolmay, bu xatolar sabablarini o‘rganishi, bank ishini yaxshilash choralarini ko‘rishi, buxgalteriya xodimlari o‘rtasida yangi qaror, yo‘riqnoma va xatlar bo‘yicha instruktaj o‘tkazishi lozim. Bu bilan bank buxgalteriya xodimlari tomonidan kelajakda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldi olinadi.

Download 10,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish