Banklarda buxgalteriya fanidan



Download 10,6 Mb.
bet14/98
Sana09.12.2022
Hajmi10,6 Mb.
#882409
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98
Bog'liq
БҲТ ва А МАЪРУЗА матн(ББҲ)

Debet

Kredit




Boshlang‘ich qoldiq

261400

03/03/2..

20210

163

01

35750




225650




04/03/2..

20210

164

01

14950




210700




10/03/2..

20206

165

01

92500




118200




13/03/2..

16103

14

02




49520

167720




13/03/2..

10101

18

03




10000

177720




Shaxsiy hisobvaraqda aks ettirilgan bank operatsiyalar ma’lum bir kunga yoki vaqt oralig‘ida chiqarilishi mumkin. Shaxsiy hisobvaraqlar mijozlarning hisobvaraqlari va bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha yuritiladi.


Umumiy holatda shaxsiy hisobvaraqlarning ko‘rinishi bankda foydalanilayotgan dasturiy ta’minotga bog‘liq bo‘ladi, lekin barcha hollarda yuqorida qayd etib o‘tilgan rekvizitlar bo‘yicha ma’lumotlar unda namoyon bo‘ladi.
Yordamchi kitobda shaxsiy hisobvaraqlar quyidagi sxema bo‘yicha kodlashtiriladi:



CCCCC




VVV




K




SSSSSSSS




NNN














































































Hisobvaraqning tartib raqami





































































Bank kodi yoki mijoz kodi





























































Nazorat kaliti




















































Valyuta kodi








Balans hisobvarag‘i


4.1-rasm. Shaxsiy hisobvaraqning kodlashtirish tizimi

Balans hisobvarag‘i nomeri hisobvaraqlar rejasiga muvofiq aniqlanadi, valyuta kodi “Jahon mamlakatlari va valyutalari tasniflagichi” asosida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi so‘m xalqaro amaliyotda 860 raqami belgilanadi, lekin ichki hisob-kitoblarda 000 qabul qilingan. Nazorat kaliti, xosraqam va tartib nomeri Bank depozitorlari Milliy axborotlashtirish bazasi (BDMAB) xizmat ko‘rsatish markazida beriladi. O‘zbekiston Respublikasi banklarida axborotga kompyuterlarda ishlov berish, hisob yuritish va hisobot ishlarini soddalashtirish maqsadida shaxsiy hisobvaraqlarga nomerlar yagona qoidalar asosida belgilanadi. Asosiy shaxsiy hisobvaraqda uning tartib nomeri 001 dan 999 gacha bo‘lishi mumkin.


Bundan tashqari, operatsiyalarni boshqarish maqsadida YOrdamchi kitoblarga Markaziy bank, tijorat banklari boshqarmalari hamda tijorat banklari menejmenti (boshqarishi) uchun zarur bo‘lgan batafsil axborotlar bilan ta’minlovchi qo‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan hujjatlar turini shaxsiy hisobvaraqlarda qayd etish uchun foydalaniladigan shartli raqam belgilari (shifrlar) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020 yil 13 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida»gi 3229-sonli nizomda berilgan, xatoliklarni tuzatish uchun tuziladigan memorial orderlar «08», naqd pul cheklari uchun esa «03» shartli raqami bilan belgilangan.
2-jadval
Shaxsiy hisobvaraqlar orqali amalga oshirilgan operatsiyalarda foydalaniladigan to‘lov hujjatlarining turini ko‘rsatuvchi shartli raqam belgilari (shifrlar)

Shartli raqam belgilari (shifrlar)

Shartli raqam belgilari (shifrlar) nomi

01

To‘lov topshiriqnomasi

02

To‘lov talabnomasi

03

Kassa hujjatlari

05

Akkreditiv uchun ariza

06

Memorial order

08

Xatoliklarni tuzatuvchi memorial order

11

Inkasso topshiriqnomasi

14

Tijorat banklarning hisob-kitob cheki

21

Masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi orqali o‘tkazilgan to‘lov topshiriqnomasi

Mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari boshlang‘ich hujjatlar asosida dasturiy yo‘l bilan tayyorlanadi. Mijozga berish uchun shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma bir nusxada chop etiladi va u mijozning hisobvarag‘idan amalga oshirilgan operatsiyalarni bank tomonidan tasdiqlovchi hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ko‘chirma mijoz bilan kelishilgan tartibda unga taqdim qilinadi.
Shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalar kompyuter yordamida tayyorlanganligi uchun, ular mijozlarga berilayotganda imzolar va bank shtamplari bilan rasmiylashtirilmaydi. Banklar uchun shaxsiy hisobvaraqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur bo‘lgan hollarda Avtomatlashtirilgan bank tizimi axborotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Hisobvaraqning krediti bo‘yicha o‘tkazilgan summalar yuzasidan shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalarga hisobvaraq bo‘yicha yozuvlar kiritishga asos bo‘lgan hujjatlarning elektron nusxalari ilova qilinadi.
Bir bank xizmat ko‘rsatuvchi mijozlar o‘rtasidagi to‘lov topshiriqnomasi asosida amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha pul oluvchiga to‘lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi, e’lonnoma asosida topshirilgan naqd pul kirimining tasdig‘i sifatida order ilovalarga qo‘shiladi. Ko‘chirmalarga ilova qilinadigan hujjatlarga shtamp, shuningdek, hujjat shaxsiy hisobvaraq bo‘yicha o‘tkazilgan sana kalendar shtempeli bosilishi kerak (agar bu sana hujjat yozilgan sanaga mos kelmasa). Shtamp faqat ko‘chirmaning asosiy ilovasiga qo‘yiladi. Asosiy ilovada qayd etilgan operatsiyalarning mundarijasi va umumiy summasini tushuntiruvchi hamda talqin etuvchi qo‘shimcha hujjatlarga shtamp qo‘yilmaydi.
Mijozlar hisobvaraqlaridan ko‘chirmalariga ilova qilinadigan, puli to‘langan hisob-kitob hujjatlarining ishlov berishning dastlabki bosqichidayoq, bank shtampi yoki muhri bosiladigan ikkinchi nusxalari, shuningdek, kirim-kassa operatsiyalariga doir hujjatlar yuqorida aytilgan shtamp bilan tasdiqlanmaydi.
Ko‘chirmalar mazkur hisobvaraq bo‘yicha birinchi yoki ikkinchi imzo huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga yoki ularning ishonchnoma taqdim etgan vakillariga tilxat bilan beriladi. Bunday ishonchnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Mijoz obuna qutilari orqali ariza topshirganda esa, ko‘chirmalar tilxatsiz beriladi.
Bank mijozlari hisobvaraqlarining ahvoli to‘g‘risidagi yozma ma’lumotlar uchinchi shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining «Bank siri to‘g‘risida»gi qonunida belgilangan tartibda beriladi. Mijoz shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirmani yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, uning dublikati mijoz arizasiga ko‘ra bank rahbari yoki uning o‘rinbosari beradigan yozma ruxsatnoma asosidagina, mijozga berilishi mumkin. Mijoz o‘z arizasida ko‘chirma yo‘qolishi sabablarini ko‘rsatishi, arizaga korxona rahbari va bosh buxgalteri imzosi qo‘yilgan bo‘lishi shart. Dublikatning sarvarag‘iga quyidagilar yoziladi: «20__ yil «___» ___________dagi ko‘chirma dublikati».
Shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalar dublikatlari ma’lumotlar bazasidan chiqarib beriladi. Ko‘chirma dublikati mijoz vakiliga berilayotganida undan arizaga tilxat yozdirib olinadi.
3. Bosh kitob va uning materiallari
Bosh kitob banklarda umumlashgan hisob xaqida axborot berib, bank moliya hisobotlarida ko‘rsatiladigan hisobvaraqlar guruhi bo‘lib hisoblanadi. Bosh kitobga yanada to‘liqroq ta’rif beradigan bo‘lsak, Bosh kitob balans hisobvaraqlari bo‘yicha yordamchi kitob ma’lumotlari to‘plamidir.

Bosh kitob — hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ro‘yxati.
Bosh kitobda bank operatsiyalarini hisobini yuritish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llaniladigan jamlanma ma’lumotlar qayd etiladi. Unda har bir hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq, kun davomida amalga oshirgan operatsiyalarning aylanmasi va kun oxiriga qoldiq summalari aks ettiriladi.
Bosh kitob bu biznesning barcha hisob yozuvlarini aks ettiruvchi qaydlar6.
Yordamchi kitobdagi ma’lumotlar Bosh kitobda jamlanadi. Bosh kitob ma’lumotlari asosida quyidagilar tuziladi:

  • balans hisobvaraqlarining kunlik qoldiq summalari - kunlik balans;

  • balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va kun boshiga va oxiriga qoldiq summalari - aylanma-qoldiq summalari qaydnomasi;

  • oylik, choraklik va yillik aylanma-qoldiq summalari qaydnomalari.

Bosh buxgalterning xohishiga ko‘ra, emissiya-kassa operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar, shuningdek, «Ko‘zda tutilmagan holatlar» hisobvaraqlari bo‘yicha jamlanma kartochkalar yuritilishi mumkin.
Har kuni dasturiy yo‘l bilan hisobvaraqlar aylanmalari va qoldiqlari to‘g‘risidagi jamlanma ma’lumotlar olinadi. Ularda balans hisobvaraqlarining raqamlari, hisobvaraqlar nomlari, har bir hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq summasi, debet va kredit aylanmalari hamda kun oxiriga qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
Bankda balans xar kuni tuziladi. Balansning xar ikki aktiv hamda passiv qismlarining o‘zaro tengligi bank ishi kuni yakunlanganligini bildiradi. Bosh kitobning barcha materiallari qatori kundalik balans xozirgi kunda bankda dasturiy yo‘l bilan kompyuter yordamida tayyorlanadi. Banklar kunlik bajarilgan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan shaklda kunlik balans hisoboti tuzadi. Balans quyidagi shaklda tuziladi:

2-jadval


Download 10,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish