7.2. Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi, vakillik hisobvaraqlari orqali banklarning munosabatlari
Hozirgi paytda tijorat banklarining faqat Bosh banklari o‘rtasidagi hisob-kitoblar Markaziy bank orqali o‘tkaziladi. Buning uchun Markaziy bank qoshidagi Hisob-kitob markazida alohida tranzit hisobvarag‘i ochilgan. Bunday tranzit hisobvaraqlari tijorat banklarining hech birida yuritilmaydi. Shu bilan birga, tijorat banklari o‘zlarining banklararo munosabatlarini olib borish uchun Hisob-kitob markazida vakillik hisobvarag‘ini ochishlari lozim.
Tijorat bankining vakillik hisobvarag‘i ikki xil ochilishi mumkin:
Tijorat bankining har bir bo‘limi uchun Markaziy bankning hu-dudiy bosh boshqarmasida alohida vakillik varag‘i ochiladi.
Faqat Bosh bankka Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi-da yagona vakillik hisobvarag‘i ochiladi, ya’ni Markaziy bank faqat Bosh bankka banklararo operatsiyalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.
Vakillik hisobvarag‘i ochilayotganda Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi o‘rtasida vakillik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Tijorat banki vakillik hisobvarag‘i ochilishini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hisobvaraq ochish to‘g‘risidagi ariza;
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Res-publikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyaning nusxasi;
Statistika idoralari tomonidan berilgan korxona va tashkilotning yagona Davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
imzolar va muhr izi tushirilgan varaqlarining notarial tasdiqlan-gan nusxasi.
Vakillik hisobvarag‘i Markaziy bank farmoyishiga ko‘ra ochiladi. Vakillik hisobvaraqlari nomerini va bank kodini Bank Depozitorlari Milliy Axborot Bazasi (BDMAB) belgilaydi. Vakillik hisobvarag‘i ochish to‘g‘risidagi farmoyish tijorat banki hududiy boshqarmasi va bo‘limiga, uning nusxasi Respublika Markaziy bankining Toshkent shahar Hisob-kitob markaziga jo‘natiladi.
Shunday qilib, bankning vakillik hisobvarag‘i bu – tijorat bankiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Hisob-kitob Markazida ochilgan hisobvaraq bo‘lib, u banklararo hisob-kitoblarni o‘tkazishga mo‘jallangan. Tijorat banklarining filiallariga esa Bosh bankda vakillik hisobvarag‘i ochiladi.
Vakillik hisobvarag‘i ham boshqa hisobvaraqlar singari 20 raz-ryaddan iborat. Hisob-kitob markazida vakillik hisobvaraqlari tijorat banklariga hamda hisob kassa markazlariga ochiladi. Boshqa banklarga ochilgan vakillik hisobvaraqlari 21302- balans hisob raqami bo‘yicha, hisob kassa markazlariga ochilgan vakillik hisobvaraqlari 21304-balans hisob raqami orqali olib boriladi. Masalan: A bankining Bosh bankiga Toshkent Hisob-kitob Markazida asosiy vakillik hisobvarag‘ini ochgan. Uning BDMAB tomonidan berilgan kodi 00429. A bankiga ochilgan vakillik hisobvarag‘i nomeri quyidagicha bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |